O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
O`zbekiston respublikasi

til, kel, ko`z va h.o. 
2. O`zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko`p bo`g`inli so`zlar juda kam. 
Asosan bir bo`g`inli: ot, ov, oy; ikki bo`g`inli bo`ladi: ikki, olti, etti va h.o. 
3. Barcha turkiy tillardagi singari so`zlar ko`p ma`nolidir: bosh, tosh, tish, 
uch. 
4. Ayrim ko`makchilarni hisobga olmaganda, so`zining oxirgi bo`g`inida 
undoshlar qator kelmaydi: ostki, ustki. 
5. Boshqa turkiy tillardagi kabi affikslar so`z oxiriga qo`shiladi. Bundan 
fors-tojik tilidan o`zlashgan prefikslar mustasno. 
6. Barcha turkiy tillardagi singari o`zbek tilida agglyutinatsiya qonunlari 
amal qiladi va h.o. 
YUqoridagi o`xshashliklar bilan bir qatorda o`zbek adabiy tili o`ziga 
xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi. 
Masalan; o`zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, ә, o, o`, u, i) qirg`iz tilida 
sakkizta (a, ә, o, ө, u, ү, i, i), uyg`ur tilida ham sakkizta (a, e, o, ө, e, u, ү, i), 
xakos tilida esa to`qqiztadir. 
Hozirgi o`zbek adabiy tilida singarmonizm qonuniyatiga amal qilmaydi, 
boshqa turkiy tillar esa bu qonuniyatga amal qiladi. 
Eski o`zbek tilida unlilar uyg`unligi bo`lgan, lekin u qattiq va 
yumshoqlikka qarab farqlangan: kәlduk, kөrүң, bardi. 



O`zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. Ammo 
turkiy tillardan ba`zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi. 
O`zbek va turkman tillarida so`z boshida keladigan y tovushi qipchoq 
guruhidagi turkiy tillarda dj va j tovushi bilan beriladi: yigit - jigityo`q –jo`q, etti — 
jetti. 
O`zbek tilida k, t bilan boshlanadigan so`zlar o`g`uz guruxidagi turkiy 
tillarda d, g bilan beriladi: temir - demir, teve — deva, til - dil, ko`z — go`z, kun -
gun kabi. 
O`zbek tilida ayrim so`zlarda ch, sh undoshlari ishlatilgani holda, 
qoraqalpoq va qozoq tillarida undoshlari ishlatiladi: kuch — kush, och - ash, tish — 
tis, bosh-bas kabi. 
O`zbek tilida g` undoshi bilan tugagan so`zlar tatar, boshqird, qirg`iz, qozoq, 
qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog` – tav – tau, bog` – bav – bau, 
sog` – sav – sau kabilar. 
O`rta Osiyo va Qozog`istondagi turkiy tillar grammatik qurilishida ham 
o`xshash tomonlar mavjud. Turkiy tillardagi so`z turkumlari, so`z yasovchilar, so`z 
o`zgartiruvchilar, shakl yasovchilar bir-biriga o`xshaydi. Ammo affikslar har bir 
tilning o`z fonetik tuzilishiga ko`ra turlicha variantlarda keladi. 
Masalan, o`zbek adabiy tilidagi ko`plik -lar afiksi bilan ifodalanadi. 
Boqsha turkiy tillarda ham -lar bilan beriladi. Lekin qozoq tilida oltita (-lar, -lәr, - 
dar, - dәr, tar, - tәr), qirgiz tilida o`n ikkita (-lar, -lәr, - dar, - dәr, - tar, - tәr, - 
lor, - lәr, - dor, - dәr, - tor, - tәr) varianti bordir. 
Xuddi yuqoridagi kabi o`zbek tilidagi kelishik, egalik, kesimlik, shaxs, 
zamon, affikslari boqsha turkiy tillarning talaffuz qonuniga ko`ra turlicha fonetik 
variantlarda ishlatiladi. 
O`zbek tili bilan boshqa turkiy tillar o`rtasidagi o`xshashlik va 
noo`xshashliklar ularning lug`at tarkibida ham mavjuddir. Agar o`zbek tili lug`at 
tarkibini ko`zdani kechirsak, unda umumiy turkiy tillarga, O`rta Osiyo va 



Qozog`iston turkiy tillarga tegishli va faqat o`zbek tilining o`ziga xos so`zlarini 
uchratamiz. 
Umumiy turkiy tillarga tegishli so`zlarning dastlabki qo`llanishini runik 
yozma yodnomalarda uchratamiz. O`rta Osiyo va Kozog`istondagi turkiy xalqlarga 
aloqador bo`lgan so`zlarning dastlab ishlatila boshlanishi X-XIII asrlar 
yodgorliklarida ko`ramiz. 
O`zbek tilida boshqa turkiy tillarga xos xususiyatlar bilan birga turkiy 
bo`lmagan tillarda so`zlashuvchi unsurlarning ta`siri ham bor. Bu hol o`zbek tili 
materiallari asosida turkiy tillarga oid bir qator muammolarni hal qilishda qiyosiy-
tarixiy usulni joriy qilishga keng imkon beradi. 
Tillarning qarindoshligini qiyosiy-tarixiy usul asosida o`rganishni 
birinchi marta Mahmud Qoshg`ariy boshlab bergan. Biroq uning jahon axamiyatiga 
ega bo`lgan «Devonu lug`atit turk» asari etarli darajada o`rganilmagan. 
Ma`lumki, VI asrda turkiy kabilalar kuchayib, o`zlarining ko`chmanchi 
Tukyu imperiyasini tuzadi.Bu imperiyaning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, 
Hindistonga borib taqalar edi. O`zaro urushlar va arablar istilosi natijasida Tukyu 
davlati ikki qismga ajraladi. Biri markazi Ettisuv bo`lgan g`arbiy turklarga va 
ikkinchisi markazi Mo`g`iliston bo`lgan sharqiy turklarga ajraladi. Ettisuvdagi Tukyu 
davlati turgeshlarga o`tadi. VIII asrda o`g`iz va qarluqlarning siquvi ostida bu davlat 
qarluqlarga o`tadi va Tukyu davlati IX asrning boshigacha Ettisuvni egallab turganlar. 
Uyg`urlar 745 - yilda dastlab sharqiy tukyu eriga, so`ng g`arbiy tukyu 
eriga xujum qilib, butun Tukyu davlatini bosib oladi. 840 yilda qirg`izlar 
uyg`urlarga qarshi kurashib, hokimiyatni qo`lga kiritadilar. SHundan so`ng 
uyg`urlarning bir qismi qarluqlar tomoniga va bir kismi Tibetga ketadi. 
Xuddi ana shu davrda hozirgi vaqtda amalda qo`llanib kelinayotgan 
turkiy tillardan birontasiga ham to`la mos kelmaydigan qadimgi turkiy adabiy tili 
paydo bo`ladi. 
Qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari turk-runiy (O`rxun-


10 
Enasoy) va turk-uyg`ur yozuvi orqali bizgacha etib kelgan. Bu yozuvlar orqali etib 
kelgan yodgorliklarni turkiy tillarning birontasiga tegishli deb bo`lmaydi. CHunki 
ularda O`rta Osiyo va Qozog`istonda yashovchi turkiy xalqlarga tegishli fonetik, 
grammatik va leksik xususiyatlarni uchratamiz. 
Masalan: Kultәgin yoq, әrsәr, kөplөltari әrtigiz. Inim Kultegin kәrgәk 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin