O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


«QUTADG`U BILIG» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
O`zbekiston respublikasi

«QUTADG`U BILIG» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI 
O`zbek adabiy tilining shakllanish davrini ko`rsatuvchi asarlar sirasiga 
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarini kiritish mumkin. 
«Qutadgu bilig» asari she`riy pandnoma bo`lib, podsho Kuntug`di, dono 
vazir Oyto`ldi, Oyto`ldining o`g`li O`gdilmish o`rtasidagi suhbatdan iboratdir. 
Bu asarning uch qo`lyozma nusxasi fan ahliga ma`lum. Ulardan ikkitasi 
XV asrda ko`chirilgan, hozir Vena va Qohirada saqlanmokda. «Namangan nusxasi» 
deb nomlangan nusxa XSH-X1U asrlarda ko`chirilgan deb taxmin qilinadi. Ana shu 
nusxa asosida K.Karimov asarni hozirgi o`zbek grafikasida nashrini tayyorlab, chop 
qildi. 
«Qutadg`u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham yangi asardir. 
Janr nuqtai nazardan yangi asar bo`lgan bu kitob adib oldiga asar tili ustida ishlash 
uchun muxlm talab qo`ydi. Bu talab, dastavval, o`sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida 
mavjud bo`lgan til faktlarini hisobga olish va shu davrda ham savodli bo`lgan 
xalqning barchasi uchun tushunarli bo`lishini ta`minlashdan iborat edi. Bu sharafli 
vazifaning uddasidan chiqa olgan Yusuf Xos Hojib xalq ommasining so`z qo`llashdagi 
tajribasiga suyanib, stilistik silliqlikka erishdi. Shu nuqtai nazardan «Qutadg`u 


37 
bilig» asarida Yusuf Xos Hojib o`sha davr tilini ma`lum bir sistemaga soldi va 
adabiy tilni rivojlantirishga o`zining xissasini qo`shdi. 
Asarga asos bo`lgan dialekt va til masalasida turkologiyada turli 
qarashlar mavjud. 
V.Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo`lsa-da, qat’iy 
bir fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkriptsiyasini beradi. CHunki 
u asar tilini oltoy tillaridan sayxon tiliga yaqin, deb hisoblagan edi. 
V.Radlov «Oltoy nazariyasi» ni yuzaga keltirgan sharqshunos edi. Bu 
nazariyaga ko`ra oltoy tilida so`z boshida va oxirida kelgan undoshlar faqat 
jarangsiz bo`ladi. Ammo intervokal pozitsiyada undoshlar jarangli bo`lishi mumkin. 
O`zining shu nazariyasiga asoslanib, «Qutadg`u bilig»ni trantskriptsiya qilib chikdi.
Radlovning «Qutadg`u bilig» asariga berilgan trankriptsiyasi asosida 1891 
yilda nemischa tarjimasi e`lon qilindi. Radlovning bu qarashlari fanda ko`p 
e`tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar Daniya olimi V.Tomsen tarafidan 
ko`rsatilgan edi. V.Tomsen XI asr turkiy tilining yodgorligiga hozirgi zamon oltoy 
tillarining xususiyatlaridan kelib chiqib yondashmaydi. Balki, u «Qutadgu bilig» 
tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsen «Qutadgu bilig» asarini tekshirar 
ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat berdi.
S.E.Malov bu asarni bir o`rinda chig`atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga 
kiritsa, boshqa bir o`rinda uni uyg`ur-musulmon yodgorligi deb ataydi va uning 
arabcha ko`chirilgan nusxalari XI asr uyg`ur tilini ravshan aks ettiradi deb 
ta`kidlaydi. SHarqshunos olim Z.Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912) 
asarida bu asar tilini sof turk tili deb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.A.Valitova 
mazkur asarni qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar deb e`tirof qildi. 
Q.Karimov «Qutadgu bilig»ning kirish qismidagi «Mochin olimlari va 
haqimlari qamuq ittifoq bo`ldilarkim, mashriq viloyatida Turkiston ellarida 
Bo`g`raxon tilincha bu kitobdin yaxshiroq hargizkim orso tasnif qilmadi. Bu kitob 
qayu podshāqa yo qayu iqlimqa tekdi ersә goyat o`zlukindin nihāyatdin kichәkur 
kullu-kullu kindin... tәkmә biri bir turluk laqab urdilar»- degan jumlalarga qarab, 


38 
bu asar tili Bug`roxon qo`l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy 
qabilalar uchun tushunarli bo`lganligini bayon qiladi. Demak, asar tili o`sha davr turk 
qabilalari tillari asosini o`zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg`u bilig»ni XI 
asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qat`iy fikrga kelish qiyin. 
SHunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari ustunlikka ega edi. Asar tilining 
struktura xususiyatlari o`sha davr normalarini aks ettirgan. 
«Qutadg`u bilig» yodgorligida forscha so`zlarga nisbatan arabcha so`zlar 
ko`prokdir. Biroq, adibning ko`rsatishicha, asarda bor-yo`g`i 94 ta arabcha so`z bor. 
Asarda O`rxun-Enisey yodgorligiga oid so`zlar anchagana: bodun, qamuq, tөri 
(qonun), bayat (xudo), bayig` (past), bayiq ( tushunarli), өb (shishilmoq), өd 
(vaqt),) od (taxt), әriz (tinch), otachi (tabib) jogu (urf-odat). 
Yusuf Xos Hojib yodgorliklarda omonim, sinonim va antonimlardan ham 
unumli foydalangan: at (loshad’) -at (imya) —at (otmoq); achig` (achchiq) — 
achig` (toza) kabi omonimlar, yaruq-qaraqu, xosh// yaxshi-yaman, yumshaq-qatig`, , 
achig`-tat’g`; beduk-qodu kabi antonimlar, achig`-silig (toza), tushar-pabuz-ersel 
kabi omonimlarni uchratish mumkin. Dostondagi aksariyat so`zlar hozir ham 
(garchand fonetik jihatidan o`zgarsa-da) qo`llanadi. 
Shu davr fonetik xususiyatiga ko`ra asarda 9 ta unli tovush (i,ә,a,u,o, 
i,a,ү,ө) 28 ta undosh tovush qo`llangan. 
Singarmonizm qonuniyati saqlangan. Morfologiyasi bo`yicha ko`zga 
tashlanadigan hodisa shundaki, unda kelishiklar ichida vosita kelishigi ham uchraydi: 
Tirig ӛlgү āxir tӛshәnәr yerig 
Kishi әlsә edgүn kӛr ati tirig. 
Ma`nosi: Tirik oxiri o`ladi, erni to`shanadi, kishi yaxshilik bilan o`lsa, 
ko`rgin oti tirik qoladi. (96-6). 
Umuman, «Qutadg`u bilig» asari XI asr qabila tillarini birlashtirishga va 
u tilni rivojlantirishga katta hissa bo`lib qo`shildi. SHuning uchun bu asar tilida 
o`zbek, uyg`ur, qirgaz kabi turkiy tillarga xos bo`lgan xususiyatlarni uchratamiz. 


39 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin