«HIBATUL XAQOYIQ» ASARINING TILI Ulug` adib Axmad YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq» yoki «Ajabatul-
haqoyiq» asari badiiy so`z san`ati va o`zbek adabiy tilining juda qimmatli yodgorligi
hisoblanadi. Mazkur asarning yaratilish davri haqida turli qarashlar mavjud.
S.E.Malov asar tilidagi arxaik elementlarga qarab, uni X asrga tegishli desa,
N.A.Baskakov, Aziz Qayumovlar uni XII asrga, V.M.Nosilov esa XIII asrning I
yarmida yaratilgan deb ko`rsatadilar. Ilmiy jamoatchilik ahliga asarning 3 ta
qo`lyozma nusxasi ma`lum.
1-nusxani 1444 yilda xorazmlik Zaynal Obid binni Sulton Baxshi Jurjoniy
Husayniy origanaldan ko`chirgan bo`lib, Stambulda Aya Sofiya kutubxonasida
saqlanadi (Uyg`ur yozuvida).
2-nusxa 1480 yilda SHayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan
ko`chirilgan bo`lib, yuqoridagi kutubxonada saqlanadi (bu ham uyg`ur yozuvida)
3-nusxa arab yozuvida ko`chirilgan bo`lib, Stambuldagi To`p-qabi
kutubxonasida saqlanmokda. Bu uch nusxa asosida turkiyalik Rashid Raxmat Arat
yuqoridagi yodgorlikning saylanma tekstini va tarjimasini yaratdi. V.M.Nosilovning
fikricha
,
bu tekstning tarjimasi u qadar muvaffaqiyatli chiqqan emas.
Turkiy tillar, jumladan, o`zbek tili tarixini ilmiy ravishda chuqur o`rganishda
«Hibatul haqoyiq» asari eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. O`sha davrdagi
qabila tillarining xususiyatini aniqlash, ularning bir-biriga ta`siri, rivojlanishi, o`zaro
qo`shilib ketishi va markazlashishi asosida xalq (elat) tillarining, ayniqsa o`zbek xalq
(elat) tilining tashkil topish va shakllanish jarayonini belgilashda bu asarning ahamiyati
nihoyatda kattadir. X-XP asrlarda maydonga kelgan asarlar bilan keyingi davrlarda
yoki umuman, XIX asrgacha yaratilgan asarlarning tilini qiyosiy o`rganish, ulardagi
umumiylik va farqlarni aniqlashda ham yordam beradi.
«Hibatul haqoyiq» asarining tili, uning leksik xususiyati, tovush tarkibi va
grammatik qurilishi, bir tomondan, «Qutadg`u bilig» asariga yaqinlashsa, ikkinchi
40
tomondan, «Qisas-ul anbiyo»ga (XIII-XIV asrlar) o`xshab ketadi. Bu asarni chuqur
o`rgangan E.E.Bertel’s qadimgi o`zbek adabiy tilidan (aniqrog`i eski turkiy adabiy
tildan) klassik o`zbek adabiy tiliga o`tishda «Hibatul haqoyiq» ko`prik vazifasini
bajargan deb ko`rsatadi. Darhaqiqat, asar tiliga xos lug`aviy qatlamlar, fonetik va
grammatik xususiyatlarning qarluq, chigil, yag`mo, uyg`ur tillari negizida tashkil
topgan adabiy til bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa, keyingi asrlarda
bitilgan asarlar tiliga yaqinligi kabilar eski turkiy adabiy tildan eski o`zbek adabiy
tiliga o`tishda «Hibatul haqoyiq»ning ko`prik bo`lganligidan dalolat beradi.
Asar o`zining leksik xususiyatlari bilan o`sha davrdagi eski turkiy adabiy
tilining lug`aviy boyligini aks ettiradi. Moddiy-madaniy hayotning turli sohalariga oid
tushunchalarni ifodalovchi, hamma uchun tushunarli, sodda, yasama va qo`shma
turkiy so`zlar asar lug`atining asosini tashkil qiladi: ata, ana, ar’jsiz (foydassh), ezgu, bash, bezek, berim (berish), boz, ‘ntn, yazug (gunoh), yuz, yigig, kichik, konul, negu, sevunch, tamag`, ulug` kabi. SHu bilan birga, arab va fors-tojik tillaridan
qabul qilingan so`zlar ham uchraydi: saadat, saxavat, muruvvat, ma`ni, mehruban, karam, insaf, do`st, zamon, zoxid, dad, gul, vafa baxil, bina, aq’sh, amanat, azizkabi.
Asarning tili o`z fonetik xususiyatlari jihatidan X1-XSH asrlarda yaratilgan
yodgorliklar bilan umumiylikka ega. SHu bilan birga, eski o`zbek adabiy tili uchun
xarakterli bo`lgan xususiyatlarning ham vujudga kela boshlaganligini ko`rish
mumkin. «Hibatul xaqoyik» asarining tilini o`rganish unda 9 ta unli mavjud ekanligini
ko`rsatadi. Ko`p hollarda singarmonizmning lab ohangdoshligi buzilgan.
O`sha davrdagi boshqa yodgorliklarda bo`lganidek, asar tilida z
undoshining saqlanganligini, uning birmuncha ustunligini ko`rish mumkin. Ayni
zamonda, bu tovushning y ga o`ta boshlaganligi ham ko`rinadi: kezingi - keyingi,
kezim - kiyim, qazgu - kayg`u, qozn - kuyi, qozub - qo`yib.
Achunda at ezgu qozub bardi kor,
(Dunyoda yaxshi ot qoldirib ketdi, ko`r)
Harisliqnn qoyur haris әr qachan.
41
(Haris kishi xarislikni kachon qo`yadi).
Asarda sonor tovushlardan keyin jarangsiz t ning jarangli d undoshiga
o`tish hodisasi ham XI-XIII asrlar yodgorliklari uchun xos xususiyat hisoblanadi: emdi, qutuldi, sөzүndin, әrdәm, kәndү.
Ko`rinadiki, «Hibatul xaqoyik» asari fonetik xususiyati jihatidan XI-XIII
asrlarda yaratilgan boshqa yodgorliklarga o`xshasa xam, o`ziga xos xususiyatlarga
ham ega.
Asar morfologik xususiyatlari jihatidan quyidagilar bilan ajralib turadi:
tushum kelishigi affiksining -ug`, -үg varianti arxaik shakl sifatida ancha siyrak
uchraydi, asosan, -im, -ni shakllari qo`llanadi: sozug - so`zni, bozug - buzni. Navadur sozug az bolur azl okush
(Qadrli so`z oz, hazil so`z ko`p bo`lur.)
-n, -un affiksli vosita kelishigi shakli qam ancha arxaiklashgan bo`lib,
kam uchraydi
Asal tatrub eligin tamag` tatir tib.
(Qo`li bilan asal sdirib, taom berib.)
Jo`nalish kelishigining kadimgi turkiy til uchun xos bo`lgan —g`aru, - gәrү shakllari qo`llanmaydi, asosan — gә, -ga, (-kә, -qa) -ә, -a affiksli shakllar
ishlatiladi.
Asarda sifatdoshning –tәchi, -tachi (-dachi, dәchi), -g`li, -gli, -dug`, -dүg affiksi bilan kadimgi shakllari ancha arxaiklashib qolgan, kam uchraydi.
Aksincha, -g`an, -gәn affiksli sifatdoshlar unumli shaklga aylangan, ammo uning
kesimlik vazifasida kelishi deyarli uchramaydi.
-da affiksining chiqish kelishigi uchun qo`llanishi juda kam uchraydi.
Olmoshlarda bu-mu, oshul, kәndu-o`z, nәgu, neluk, qamug, anar-unga kabi
xarakterli xolatlarni ko`rish mumkin. Sifatning kiyosiy daraja shakli – rәk/rak va -
ru affikslari orqali ifodalangan: okushrzk - ko`prok,, kenru - kengroq (Kim ol
42
yolsuz әrsә anna kәnru yol - Kim yo`lsiz bo`lsa, unga kengroq yo`l bor) kabi.
Demak, «Hibatul haqoyiq» asari leksik, fonetik va grammatik jihatdan
birinchi navbatda, X-XII asrlarda qo`llangan turkiy adabiy tilning barcha
xususiyatlarini aks ettiradi, turkiy qabila tillarining ancha rivojlanaganligini,
ma`lum tizimga kela boshlaganligini ko`rsatadi. SHu bilan birga, bu asar o`zining
til xususiyatlari jihatdan ma`lum tafovut va farq bo`lishiga qaramay, ko`p jihatdan
XIII-XVI asrlarda yaratilgan asarlarning tili bilan umumiylikka ega. Ayni vaqtda,
bu asar orqali eski turkiy adabiy tildan eski o`zbek tiliga o`tishda katta kadam
qo`yilganligini, unga yaqinlashib kelinganligi ham aniq bilinadi. Bu esa o`sha
davrdagi turkiy qabila tillarining o`zaro yaqin munosabatini, ularning rivojlanishini
natijasida dastlab o`zbek xalq (elat) tilining tashkil topishi tezlashganligini,
shuningdek, boqsha turkiy elat tillarining shakllanish jarayoni davom etganligini
tasdiklaydi.
Alisher Navoiy «Nasoyimul muhabbat»da adib Axmad YUgnakiy haqida
bunday deydi: «Va aning tili turk alfozi bila mavoiz va nasoikka go`yo ermish.
Balki aksar turk ulusida xikmat va nuqtalari shoe`dur» va uning quyidagi baytini
keltiradi:
Sonakka iliktur, erenge bilik,
Biliksiz eran ul iliksiz sonek