O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-MAVZU  O`ZBEK ADABIY TILI TARIXINI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
O`zbekiston respublikasi

2-MAVZU 
O`ZBEK ADABIY TILI TARIXINI 
DAVRLASHTIRISH 
Reja: 
1. Tesha Salimov tarhi 
2. Fahri Kamol tarhi 
3. A.M.Sherbek tarhi 
4. Olim Usmonov tarhi 
5. A.Aliev tarhi 
6. U.Tursunov va boshqalarning tarhi 
7. A.Muhtorov tarhi 
8. G`.Abdurahmonov tarhi 
O`zbek tili uyg`ur tili bilan birgalikda qarluq tili gruppasiga kiradi. Qarluq 
tili tarixiy jihatdan O`rta Osiyo gruppasiga, ayniqsa, g`arbiy xun shaxobchasiga 
kirgan tillar bilan oiladoshdir. 
XI asrdan keyingi O`rta Osiyo turkiy tillari, shu jumladan, o`zbek adabiy 
tilining rivojlanishidagi ma`lum davrlarni belgilash mumkin. 
Til 
tarixini 
o`rganishdagi 
eng 
muhim 
masalalardan 
biri 

davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o`zbek tili va unga urug`dosh bo`lgan 
turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o`zaro munosabatlari 
aniqlanishi lozim. 


15 
Ma`lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog`likdir. 
Tasnif ma`lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. CHunki tasnifda 
ham, davrlashtirishda ham bir xil printsipga amal qilinadi. 
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Qoshg`ariy tomonidan berilgan 
bo`lsa ham XIX asrgacha bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan edi. XIX 
asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari tasnif qila boshladilar. Bulardan 
ayrimlarini namuna uchun keltiramiz. 
I. V. V. Radlov turkiy tillari to`rt guruhga bo`ladi: 
1.SHarqiy guruh (Sibir’ tatarlari tili). 
2. G`arbiy guruh (qirg`iz, qozoq, boshqird, tatar tillari). 
3. O`rta Osiyo guruhi (o`zbek, uyg`ur tillari). 
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim tatar tillari). 
II. A.N. Samaylovich Radlov va Korsh tasniflarini birlashtirib oladi. 
1. Janubiy - SHarqiy yoki chig`atoy guruhiga hozirgi uyg`ur,
o`zbek tillarini va shevalarini kiritadi. 
2. Janubiy - G`arbiy yoki o`g`uz guruhiga o`zbek tilining o`(uz shevalarini 
kiritadi. 
III. S. E. Malov o`z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o`zbek, chig`atoy 
tillarini kiritadi. 
IV. N.A.Baskakov tasnifida turk tillarining G`arbiy xun tarmog`i qarluq 
tillari guruhiga kiritiladi; a) qarluq — xorazm guruhi. Bunga qoraxoniy - xorazm 
tili (Ahmad YAssaviy asarlari), hozirgi uyg`ur tili va shevalari kiritilgan (bunda 
ayrim lingvistik belgilar hisobga olingan). 
IV. A.M.SHcherbak tarxi (1957) 
Til tarixini o`rganishdagi eng muhim masalalardan biri — davrlashtirishdir. 
Davrlashtirish uchun o`zbek tili va unga urug`dosh bo`lgan turkiy tillarning kelib 
chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o`zaro munosabatlari aniqlanishi lozim. 


16 
Ma`lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog`liqdir. 
Tasnif ma`lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. CHunki tasnifda ham, 
davrlashtirishda ham bir xil printsipga, ya`ni tarixiylik printsipiga amal qilinadi. 
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Koshg`ariy tomonidan berilgan 
bo`lsa ham, XIX asrgacha bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan edi. XIX 
asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari tasnif qila boshladilar. Bularga ayrimlarini 
namuna sifatida keltiramiz: 
I. V.V. Radlov turkiy tillarni to`rt guruhga bo`ladi: 
1. SHarqiy guruh(Sibir’ tatarlari tili). 
2. G`arbiy guruh (qirg`iz, qozoq, boshqird, tatar tillari...). 
3. O`rta Osiyo guruhi (o`zbek, uyg`ur tillari). 
4. Janubiy guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrim-tatar tillari). 
II. A.N.Samoylovich, Radlov va Korsh -tasniflarini birlashtirib oladi. 1. 
Janubi - SHarkiy yoki chig`atoy guruhiga hozirgi uyg`ur, o`zbek tillarini va 
shevalarini kiritadi. 
SH.S.E. Malov o`z tasnifida yangi turk tillari guruhiga o`zbek, chig`atoy 
tillarini kiritadi. 
IV.N.A. Baskakov tasnifqda turk tillarining G`arbiy xun tarmog`i qarluq 
tillari guruhiga kiritiladi: a) qarluq-uyg`ur guruhi; b) qarluq - xorazm guruhi. Bunga 
koraxoniy-xorazm tili (Ahmad YAssaviy asarlar), hozirgi o`zbek tili va shevalari, 
hozirgi uyg`ur tili va shevalari kiritilgan (bunda ayrim lingvistik belgilar hisobga 
olingan). 
V. V.A. Bogoroditskiy (1921) tasnifida O`rta Osiyo guruhiga o`zbek, 
uyg`ur, qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq tillari kiritilgan. 
Ularning ba`zilari turkiy tillarni hududiy - jo`g`rofiy jihatdan tasnif qilsa, 
boqshalari tshsharning bir xil lingvistik beyagisiga asoslanadi. Uchinchilarida turkiy 
tillar tarixi xalq tarixi bilan etarlicha bog`lanmaydi. SHular ichida N.A. Baskov 


17 
tasnifi ancha mukammal tuyuladi. 
A.M. SHcherbek tarxi (1953):
1.Eng kadimgi davr o`zbek adabiy tili (X - XII asrlar). 
2. O`rta davr o`zbek adabiy tili (X1U-XU1 asrlar). 
3. YAngi davr o`zbek adabiy tili (XUSH-X1X asrlar). 
4. eng yangi davr o`zbek adabiy tili (XIX asr oxiri va XX asr 
boshlari). Olim Usmon tarxi (1957): 
1. Turk xoqonligi davrida qadimgi tug-yu turk tili (U1-1X 
asrlar). VI-VIII asrlar; VIII - IX asrlar). 
2. Qadimgi o`zbek tili (1X-XN asrlar). 
3. eski o`zbek tilining ilk davri (XIII -XIV asrlar). 
4. eski o`zbek tili (XIV asrning oxiridan XIX asr II yarmigacha). 
5. Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili: 
A) XIX asrning II yarmidan Oktyabr’ inqilobigacha bo`lgan davr o`zbek 
adabiy tili. 
B) SHo`ro davri o`zbek milliy adabiy tili. 
VI. G`.Abduraxmonov, SH.SHukurov tarxi (1973): 
1. eng qadimiy turkiy til (VII asrgacha). 
2. Qadimgi turkiy til (VII asrdan XI asrgacha). 
3. eski turkiy til (XI asrdan XIII asrgacha). 
4. eski o`zbek adabiy tili (XIV asrdan XIX asrgacha). 
5. Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili. 
VII. ergash Fozilov tarxi (1977). 
A) Turkiy tillar uchun mushtarak bo`lgan obidalar - VI - X asrning birinchi 
choragi. B) eski turkiy yodnomalar - IX - XII asrlar (Qutadg`u bilig», «Devonu 


18 
lug`otit turk», «Hibatul haqoyiq»). 
I. Tarix oldi o`zbek tili - XP-X1U asrlar (manbalari-»Tafsir», Sayfi 
Saroyi – «Guliston bit turkiy», «Muhabbatnoma», «Xusrav va SHirin», «Najhul 
Farodis»...). 
II. Ilk o`zbek tili - 
Akademik A.Samoylovich O`rta Osiyo turkiy tshsharini quyidagi davrlarga 
bo`lib ko`rsatadi. 
I davr. X1-X1U asrlarni o`z ichiga oladi. 
II davr. Mo`g`ullar hukmronligi davridagi o`zbek adabiy tili. 
III davr. Temuriylar davridagi o`zbek adabiy tili. Bu davr XIX asrning 2-yarmiga 
qadar davom etadi. 
IV davr. O`rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olingandan keyingi adabiy 
til. 

O`zbek 
tili 
tarixini 
uning 
ichki 
rivojlanish 
xususiyatlariga 
qarab, 
shuningdek o`zbek xalqi va millatining shakllanishi, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga qarab 
shunday davrlarga bo`lish mumkin. 
I. O`zbek xalq tili taraqqiyotining ilk davri. Bu davr XI 
asrdan 
XIV 
asrning yarmigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. 
II. O`zbek xalq tili taraqqiyotining O`rta davri. Bu XIV asrning 2-yarmidan XIX 
asrning 1-yarmigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr eski o`zbek adabiy tilining 
shakllangan va ma`lum tarakiyotga yuz tutgan davridir. 
III. O`zbek xalq tili taraqqiyotining so`nggi davri. Bu davr XIX asrning 2-
yarmidan oktyabr’ revolyutsiyasining g`alabasi va O`zSSR barpo etilgan davrni o`z ichiga 
oladi. 
IV.Milliy O`zbek adabiy tili. Bu davrda O`zbekiston milliy tili shakllandi va 
taraqqiy etdi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin