ЭLEKTRON TA’LIM RESURSLARI www.religions.uz (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy sayti)
www.O’zXIA.uz, www.ziyo.uz (O’zXIA rasmiy saytlari)
www.tarix.uz
www.muslim.uz (O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy sayti)
FAN BO‘YICHA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH MEZONLARI Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom.
1-§. Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.
2-bob. Talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga.