33
O`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xalqlar adabiy
tili masalasini forsiy til
bajarib kelar edi. Lekin bu traditsiya qoraxoniylar siyosatiga zid kelar edi.
Shuning uchun qoraxoniylar davlatining hukmron doiralari turkiy tilda
yozilgan har bir asarni ma`qullar va taqdirlar edi. Qoraxoniylar davlatida,
turli
qabilalar orasida chigillar, ayniqsa, muhim rol’ o`ynar edi, chunki chigillar boshqa
turkiy qabilalarga qaraganda madaniy jihatdan ustun edilar. Ularda yozuv traditsiyasi
ancha keng tarqalgan edi. Shuning uchun ham qoraxoniylar zamonidan yozilgan
dastlabki asar shu dialekt zaminida yozilgandir. Chigillar dialekti turkiy tillarning
d-
gruppasiga mansubdir.
D-dialekti qadimgi turkiy
tilda muhim ahamiyatga ega
bo`lganligi ma`lum. SHu dialekt koraxoniylar zamonidagi adabiy traditsiyani
yaratishda ham ahamiyatga ega bo`lgan. SHu traditsiya asosida «Qutadg`u bilig»,
«Hibatul haqoyiq» va XIV asrning o`rtalariga qadar ma`lum bo`lgan qator asarlar
yozilgandir. Qoraxoniylar zamonida vujudga kelgan adabiy til traditsiyasi mo`g`ullar
hukmronligi davrida ham davom etdi. Mo`g`ullar davlatida uyg`urlar butun madaniy
ishlarni boshqarganlar. Uyg`urlar vositasida qoraxoniylar
traditsiyasi uzoq asrlar
davomida o`z xususiyatlarini saqlab qolgan. Lekin XIV asrga kelib O`rta Osiyodagi
vaziyat bir muncha o`zgardi. Mo`g`ullar davlatining inqirozga yuz tutishi
munosabati bilan O`rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda, Kichik
Osiyoda har xil turkiy
davlatlar yuzaga keldi. Davlat chegaralarining aniqlanishi borgan sari shu
territoriyadagi qabila-urug`lar asosida muayyan xalqlarning tarkib topish ishlari
uchun zarur sharoit tug`dirib borgan. Mo`g`ullarning O`rta
Osiyodagi siyosiy
etakchiligi zaiflashib borgan sari adabiy tildagi koraxoniylar traditsiyasi ham o`zining
avvalgi ahamiyatini yo`qotib bordi. Adabiy tilga mahalliy shevalar kuchli ta`sir etdi.
SHuning natijasida XIV asr davomida adabiy tilning tayanch dialekti Sirdaryo
bo`yidagi
y-lashgan dialektni tashkil qildi. XIV asrning o`rtalaridan boshlab yuzaga
kelgan yodgorliklar turkiy tilning y-dialekti zaminida yozilgandir. Bu
dialektning dastlabki yodgorligi Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asaridir.
Dostları ilə paylaş: