O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
O`zbekiston respublikasi

Xorazmda adabiy til qipchoq-o`g`uz tili elementlari asosida rivojlandi. 


45 
Xorazm orqali Oltin O`rdaning Movarounnahrga ta`siri kuchaydi. Natijada 
XIV asrga kelib O`rta Osiyoning markaziy qismi bilan Qashkar o`rtasidagi siyosiy 
va iqtisodiy aloqalar uziladi. 
O`zbek tilining taraqkiyotiga o`troq hayot kechiruvchi va ko`chmanchi 
qabilalar munosabati ta`sir etmasdan qolmadi. 
Ko`chmanchi o`zbeklar O`zbekxon boshchiligida XIV asr boshlarida 
Movarounnahrga bir necha bor yurish qildi. Bu yurishlar Abulxayrxon va 
SHayboniyxon davrida yana xam kuchaydi. 
Ko`chmanchi o`zbeklar ta`sirida «d» dialekti o`rnida «y» lashgan 
dialektga o`tish jarayon kuchaydi. Demak, qipchoq elementlari sezilarli o`rin egallay 
boshladi.
SHuningdek, Movarounnahrning g`arbi, shimoliy g`arbiga va janubiy 
Xorazmga o`g`uz kabilalarining ta`siri kuchaya boshladi. O`g`uzlar ham 
«y»lashgan dialektda gaplashar edilar. 
Ana shu tarixiy jarayon natijasida qadimgi turkiy tilda mavjud bo`lgan, 
X-XII asr yodgorliklarida aks etgan, XII-XIV asr kitob tili tradiniyasiga aylanib 
ketgan «d» lashish XIV asr g`arbiy adabiy til (Xorazm) ana`nasi ta`sirida «y» lasha 
boshladi. Bu holat «O`g`uznoma» va Oltin O`rda tsikliga kiruvchi boshqa asarlar 
tilida xam uchraydi. Aksincha, karluq-chigil-uyg`ur tili g`arbiy turkiy tillarga 
ta`siri ham bo`lgan. Bu ta`sir mo`g`ullargacha kuchli yuz bergan bo`lib, sharqiy 
adabiy tilning susayish bilan g`arbiy adabiy til, yoki N.A.Baskakov termini bilan 
aytganda qarluq-xorazm adabiy tilining taraqqiyoti boshlandi. 
N.A.Baskakov fikricha, qarluq-xorazm adabiy tili keyinchalik eski 
o`zbek adabiy tilining yaratilishiga zamin bo`lgan. 
QARLUQ-XORAZM ADABIY TILI VA UNING MANBALARI HAQIDA 
Qoraxoniylar davlati hukmronligi tugagandan keyin Xorazmda qarluq-
xorazm adabiy tili vujudga keldi. Bu til mo`g`ullar istilosidan so`ng ikki bir-biriga 
yaqin bo`lgan adabiy tillarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Ulardan biri Oltin 


46 
O`rda yoki Xorazm adabiy tili va ikkinchisi CHig`atoy ulusining tili. Karluq-xorazm 
adabiy tilining yodgorligi sifatida Rabg`o`ziyning «Qissasul-anbiyo», Alining «Qissai
YUsuf», Ahmad YAssaviyning «Devoni hikmat» kabi asarlarni ko`rsatish 
mumkin. SHundan «Qissasul anbiyo» asarining til xususiyatlari bilan tanishamiz. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin