O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
O`zbekiston respublikasi

8-MAVZU 
XVI
 
ASRDA
BUYUK
ALISHER
 
NAVOIY
TRADITSIYASI
VA
O`ZBEK
ADABIY
TILI
TARAQQIYOTINI
O`RGANISHDA
BOBUR,
MUHAMMAD
SOLIH
ASARLARINING
AHAMIYATI 
Reja: 
1. XVI asrda Alisher Navoiy yaratib qoldirgan an`ananing davom zttirilishi. 
2. Bobur asarlari tili. Bobur asarlari tilida turkiy so`zlarning ishlatilishi. 
3. Muhammad Solih dostonining til xususiyatlari 
4. XIV-XVI asrlar adabiy tilida arabcha, forscha so`zlar. 
XVI asrga kelib temuriylar avlodlari o`rtasida uzluksiz davom etgan 
ziddiyatlar, mamlakat ichidagi turli xarakterga ega bo`lgan qarama qarshiliklar 
temuriylar davlatining iqtisodiy-siyosiy hayotini, harbiy qudratini zaiflashtirib 


95 
yubordi. Tarixdan ma`lumki, XV-XVI asrlarda temuriylardan bo`lgan, Boburning 
otasi Umar SHayx Mirzo Farg`ona ulusining hukmdori bo`lgan. U aka-ukalari - Hisor 
hokimi Sulton Maxmud Mirzo, Samarqand hokimi Sulton Mahmud Mirzo
Samarqand hokimi Ahmad Mirzo, Qobul xokimi Ulug`bek Mirzolar bilan taxt 
talashib, jiddiy kurashlar olib borar edi. Bularning hammasi tashqi xujum uchun hamda 
uning engil muvaffaqiyati uchun keng imkoniyat tug`dirardi. Natijada SHayboniylar 
tomonidan temuriylar davlati emirilib, uning o`rnida SHayboniylar hukmronligi 
boshlandi, SHayboniylar davrida ham tashqi jihatdan markazlashgan davlat tuzilsa 
ham u uzoq davom etmadi. Bu Abulxayrxon o`limidan yaqqol sezilgan edi. 
XVI asr boshlaridayoq O`zbekiston territoriyasida Xorazm va Buxoro 
xonliklari vujudga keldi. 
Xorazm xonligining dastlabki poytaxti Ko`hna Urganch bo`lib, XVII 
asrning 70-yillarida Amudaryoning bir tarmog`i qurib qolgach, poytaxti Xevaga 
ko`chirildi. SHundan beri Xeva xonligi deb ataldi. 
Buxoro xonligining poytaxti Samarqand bo`lib, Ashtarxoniylar uni 
Buxoroga ko`chiradilar. Mamlakat 2 xonlikka bo`linib ketgach, o`rtadagi kurashlar 
yanada kuchayib ketadi. Natijada XVII asrning boshlarida Qo`qon Buxoro 
xonligidan ajrab chiqadi. 
Xonliklar o`rtasidagi uzluksiz mamlakatning ishlab chiqarish kuchlari, uning 
iqtisodiy qudratini zaiflashtirib yubordi. Bu holat mamlakatning madaniy 
taraqkiyotiga ta`sir qilmasdan qolmadi. Bir zamonlar madaniyat o`chog`i bo`lib 
tanilgan Xorazm CHingiz askarlari tomonidan, keyinchalik Temur lashkarlari 
tarafidan xarobaga aylantirilgan edi. Lekin bu davrlarda adabiy harakatchilik 
so`nmadi, aksincha ulug` Navoiy traditsiyasi davom qilib keldi. 
A.Navoiy ijodiga bo`lgan xurmat uning o`z zamonida boshlangan edi. 
Badiiy adabiyotda va adabiy tilda uning traditsiyasi ayniqsa uning kichik zamondoshi 
Z.M.Bobur tomondan davom ettirildi. 
Bobur o`zining lirik shoirligi va XVI asr prozasining namunasi bo`lgan 
«Boburnoma» asari bilan o`zbek adabiyoti va tili tarixida o`chmas iz qoldirgan 


96 
so`z san`atkoridir. Bobur tili va uslubi xalqchilligi bilan xarakterlanadi. U yaratgan 
asarlar tor intilligentlar doirasida emas, balki ko`pchilikka tushunarli bo`lgan. U 
sodda yozish bilan birga boshqalarni ham sodda yozishga chaqirdi. SHu jihatdan 
uning o`z o`g`li Xumoyunga yozgan maktubidagi bir fikri xarakterlidir. Xumoyun tili 
otasi tiliga qaraganda ancha og`ir, uning asarlarida arabcha-forscha so`z va iboralar 
ko`p ishlatilgan. Xumoyunning shu xatini tanqid qilib, Bobur shunday yozadi : 
«Mundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq 
bo`lur, ham o`kug`uchig`a». 
Boburning sodda uslub va til bilan yozishning talab qilishi va bunga 
o`zining amal qilishi progressiv voqeadir. Badiiy uslubning soddaligi Bobur 
asarlarining o`quvchiga tez anglashilarli bo`lishiga, badiiy tasvir vositalarining 
ommabop bo`lishiga olib keldi. 
Bobur lirik she`rlarining tili haligacha tadqiqot ob`ekti bo`lgan emas. 
SHunga qaramasdan, uning lirikasi xalqqa tushunarli til va uslubda yozilganligini 
ko`ramiz. Masalan, 
Tushumda chүn quyashdek āraziңni kӛrdңm otrudin 
Tilarmen tā qiyamat achmag`aymen kӛzni uyqudin. 
Sening vasliңdin ayru tүshgәli barg`an sari artar 
Tahassur arqadin, mehnat yanimdin, hajr otrudin. 
Bobur lirikasida ham arabcha-forscha so`zlar qo`llangan. Lekin Navoiy 
asarlaridagiga nisbatan kamroqdir. Masalan, «Ne hush bo`lg`ayki» matlali g`azal 63 
ta so`z qatnashgan bo`lib, undan 5 tasi kishi nomlari, 35 ta turkiy, 23 ta arabcha-
forscha so`zlardir. Ayrim g`azallarida bu nisbat yana ham ortib borishi qo`llangan 
arabcha-forscha so`zlar ham shu davr shuningdek hozirgi davr o`kuvchilariga 
tushunarlidir. Quyidagi g`azalga diqqat qiling: 
Keldi ul vaqtki bashimni alib ketgәymen
Ālam ichrә ayag`im etgәnichә etgәymen.
Istәrәm ӛzni aziz elgә kӛrүnmәsliktin


97 
Nechә ӛzүmni ulus kӛzidә xār etgәymen? 
Xalq yүz javr ilә ishlәr bugarur kāsh elniң 
Ne yүzin kӛrgәmenu ne sӛzin eshitgәymen 
Har sari barsa bu devāna kӛңүl, ayb etmәs 
Oyla devāna emәskim ani berkitgәymen. 
Demә Baburga netәrsen bash alib ketmәkni 
Tangrining xosti mundaq esә men netgәymen?
Ko`rinib turibdiki, bu g`azaldagi barcha so`zlar alohida izohga muhtoj 
emas. SHu jihatdan «Boburnoma» asari tili ham xarakterlidir. 
«Boburnoma»ning 14 ga yaqin qo`lyozma nusxalari mavjud bo`lib, 
ularning ko`pchiligi XVII-XVIII asrlarda ko`chirilgandir. Bular hozir Leningrad, 
Kal’kutta, Haydarobod, London kabi shaharlarda saqlanadi. Uning bir nusxasi 1737 
yilda ko`chirilgan bo`lib, shu nusxa asosida 1875 yilda N.Il’minskiy Qozonda nashr 
qildi. Haydarobod nusxasi asosida ingliz olimi A.Beverij 1905 yilda Londonda 
asarni nashr qilgan. «Boburnoma»ning Qozon va London nusxalari asosida 1948-
49, 1960 va 1965 yillarda grafikasida nashr etildi. 
«Boburnoma» XVI asr prozasining nodir yodgorligi bo`lib, faqat XVI asr 
boshlaridagi tarixiy voqealarni to`g`ri aks ettirish jihatidangina qimmatli bo`lib 
qolmay, u o`sha davrdagi o`zbek tilining xususiyatini ko`rsatib beruvchi manba 
hamdir. Z.M.Bobur bu asar orqali xalq jonli tilining boyliklarini chuqur o`rganib va 
egallab olganligani, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun harakat 
qilganligini ko`ramiz. Bunda u xalq og`zaki ijodiga xos maqol va iboralarni ko`plab 
qo`lladi. Masalan, Dushman ne demәs, tushga ne kirmәs. Deh kajvu, daraxshon 
kujo? Va boshqalar. 
Bobur tilining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ifodaning ixchamligi, 
soddaligi va ravonligidir. Buning uchun u so`zlarni tanlab ishlatishga oz so`z bilan 
ko`proq fikrni bayon etishga harakat qildi. O`zbek tilining so`z boyligidan ijodiy 
foydalanib, undagi sinonim, omonim va antonim so`zlardan keng va o`rinli foydalandi. 


98 
Bobur asarida sodda gapni ko`proq qo`lladi.qo`llangan qo`shma gaplar 
ham tuzilishiga ko`ra sodda gaplarga o`xshash bo`lib, osonlik bilan tarkibiy 
komponentlarga ajraladi. Masalan, 
Tā anda etkuncha, mening bilәn sekiz kishi qalin edi va h.o. 
Bobur badiiy mahorat va uslub jihatdan emas, balki til faktlaridan 
foydalanish masalalarida ham Navoiy traditsiyalaridan davom ettirdi. Bular 
quyidagilarda ko`rinadi: 
1.Bobur ham arabcha-forscha so`zlarni o`z asarlarida ma`lum maqsadda-
ifoda kuchini oshirish, poetik ta`sirchanlikni kuchaytirish maqsadida qo`llagan. 
2.Navoiy vositalariga amal qilib, turkiy til imkoniyatlaridan yana ham 
kengroq foydalandi va xalq, tilida ayrim bor til faktlarini adabiy tilga olib kirdi. 
Ular tubandagilardir; 
a) —lar affiksi fe’l oldidagi sifatlarda keltirildi. Bu esa shu sifat 
ma`nosini kuchaytirilishini ta`minladi.
Ӛzga tofang andāzlar atmaqqa kӛrsәtib yaxshilar atdilar. 
b) -tadan affiksi taqsim son hosil qilindi. 
g) belgilash olmoshlaridan tugal, bor (borcha) so`zlari qo`llandi va h.o. 
d) dag`i, va, yo, -ki kabi bog`lovchilari keng qo`llandi va h.o. 
Z.Navoiy kabi uyg`ur tiliga xos bo`lgan -gu affiksidan foydalandi: kelgүm, 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin