O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


NISHOTIY ASARLARI TILIDA NAVOIY AN`ANASINING DAVOM



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
O`zbekiston respublikasi

NISHOTIY ASARLARI TILIDA NAVOIY AN`ANASINING DAVOM 
eTTIRILISHI 
Muhammadniyoz Nishotiy XVIII asrda etishgan iste`dodli lirik va epik 
shoirdir. U adabiyotdagina emas, balki adabiy til sohasida xam Alisher Navoiy 
ana`nasini davom ettiradi. 
Nishotiyning ijtimoiy - siyosiy fikr va mulohazalari «Husnu Dil» dostonida 
o`z ifodasini topdi. Bu asar shoir tilini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. 
Nishotiy o`z dostonini xalq og`zaki ijodidan ustalik bilan foydalangan 
holda yozdi. Xalq og`zaki ijodidagi qoliplash usulidan foydalanib, uning ichiga 
ta`limiy tarzdagi bir qancha masalalarni kiritdi. Ular Nishotiy tilining sodda xalq 


117 
tiliga yaqinlashishiga olib keldi. 
«Husnu Dil» dostonining tili mumtoz epik she`riyat uslubi bilan 
chambarchas bog`liqdir. Bundan tashqari, dostonning ayrim boblari qofiyalangan 
nasr uslubida yozilgan. Masalan: «husni dilnavāz, vafābanum sāhib e`zāz va nāzi 
tannāz, g`amzai, gammāz gesui fusunsāz va mahliqāi aynapardāz va 
shahtakayayaumi sehrparvāra va mehribānui basөzu gudaz, qāmatsardāri 
balandparvāz, sarvi sarafrāz, ya`ni faudi sāhibning... xizmatga tayyar edilar». 
Nishotiy xalq og`zaki ijodi uslubiga ergashdi, doston tilini ham ommabop 
qilishiga intildi. SHuning uchun xalq maqollari, hikmatli so`zlari va iboralarini asar 
misralari mazmuniga ustalik bilan singdirdi. 
Nishotiy o`z asarlarida xalq maqollaridan foydalanar ekan, ulardan 
ilhomlanib, o`zi ham xalq maqollari darajasida iboralar ijod qiladi:
Toyu aza xush turur ahbāb ilә,
SHadiyu g`am ham yana atrab ili. 
Nishotiy o`z asarining mumkin qadar sodda, ma`noli, ravon va obrazli 
bo`lishi uchun xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, original o`xshatish, 
istiora, kinoya, mubolag`a, sifatlash, majoz va qarama - qarshi qo`yish usullarini 
qo`lladi. Masalan: 
Boldi ayān turfa kitali kabir,
Qorqusisidin tashladi hamlāni SHer. 
SHoir bu misrada ishq lashkari bilan aql navkari o`rtasidagi jang 
tasvirini berar ekan, urushning shiddatidan SHer ham qo`rqib, o`z
qornidagi homilasini tashlab qo`ydi, deb mubolag`a qiladi. SHoir dostonida
omonim so`zlardan ham o`rinli foydalanadi. Bir so`z bilan bir necha ma`noni 
ifodalashga harakat qiladi:
Yүz uzә churuk yag`ach erdi burun,
Har yera barsa, barban ul burun. 


118 
Bu parchada birinchi misradagi «burun» so`zi odam
a`zolaridan biri ma`nosida, ikkinchi misrada avval, ilgari ma`nosidadir. 
XVII - XVIII asrlarning boshqa shoir-yozuvchilarida bo`lgani kabi 
Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida ham mahalliy shevalarga xos xususiyatlar uchraydi. 
Doston tilida Buxoro va Xorazm shevalariga xos so`z va iboralar hamda grammatik 
unsurlar topiladi. Masalan, margi nav muborak, himmati sipahdar, husni dilnavoz, Nazi 
Tannaz kabilar. 
Nishotiy asarlari tilida morfologik jihatdan quyidagi xususiyatlarni uchratish 
mumkin. 
«Xusnu Dil» dostonida turlanish kategoriyasi hozirgi o`zbek tiliga o`xshaydi. 
Ammo qaratqich kelishigining qo`shimchasi -niң, -ң shaklida ishlatiladi.
Arshning astida erur ganji raz ...
Qāmating ag`ushiga qildi nigāh... 
Tushum kelishigi qo`shimchasi –ni/-ni, -i/-i shaklida, chiqish kelishigi 
qo`shimchasi —din/-din shaklida keladi: 
Qorqusidin tashladi hamlani SHer,
Kelturung aqli dedi kishvarsitan. 
Navoiy va Fuzuliy asarlarida bo`lgani kabi Nishotiy asarida jo`nalish 
kelishigi qo`shimchasi —ga/-a tarzida ishlatiladi:
Har biriga nam edi bir ehtiram,
Har yera barsa, bariban ul burun. 
Olmoshlar Nishotiy asarlari tilida hozirgi o`zbek tilidagi olmoshlarga 
o`xshaydi. Uchinchi shaxs kishilik olmoshlari ul, an tarzida, shuningdek, qayu so`roq 
olmoshi, nimarsa, kimarsa so`roq-gumon olmoshlari ishlatiladi:
Xar ne yoq, andin yaman, and’sh yaman – 
Parvarish aylar ani ayvān ara,


119 
Vah qayu ayvanki dilu jān ara. 
Nishotiy tilida ravish -lik affiksi bilan hosil qilinadi. Ravishdosh esa —iban 
affiksi orqali ifodalanadi: 
Talpiniban oylaki suvsiz baliq,
Jān yoq edi anga bugun taңlaliq. 
YOrdamchi so`zlardan bilan, birla, ila dag`i kabi ko`makchilar; Kim, -ki, gar, 
agar, ne, lek kabi bog`lovchilar ishlatiladi. Bog`lovchilardan na Nishotiy dostoni tilida 
ko`p qo`llanadi: 
Anda na zavqu, na huzuru, na nur...
Anda na ilmu, na amal, na yaqin... 
«Husnu Dil» dostoni leksikasida ulus, kabir, qapu (eshik),
gulgula, valvala, dag`i, karam kabi so`zlar uchraydi. 
Mazkur asar XVIII asr o`zbek dostonchiligidagina emas, balki o`sha 
davr o`zbek adabiy tili tarixida ham o`rin egallagan ajoyib she`riy hissa hisoblanadi. 
XVII - XVIII asrlardagi ilg`or adabiyotning o`sib, kamol topishida xalq 
og`zaki ijodining roli katta bo`ldi. Adabiy tilda esa xalq tili unsurlari, sheva 
xususiyatlari o`z ifodasini topdi. Xalqning boy og`zaki adabiy merosidan, til 
boyligidan ta`sirlanish natijasida o`sha davr shoirlari tilida frazeologik iboralar, turg`un 
birikmalar ko`plab ishlatila boshlandi. Bu bilan ular o`z asarlarining xalqchiligini, 
realistik ekaligini isbotlaganlar. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin