112
Bā vujudi mahrumiyat tapmisham mahrumlik
Har nechә qilsam jaamul bilman aniң illәtin.
Munis asarlaridagi arabcha-forscha so`zlarning qo`llanishida Navoiy va Bobur
traditsiyasiga amal qilganini ko`ramiz. Munis tomonidan qo`llangan arabcha,
forscha-tojikcha so`zlar Navoiy va Bobur asarlarida qayd qilingan so`zlardir. Lekin
ulardan Munis o`z o`rnida va maqsadga muvofiq foydalangan Turkiy so`zlardan
foydalanish ya`ni undan qofiya, radif sifatida foydalanishda Lutfiy ijodining ta`siri
ko`rinadi. Masalan,
Tez etar jānān g`ami ishqim otini qozg`alab
Qaydurur ul otg`a bir-bir ustuxānimni qalab.
YOki:
Jānimg`a urdung ātashi ishqing tutashturub,
Yaqting songaklarimni ul otg`a qalashturub.
YOki:
Ultururlar meni har dam kӛzu qashi talashib
Tirguzurlar ikki jān baxsh dudāg`i yarashib.
Keltirilgan baytlardagi qofiyalarda turkiy so`zlar ishtirok etgan. Munis
hatto undov va taqlidiy so`zlardan ham qofiya sifatida foydalangan.
Firākiң shiddatidin kӛzlәrimdin qan aqar tim-tim,
Kӛrib ani raqibi kinavar har dam kүlәr qah-qah.
CHekar zavqi sihi qadding bilә qumri fig`ān ku-ku
Tuzar shavqi gүli ro`yiң bilә bulbul navā chaq-chaq.
Ko`rinadiki, o`zbek adabiy tili imkoniyatlari Munis ijodida keng kuloch
yoydi.
Dostları ilə paylaş: