O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman” Buxoro davlat universiteti
o‘quv ishlar bo‘yicha rektori o‘rinbosari:
__________________ M.I.Daminov “ ____ “ __________________ 2020 y
ISLOM TARIXI
MODUL VA SILLABUSI
Kurs:
5120300-Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)
Kurs turi:
120000 Gumanitar fanlar
Kurs kodi:
IST 100332
O‘quv yil:
3-kurs
Semestr:
2,3,4,5
Mashg‘ulotlar shakli va semestrlarga ajratilgan soatlar:
660 soat
Ma’ruza:
150 soat
Seminar:
150 soat
Mustaqil ta’lim:
360 soat
Kredit miqdori:
22
Baholash shakli:
yozma
Kurs:
O‘zbek
Buxoro- 2020
I.FANNING MAZMUNI Fanni o‘qitishdan maqsad “Islom tarixi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, tarixiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar. Talaba:
–ilk islom davrining shakllanishi va tarixiy bosqichlari;
–islom tarixi masalalarini yechish uslublari;
–islom tarixini davrlashtirish;
–islom falsafasining asoslari, mohiyati va tarixi, islom falsafasining dunyo taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi;
–islom tarixining davrlarga bo‘linishi;
–ilk islom, xulafo roshidun, Umaviylar, Abbosiylar, Saljuqiylar va boshqa musulmon sulolalar davrlarining o‘ziga xos xususiyatlari;
–g‘arb olimlarining islom tarixini yoritgan asarlari;
–islomiy qadriyatlar tizimiga xos xususiyatlarni, ularning ijtimoiy-tarixiy o‘zgaruvchan xarakteri va rivojlanish tendensiyalarihaqida bilimlarni bilini kerak. Bular bilan bir qatorda bakalavr:
–xulosaviy bilimlar hosil qilish, dalillash, muammolarni yaratish va hal etish, farazlarni ilgari surish va asoslash ilmiy nazariyalarining mantiqiy tuzilmasini bilish;
–islom tarixini o‘rganishda Sharq va G‘arb olimlarining o‘ziga xos yondashuvlari;
–Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom tarixi va madaniyati rivojlanishiga qo‘shgan hissasi;
–hozirgi zamon olimlarining islom tarixining rivojlanish yo‘nalishlarining zamonaviy qonuniyatlari va tendensiyalariga oid ilmiy qarashlari;
–milliy mafkuramizning tarixiy-falsafiy ildizlarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi va amaliy ahamiyatini tushuntirish va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
–Sharq va G‘arb mamlakatlarida islom tarixining bugungi holati hamda rivojlanish yo‘nalishlarini mustaqil tahlil etish;
–islom tarixining davrlarga bo‘linishi, ilk islom va to‘rt xalifa davrlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish;
–islom tarixiga oid ma’lumotlarni axborot va yuksak texnologiyalar davri xususiyatlarini, globallashuv imkoniyatlarini nazariy tahlil qila olish orqali ilmiy o‘rganish;
–tarixiy taraqqiyot bosqichlari davrida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning islom tarixiga ta’sirini tahlil etish, ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq etish metodologiyasini qo‘llay bilish, unda dialektik, sinergetik, tizimli yondashuvlar va falsafiy uslublarni qo‘llay olish;
–islom tarixini mustaqil o‘rganish jarayonlarida nazariy-falsafiy tafakkur imkoniyatini ishlata olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va ularning taqdimoti tashkil qilinadi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan slaydlar, ijodiy ishlar, referatlar tayyorlanadi va uning taqdimoti tashkil qilinadi.
“Islom tarixi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, muammolarni tahlil qiladilar. Auditoriyadan tashqari talaba darsga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan mavzularni o‘rganadi.
“Islom tarixi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan yuqoridagi mavzulardan shakllantiriladi.