O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


O`zbek tilining ilk davri va eski o`zbek tili



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
O`zbekiston respublikasi

O`zbek tilining ilk davri va eski o`zbek tili. 


19 
X asr qarluq qabilalarining ittifoqi ancha kuchaydi va ular o`zlarining 
qoraxoniylar davlatini barpo etadilar. Ularning markazi shakllavdi. Albatta, bu 
protsess XI asrdagi qoraxoniylar davlatining mahalliylashtirish tendentsiyasini 
rivojlantirish bilan bog`liq edi. Ilk davr o`zbek adabiy tili ikki xarakterda bo`lgan: 
1) kitobiy adabiy til. Unda arabcha, forscha va qadimgi turkiy formalar 
ustundir. SHuning uchun undagi ko`pgina so`z va formalar biz uchun tushunarli 
emas. 
2) xalq adabiy tili. Unda o`sha davr xalq tiliga xos forma va elementlarni 
uchratamiz. 
Kitobiy adabiy til traditsiyasida diniy mistik va qisman didaktik asarlar 
yaratilgan. 
Bunday asarlar jumlasiga «Tafsir», «Qissasul-anbiyo» va «O`g`uznoma» 
asarlarini kiritamiz. Fonetik jihatdan bu asarlar d-dialekti asosida yaratilgan. 
Keyingi davrda (XIV asr boshlarida) y-dialektiga o`z o`rnini bo`shatib bergan. 
Xalq adabiy tili xalq jonli tiliga xos formalar asosida shakllandi. Unda xalq 
og`zaki ijodiga tegishli bo`lgan boy stilistik vositalar o`z aksini topgan. Bunga 
M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» asariga kirgan qo`shiq, maqol va boshqa 
tipdagi tekstlar kiradi. 
Bu davrning manbalariga. M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`atit turk»(X1 
asr), A.YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq» (XII asr), Alining «Qissai YUsuf» (XIII 
asr), Rabg`o`ziyning «Qissasi Rabg`o`ziy» va «Qissasul anbiyo» (XIV) Qutbning 
«Xisrav va SHirin» (XIV asr) hamda turli davlat yorliqlari, hujjatlari kiradi. 
YUqorida keltirilgan davrlar o`zaro ichki bog`langan, biri ikkinchisi uchun tarixiy 
zamon tayyorlagan. Bu davrlar ijtimoiy- tarixiy nuqtai-nazardangina emas, balki o`ziga xos 
lingvistik xususiyatlariga qarab ham farqlanadi. I davr tili uchun davrlashish hodisasi 
xarakterli bo`lsa, keyingi davrlar uchun y - lashish xarakterlidir. 
Eski o`zbek adabiy tilining dialektal asoslari borasida hozirgacha turli 
munozaralar mavjud . 


20 
SHuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o`zbek tilining xususiyatlari 
haqida gap borganda buyuk Alisher -Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki Alisher Navoiy 
o`zbek xalqining ulug` mutafakkiri, atoqli shoiri va ulkan tilshunosi bo`lishi bilan birga eski 
o`zbek adabiy tiliga asos solgan, uni shakllantirish va rivojlantirish ishiga hammadan ko`ra 
ko`p hissa qo`shgan bir siymodir. SHuning uchun ham eski o`zbek adabiy tilining 
shakllanishi va taraqqiy etishi xaqqoniy ravishda Alisher Navoiyning tabarruk nomi bilan 
bog`liqdir. 
«Haqiqatdan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir 
xalqning adabiy tilidir» (X.Doniyorov. Alisher Navoiy tilining dialektal asoslarini o`rganish 
masalasiga doir. A.N. va adabiy ta`sir masalasi. T, 1968.279). 
Ma`lumki, Alisher Navoiy har qancha ulug` siymo bo`lishiga qaramay, u ham 
ma`lum bir xalqning vakili bo`lgan va uning tili ko`p shevalarni birlashtirganligi bilan birga, 
ma`lum shevaga ham tayangan, uning tilida o`sha ma`lum sheva yoki shevalarning izi 
boshqalarinikiga qaraganda ko`prok aks etgan. Demak, endi Alisher Navoiy tiliga asos 
bo`lgan sheva qaysi sheva edi degan masala kun tartibida ko`ndalang bo`ladi. 
Bu masala olimlar o`rtasida tortishuvga sabab bo`lmokda. Bunga Zahriddin 
Muhammad Boburning Alisher Navoiy tili Andijon shevasiga mos kelsada, degan fikri asos 
bo`lmokda. Ma`lumki, Bobur har tomonlama bilimli, olim kishi bo`lgan. U o`zining 
«Boburnoma» degan mashhur asarida o`sha davrdagi ijtimoiy- tuzum, siyosiy voqealar, 
adabiy hayot va boshqa ko`pgina sohalarni ilmiy analiz qilib berish bilan birga, til sohasida 
ham ajoyib fikrlar aytgan. Bobur Andijon haqida gapirib SHunday deydi: «Eli turkdur. 
SHahr va bozorisida turkiy bilmas kishi yo`qtur. elining lafzu qalam bila rostdur. Ani uchun 
kim Mir Alisher Navoiyning muzannafoti, bovujudkim Hirida nash`u noma topibdur, bu til 
biladir» (1960. 60-bet). 
Boburning bu fikri haqida munozara boshlagan mashhur tarixchi 
V.V.Bartol’d «Mir - Ali - SHir i politicheskaya jizn’» degan asarida Boburning bu 
so`zlarini o`sha davrdagi madanii shahar bulgan Andijonda to`g`ri til, ya`ni adabiy tilga 
yaqin til bilan gagshrishgan deb tushunmoq kerak, chunki Mir Alisher Andijonda 
bo`lgan emas, deb ko`rsatadi. A.YU.YAkubovskiy esa «CHert obshestvennoy i 


21 
kul’turnoy jizni epoxi Alishera Navoi»degan asarida «Bu o`rinda Bobur hech narsani 
bo`rttirib ko`rsatgan emas» deb ta`kidlaydi. Demak. V.V.Bartol’d Andijon shevasi 
Navoiy tiliga yaqin til degan fikrni ilgari sursa, A.YU.YAkubovskiy Bobur 
ma`lumotiga ishonmasdan ilojimiz yo`q, deb ko`rsatadi. Bu boradagi professor. 
F.Abdullaevning fikrlari bilan tanishaylik: U «XV asr o`zbek adabiy tilining dialektal 
asoslari» degan maqolasida Bobur ma`lumotiga bir necha antitezislar qo`yadi: 
1. Alisher Navoiy hech qachon Andijonda bo`lmagan. 
2. Boburning o`z asarlari tili mazkur shevaga yaqin deb faraz qilsak, 
Navoiy va Bobur asarlari tili o`rtasida ancha dialektal farqlar bor. 
3. Alisher Navoiy yaratgan asarlar tili g`oyat murakkab va dialektal 
jihatdan rang-barang bo`lib, uning hajmi va salmog`i shu qadar zo`r ediki, uni bir 
dialekt, hatto butun bir lahja ramkasiga sig`dirib bo`lmaydi. 
4. Alisher Navoiy asarlari tilida hozirgi O`zbekiston territoriyasiga hamda 
qo`shni respublikalarga tarqalgan jonli o`zbek shevalarining deyarli hammasining 
elementlari mavjud. 
5. Hozirgi qozoq, tatar, uyg`ur, turkman, ozarbayjon, usmonli turk kabi 
tillarga xos bo`lgan leksik qatlam va grafik formalar XV asr o`zbek adabiy tilida 
anchagina mikdorda uchraydi, lekin bunday xususiyatlarning ko`pchiligi Andijon 
shevasida yo`q. Boburning o`z asarlarida ham bunday elementlar kamdan-kam 
uchraydi. 
6.Navoiy asarlari tilida qadimgi uyg`ur va qadimgi [turkiy] yozuv 
yodgorliklari (runik yozuvlari)ga xos bo`lgan elementlar ham mavjudki, uning tarixiy 
ildizini faqat bir yoki bir gruppa shevalardan axtarish kutilgan natijani bermaydi. 
7.SHuningdek, 
Alisher 
Navoiy 
asarlari 
tilida 
boshqa 
yozuv 
yodgorliklarida uchramaydigan yoki juda kam uchraidigan fammatik elementlar 
borligi qayd qilingan, andijon shevasida ham boshqa o`zbek shevalarida ham ular 
hanuzgacha qayd qilinmadi, boshqa turkiy tillarda ham uchramadi. 
8. Nihoyat, Navoiy asarlari tilida urug`dosh bo`lmagan tillardan olingan 


22 
so`zlar o`sha davrdagi adabiy til leksik qatlamining anchagina protsentini tashkil 
qiladi, ayrim grafik formalar, masalan, arab va fors-tojik graffik elementlari, jonli 
morfologik ko`rsatkichlar sifatida mavjud. Andijon shevasida esa bu qadar chet til 
elementlarining bo`lishi ehtimoldan juda uzoq. 
Tilshunos va Navoiyshunoslarning bu masalaga aralashuvi bejiz emas, 
chunki: 
1) Alisher Navoiyning tilini hech bo`lmasa so`nggi davrdagi Andijon shevasi 
bilan chog`ishtirib o`rganish imkoniyati yo`q edi, Buning sababi shundaki,
arab alifbesidagi harflar sistemasi turkiy tillardagi tovushlar sistemasini to`liq aks 
ettira olmaydi. Ayniqsa, arab alifbosidagi harflar turkiy tillardagi unlilarni aniq 
ko`rsatib bo`lmaydi. Ana shuning uchun ham Navoiyda til oldi e bilan, til orqa o, til 
oldi u bilan til orqa tovushlari bir-biridan farq qilganligini aniqlash mushkul. Faqat 
«Muhokamatul-lug`atayn» asarida Navoiyning o`zbekcha unlilarning fors-tojikcha 
unlilar bilan chog`ishtirib, fors tilidagi bitta va ikkita «vov» (

), «yoy» (ﻯ ) ga 
nisbatan o`zbek tilida 4 tadan tovush mos kelishi haqidagi fikri orqaligina 
yuqoridagi unlilarning til oldi va til orqa xususiyatlariga qarab farqlanganligini 
bilamiz. 
3. Agar yuqoridagi masalalar aniqlangan taqdirda xam Alisher Navoiy 
tilining o`sha davrdagi Andijon shevasiga to`la mos ekanligani yoki uning to`liq mos 
ekanligini aynan aniqpash juda katta qiyinchilik bilan bo`lar edi, chunki o`tgan 500 
yiddan ko`proq vaqt ichida Alisher Navoiyning asarlari tili hech o`zgarishsiz bizga 
etib kelgan bo`lsa, bu o`tgan vaqt ichida o`zbek tilining andijon shevasi uning 
boshqa shevalari singari deyarli to`xtovsiz ravishda turli o`zgarishlarni boshidan 
kechirib kelmoqda. 
Xususan, Navoiydan keyin tez orada mamlakatning Temuriylar ko`lidan 
ketganligi va shu munosabat bilan bog`liq holda avval Dashti qipchoqda yashab 
kelgan va bu erdagi aholiga nisbatan son jihatdan ko`prok bo`lgan o`zbeklarning 
(qipchoq va ko`chmanchi o`zbeklarning) bu erga kelib o`rnashishi va bu erdagi 
aholi bilan asrlar davomida aralashib ketganligi hisobga olinsa, Avdijon shevasida, 


23 
shuningdek, boshqa o`zbek shevalarida ham o`tgan davr ichida qanchalik kuchli va 
katta o`zgarishlar sodir bo`lganini tushunib olish qiyin bo`lmaydi. 
Professor V.Abdullaevning ko`rsatishicha, Alisher Navoiy Samarqandda 
ikki yil emas, balki 4-5 yil bo`lgan. Bu davr ichida deb ta`kidlaydi X.Doniyorov, u 
V.Abdullaev aytganidek, Samarqandning janub tomonlaridagina emas, balki uning 
sharq tomonlarida, ya`ni Andijon tomonlarida ham bo`lganligi ehtimol. O`sha 
davrdagi shahar shevalari ichida andijon shevasi adabiy tilga yaqin (qalam bila rost) 
shevalardan biri bo`lgan va Samarkdnd shevasi esa, o`sha paytda temuriylar 
davlatining poytaxtlaridan birining shevasi va sharqiy shevalardan biri sifatida hirot 
shevasiga nisbatan Andijon shevasiga ancha yaqin bo`lgan bo`lishi mumkin. 
SHuningdek, o`sha davrda Andijon va Samarqandning aloqalari ham ancha kuchli 
bo`lgan. 
Alisher Navoiy Andijon shevasi bilan ham bolalik vaqtlaridanok, o`sha 
Hirotdayoq tanisha boshlagan bo`lishi mumkin. 
CHunki Hirotga Avdijon tomondan juda ko`p ustalar, navkarlar, kosiblar 
va boshqa toifalarning borganligi, ular ichida ayniqsa, andijonlik shoirlar va 
mashshoqlar yaxshi obro`ga ega bo`lgan. 
Demak, «qalam bila rost» sheva sifatida Andijon shevasi hali Alisher 
maktabga qatnab yurgan vaqtlaridayoq uning e`tiborini tortgan bo`lishi mumkin. 
Alisher Navoiy Andijon shevasi bilan hali go`dakligida oila muhitidayoq 
tanilgan bo`lishi ham mumkin, chunki Alisherni tarbiyalaganlardan yoki unga 
qarindosh bo`lganlardan birortasining andijonlik bo`lishi ehtimoldan tashqari, 
Alisherning ota-onalari, uning oilasidagi kattalar va saroy kishilari, shu jumladan, 
barloslar gaplashgan sheva asosan o`sha davrdagi SHahrisabz, Kitob shevasi 
bo`lgan, chunki u erlar barloslarning makoni bo`lgan. SHunday ekan shahrisabz-kitob 
shevasi o`sha vaqtda Andijon shevasiga, Hirot katta Samarqand va Buxoro 
shevalariga nisbatan ham yaqin turgan bo`lishi ehtimoldan uzoq emas. 
Alisher Navoiy tilining Andijon shevasiga mos bo`lganligini isbotlovchi 
dalillardan biri shundan iboratki, o`sha vaqtda Andijon va SHahrisabz-Kitob shevalari 


24 
o`rtasidagina emas, Andijon bilan Samarqand va Buxoro hatto, Hirot shevalari 
o`rtasida ham keskin farqlar unchalik bo`lmagan, balki ular o`rtasida o`xshashliklar 
ancha ko`p bo`lgan. A.Navoiyning ta`kidlashicha, faqat Xorazm shevasigina boshqa 
shevalardan ajralib turgan. Lekin keyinchalik mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy 
etnik o`zgarishlar tufayli xususan, Alisher Navoiy vafotidan keyin tez vaqt ichida 
mamlakatning Dashti qipchoqdan kelgan o`zbeklar qo`liga o`tish va ularning butun 
mamlakat buylab, boshqa o`zbeklar bilan aralashib ketishlari natijasida), o`sha vaqtda 
bir-biri bilan yaqin bo`lgan shevalar asta-sekin boshqa shevalar bilan qo`yilishi, 
murakkab interatsiya va differentsiatsiya holatlarini boshdan kechirishlari natijasida 
ularning har qaysisi har xil yangi xususiyatlar kasb etgan. SHuning natijasida ular 
bir-biridan uzoqlasha borgan. SHuning uchun ham A.Navoiy asarlari tili xozirgi 
Andijon shevasiga o`xshamay qolganligi tasodifiy emas. 
SHunday qilib, Alisher Navoiy asarlari tili Andijon shevasi tilidagi 
«y»lovchi shahar shevalariga mos keladi, chunki Navoiy zamonida y-lovchi tipdagi 
shahar markaz shevalari umumxalq o`zbek tilining negizini tashkil etgan. 
SHahar markaz shevalariga esa Andijon, Namangan, Qo`qon, Toshkent, 
Buxoro, Samarqand, SHahrisabz, Kitob kabi shevalar kirar edi. Lekin shu bilan 
barobar eski o`zbek adabiy tili boqsha o`zbek shevalarining ham, chunonchi, janubiy 
Xorazm shevalarining va qipchoq shevalarining zarur elementlarini qabul qilgan. Bu 
jihatdan she`riy asarlar tili xarakterlidir. SHe`riy asarlar tilida proza asarlari tiliga 
nisbatan o`g`uz shevalarining ta`siri kuchliroqdir. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin