286
14 -MAVZU. SHAXSNING USTANOVKASI, E’TIQODI VA
DUNYOQARASHI
Tаyanch tushunchаlаr:
ustanovkasi, anglanilmagan mayllari, dispozitsion
konsepsiyasi elementar ustanovka, ijtimoiy ustnovka, bazaviy ijtimoiy ustanovka,
qadriyatlar tizimi, shaxsning e’tiqodi, shaxsning yo‘nalganligi.
14.1.Shaxsning ustanovkasi yoki anglanilmagan mayllari. Ijtimoiy
turmushda shaxsning ustanovkasi masalasida D.N.Uznadze tadqiqotlari va
natijalari
Psixologiya fanida xulq-atvor va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan mayllar
orasida muayyan darajada tadqiq etilgani ustanovka (ko‘rsatma berish, yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish) muammosi hisoblanadi. Ushbu umumiy psixologik masala gruzin
psixologi D.N.Uznadze va uning shogirdlari tomonidan keng ko‘lamda
o‘rganilgandir.
Ustanovka inglizcha so’z bo’lib, o‘zbek tilida esa ko‘rsatma berish,
anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nosida qo‘llanilib kelinadi. Lekin
keyingi atamalar uning haqiqiy mohiyatini, ma’nosini o‘zida mukammal aks
ettirmaydi, shuning uchun terminni hech o‘zgarishsiz qoldirsa ham bo‘ladi.
Odatda,
ustanovka deganda, bilish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
ehtiyojni ma’lum uslubda qondirishga ruhiy jihatdan tayyor turishlik tushuniladi.
Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir.
Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’lum
faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Ustanovkaning mavjudligi va uning
qonuniyatlari eksperimental tarzda ta’kidlab o‘tilgan ilmiy maktab namoyandalari
tomonidan aniqlangan. Mazkur tajribada sinaluvchiga ikkita,
bittasi katta,
ikkinchisi esa kichikroq soqqachani uzluksiz ravishda bir nechta (10-15) marta
ko‘zi yumuq holda paypaslab taqqoslash taklif qilinadi. Eksperimentning
navbatdagi bosqichida soqqachalar almashtirilib, baravar
jismlar har xil tuyuladi,
ya’ni sinaluvchida illyuziya (noto‘g‘ri aks ettirish) holati yuzaga keladi. Bunday
psixologik voqeaning vujudga kelishiga asosiy sabab shuki, obyektiv jihatdan
287
o‘zaro teng soqqachalar taqqoslanganligida ular bir-biriga teng emas, degan mayl
bilan favqulodda subyektiv sharoitda ish tutilganligidir. Ushbu holat oddiyroq qilib
tushuntirilganda, taqqoslash jarayoni ustanovka (ko‘rsatma berish, yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish) asosida amalga oshirilganligi uchun shunday oqibatga olib kelgandir.
D.N.Uznadzening
ta’kidlashicha, insonda ustanovka bilan bog‘liq
psixofiziologik holat markaziy
nerv sistemasigina emas, balki uning periferik
qismi faoliyatini ham mahsuli bo‘lib hisoblanadi. D.N.Uznadzening tajribalarida
sinaluvchining o‘ng qo‘liga navbat bilan avval katta,
keyin kichik soqqachalar
berib turiladi va bu vaziyat 10-15 marta takrorlanadi. Tajribaning oxirgi bosqichida
sinaluvchining chap qo‘liga bir-biriga teng soqqalar beriladi. Buning natijasida
uning chap qo‘lida ham illyuziya, ya’ni noto‘g‘ri idrok qilish vujudga keladi. Ko‘z
bilan idrok qilishda ikkita o‘zaro teng obyektlarni qayd qilishdagi ustanovka o‘ng
ko‘zga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Eksperimental tarzda o‘rganilgan ustanovkali
vaziyatlarni takrorlash evaziga insoning o‘ziga sezilmagan holda muayyan
obyektlarda subyektga taalluqli «fiksal ustanovkalar» (qayd etilgan ustanovkalar)
vujudga kelganligi aniqlangan. Demak, ustanovkani eksperimental tadqiqot etish
natijasida anglanilmagan mayllar asta-sekin qayd qilinuvchi (fiksasion) darajasiga
o‘sib o‘tish mumkin.
Ijtimoiy turmushda D.N.Uznadzening natijalariga o‘xshash qator ma’lumotlar
shaxsda mustahkamlanib qolganligi tufayli ustanovka
funksiyalarini bajarib
kelmoqda: 1) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining oldida turgan ustanovkalar xuddi
shunday toifaga kirganligi sababli o‘qituvchining barcha topshiriqlarini darhol
bajarishga tayyor turadilar; 2) hisobchilarga nisbatan qo‘rs, rasmiyatchi deyishlik;
3) olimlarga nisbatan parishonxotirlik; 4) savdo xodimlariga nisbatan
uddaburonlik, daromad
qilishga ustasi faranglik; 5) bolaning haqgo‘yligi, sir
tutmasligi; 6) qariyaning so‘zi tugaguncha o‘salning joni uzilishi to‘g‘risidagi fikr-
mulohazalar ustanovkaga yaqqol misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: