6
ishlar, maqolalar va ocherklar stili kiradi.
3. Ilmiy bayon stili. Bunga butun fanlarga doir ilmiy asarlarning stili kiradi.
4. Professional texnik stil. Bu turli kasb-hunar sohasida ish yurituvchilar
uchun xizmat qiladi.
5. Rasmiy hujjatlar stili.
6. Har xil yozishmalar, kundalik va xatlarga xos bo`lgan stil.
Adabiy til tarakqiyotining turli davrlarida adabiy stillarning qo`llanishi
doirasi o`zgarib boradi. Masalan, inqilobgacha o`zbek adabiy tilida poeziya stili keng
qo`llangan bo`lsa, hozir proza stiliga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda.
Endi adabiy stillar uchun nimalar umumiy va nimalar o`ziga xos
xususiyatlari bilan farqlanib turadi,degan savolga javob beramiz.
Adabiy til stili
uchun umumiy bo`lgan xususiyat tilning struktura elementlaridan-tilning fonetik,
grammatik va leksik elementlaridan foydalana olishidir. Tilda shunday so`zlar borki,
ular adabiy tilning barcha stillarida qatnasha oladi. Bu kabi so`zlarni ilmiy
adabiyotlarda stilistik neytral so`zlar deb ham yuritiladi. Masalan,
oq, suv, o`tirmoq,
bormoq. Bunday umumiylik leksikada chegaralangan bo`lsa, fonetik va
morfologiyada deyarli chegaralanmagan.
Stillar quyidagi xususiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi;
1. So`z tanlash xususiyatiga ko`ra. Rasmiy qog`ozlarda
stilistik neytral
so`zlar ko`p qo`llansa, she`riyatda obrazli so`zlar ko`p qo`llanadi.
2. Terminologik ma`nolariga ko`ra. Masalan, morfologiya tilshunoslikda
so`z formasi haqidagi ta`limotni bildirsa, meditsinada hujayralar haqida
fikr yuritiladigan sohani bildiradi va x.k.
O`zbek tili O`rta Osiyodagi qoraqalpoq, turkman, qirg`iz, MDH davlatlaridan Volga
bo`yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumuk, qorachoy, bolqar, qrimdagi
gagauz, qrim-tatar, chet mamlakatlaridagi uyg`ur, usmonli turk kabi qator tillar bilan birgalikda
alohida til gruppasini tashkil etadi. Bu gruppa fanda turkiy tillar oilasi deb yuritiladi.
Turkiy
tillar umumiy gruppa qurilishi, fonetik teng kelishi, lug`at sostavi jihatidan bir-biriga yaqinlik
7
darajasi shu tillar tarakqiyotining keyingi davrida yuzaga kelgan hodisa bo`lmay, balki qadimgi
hodisadir. Turkiy tillar qanchalik qadim bo`lsa-da, ular orasidagi o`xshashlik, yaqinlik ko`pdir.
Bularning hammasi turkiy tillar qadim zamonlarda
qandaydir bir til manbaiga, negiziga ega
bo`lganligidan darak beradi. Turkiy tillar esa,
o`z navbatida, boshqa
tillar bilan aloqasiz va
boshqa tillardan ajralib qolgan oila tili bo`lmagan, aksincha ular Oltoy gruppasiga kiradigan
boshqa tillar bilan ko`p jihatidan tarixiy umumiylikka egadir. Turkiy tillarning o`zaro
o`xshashlik darajalari quyidagilarda ko`rinadi:
1. O`zbek tilidagi so`zlar boshqa turkiy tillardagidek asosan uch tovushli bo`ladi:
bil,
Dostları ilə paylaş: