O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 
 
 


289 
14.3.Elementar ustanovkalar, ijtimoiy ustanovkalar, bazaviy ijtimoiy 
ustanovkalar, qadriyatlar tizimi. Shaxsning e’tiqodi. Shaxsning yo‘nalganligi 
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Guruhiy va jamoaviy munosabatlarda uning a’zolarini ishontirish (ularga ta’sir 
o‘tkazish) orqali muayyan yo‘nalishga safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni 
vujudga keltirish holatlari bunga yorqin misoldir. Ishonish va ishontirish 
odamlarning xarakter xislatiga, xulq-atvoriga bevosita bog‘liq. Bu holat 
psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan. Masalan, sinaluvchilarga 
ma’lum vaqt oralig‘ida soatiga qaramay, sekundlarini o‘z ichida sanash orqali bir 
daqiqaning cho‘zilishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Keyinchalik bu 
sanash signal berish bilan tekshirilib turilgan, ba’zan «yolg‘on» signallar, ya’ni 
lampochka yonish bilan tajriba bo‘linishga yo‘l qo‘yilgan. Qatnashchilarda 
eksperimentatorga ishonch bo‘lganligi sababli xatolarga yo‘l qo‘yishgan. 
Ishonuvchanlikni 
aniqlashda 
«konformizm» 
(kelishuv, 
murosa-yu, 
madora)dan foydalanilgan. Ichki va tashqi kelishuvchanlik (konformizm), ichdan 
kelishmovchilik (nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik mohiyatini o‘rganish 
uchun obyekt sifatida foydalanishgan. Bir guruh odamlarning ochiq ovoz berishi 
konformizmning namoyon bo‘lishidir. Lekin konformizm «soxtalik»ni ham 
keltirib chiqarish mumkin, uning aks ettiruvchisi esa konformist deb ataladi, 
ko‘pincha ideallardan voz kechish hollari ham uchrab turadi. 
Xulq-atvor va faoliyatning anglanilmagan omillari qatoriga mayllar kiradi. 
Hali differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan tashkil 
topgan xulq-atvor va faoliyatini amalga oshirishga undovchi omil mayl deb ataladi. 
Moyillik holatiga kirib borayotgan shaxs uchun jalb qilayotgan obyektida uni nima 
qiziqtirayotgani va qaysi alomat o‘ziga tortayotgani sababi noaniqligi. Faoliyat 
maqsadi subyektiga noma’lumligi tufayli mayl hukm suradi. Bunday psixik holat 
insonlarda tez-tez uchrab tursa-da, lekin uzining tezkor o‘tkinchligi bilan boshqa 
voqealardan 
ajralib 
turadi. 
Odatda, 
ushbu 
mohiyatli 
psixik 
holatni 
harakatlantiruvchi ehtiyoj so‘nishi yoki tilakka aylantirish mumkin. Binobarin, u 
xohish, niyat, orzu, fantaziya kabi shakllarga aylantirish tufayli shaxs tomonidan 


290 
anglaniladi. Bunday shakldagi mayllarning odamlarda mavjud bo‘lishi ularning 
yaqin va uzoq kelajakka intilishlaridan dalolat beradi. 
Z.Freyd mayllarga nisbatan o‘ziga xos nazariya yaratgan bo‘lib, u aksariyat 
holatda jinsiy (instinktiv) mayllar to‘grisida mulohaza yuritadi (libido - jinsiy 
mayl), «edip kompleks» («Shoh Edip» asari bo‘yicha), «psixoanaliz» atamalari 
orqali qo‘rqish, himoya, begonalashish singari instinktiv moyillikni talqin qiladi. 
taqdirda shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin