Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.Ushbu ilmiy ish o‘ziga bir qator maqsad va vazifalarni jalb etadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga 2020 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini yaratish maqsadi qo‘yilgan. U ko‘rsatilayotgan xizmatlarni interaktiv shaklga o‘tkazish orqali, jumladan, mobil texnologiyalarni qo‘llash, “Yagona oyna” orqali aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash imkonini beradi. Ushbu yillardagi asosiy vazifalar sog‘liqni saqlash tizimining Milliy integratsiyalashgan axborot tizimining texnik, tashkiliy va texnologik infratuzilmasini barpo etishdan iborat.Ushbu maqsaddan kelib chiqqan xolda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
O‘zbekiston Respublikasida “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini joriy etishning samaradorligini aniqlash.
Tadqiqotning obyekti va predmeti.Ilmiy tadqiqod ishning ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash Vazirligi tanlangan.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining faoliyati,Sog’liqni saqlash sohasidagi islohotlar va o’zgarishlar,O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron tizimida yangi turdagi interaktiv davlat xizmat turlarini joriy etish va integratsiyalashgan tizim qurish mexanizmi xizmat qiladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.