O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolar. Motiv muammosi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
15.2.Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolar. Motiv muammosi 
va uning yechimiga doir mulohazalar 
Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivatsiya ortganlik ravishda inson 
mayllariga xosdir, degan g‘oya yotadi. Ularning manbai sifatida maylni aks 
ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismidagi somatik jarayon tushuntiriladi. 
Z.Freydning konsepsiyasida mayllar va instinktlar tushunchalari o‘rtasida 
hech qanday tafovut yo‘qdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq 
motivalari va ehtiyojlari muammosini ishlab chiqayotir, motivatsiyaning manbai 
instinkt, u tur va individning saqlanish shartidir deb taqdirlaydi. Mazkur holatni 
muallif individning energetik potensiya sifatida talqin etadi. Eng asosiy masala 
shuki, Z.Freyd motivatsiya regulyatori va motivatsiya energiyasining irsiy manbai 
sifatida «u» tushunchasiga qanday ma’no yuklamoqchi? Uningcha, «u» 
tushunchasining mazmuni tug‘ma va o‘zgarmasdir. Xuddi shu bois mantiq 
qonunlari va aql darajalari, ko‘rsatkichlari unga hech qanday ahamiyat kasb 
etmaydi. Z.Freyd affektiv, impulviv shakldagi mutlaqlashgan qo‘zg‘ovchilarni 
nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar (turtkilar)ning 


297 
impulsivlik, taxminiylikning affektiv mohiyati, notanqidiylik, ongli va irodaviy 
nazoratga itoat etishda qiyinchilik kabilarning dinamik xususiyatlarini 
mutlaqlashtirish bo‘lib, ularning asosida quyi genetik va strukturaviy darajadagi 
qo‘zg‘atuvchilar yotadi. Z.Freyd ta’kidlab o‘tgan dinamik xususiyatlar va xossalari 
mohiyatida 
motivatsiyaning 
chuqur 
asosiy 
manbasini 
ko‘radi. Uning 
konsepsiyasida inson xulqi va harakatining dvigateli jinsiy instinkt hamda uning 
transformatsiyasi ustuvor o‘rin egallaydi. 
Ushbu mulohazani yanada mukammallashtirish maqsadida nofreydistlar 
hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilarning nazariyalarini tahlil qilishga o‘tamiz. 
A.Adlerning fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch, uning faoliyati 
maqsadini aniqlovchi, ularga erishish yo‘llari hukumatga va qudratga erkdir. 
Xorni, Fromm va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan ma’lumotlar 
mohiyati 
Freyd 
tomonidan 
kiritilgan 
psixika 
tushunchasi 
va 
uning 
harakatlantiruvchi nazariyasini almashtirishga intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Xornining nuqtai nazaricha, inson qanchalardir tug‘ma kuchlarga ega bo‘lib, uning 
negizi bolalarcha yordamga muhtojlikka qurilgandir, bu holatlar birlamchi 
bezovtalanish tuyg‘usida va tug‘ma qo‘rqinch hissida o‘z ifodasini topadi. Xorning 
ta’kidlashicha, inson xulqining motivatsiyasi boshqa motivlar yordami bilan 
aniqlanishi mumkin, jumladan, birlamchi bezovtalanish (bolalarcha yordamga 
muhtojlik keltiruvchi) atrof-muhitga nisbatan dushmanlik hissini tug‘diradi, 
xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash va o‘z-o‘zini 
baholashga nisbatan ichki intilishni vujudga keltiradi. Fromm ham o‘z qarashlarida 
libido masalasiga katta e’tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson 
xulqi jabhalarda ijtimoiy va psixologik omillarning o‘zaro ta’sir o‘tkazish 
jarayonidir. Insonni individualizatsiyalash unda tanholik hissini vujudga keltirishga 
olib keladi, shuningdek, o‘z qadr-qiymatini anglash sari yetaklaydi. Tanholik 
hissiyotidan forig‘ bo‘lishga intilish tuyg‘usi inson motivizatsiyasini va uning xulq 
shakllarini aniqlaydi. Neofreydistlarning ilmiy asarlarida inson xulqiga ta’sir 
qiluvchi intim omillariga va uning motivatsiyasiga muayyan darajada ahamiyat 


298 
berilgan bo‘lsa-da, lekin oqibat natijada xulqning harakatlantiruvchisi sifatida 
anglashilmagan tug‘ma kuchlar asosiy o‘rinda turadi. 
Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivatsiya o‘ziga xos 
talqinga ega bo‘lib, uning mohiyatini eksperimental tarzda o‘rganishga, ochib 
berishga intilish ko‘rsatkichi bilan boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890—
1947) motivlarni eksperimental o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, ularni 
mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va bu borada 
muayyan 
muvaffaqiyatlarga 
erishgan. 
Geshtaltpsixologiya 
maktabining 
namoyandalariga obraz tushunchasi qanchalik o‘ta ahamiyatli bo‘lsa, K.Levinning 
maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb 
etadi. Obraz va motiv o‘zaro aloqasiz hukm surishi ta’kidlanadi, motivatsiyani 
amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi. 
K.Levin xulqni mana bunday izohlashga intiladi, muayyan muvaqqatli 
mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib 
chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma’no 
anglatuvchi ikkita motivatsion o‘zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning 
bittasi tug‘ma, hayvonlar turtkisiga o‘xshash va turmush davomida egallangan, 
faqat insongagina xos bo‘lgan. Geshtaltpsixologlarning asarlarida shunday holatlar 
ham mavjudkim, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy) 
xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport 
konsepsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson 
xulqini o‘zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib 
keluvchi motivlarning omillarini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini 
anglab olish qiyin emas. Bu borada individning javoblari o‘ziga xosligi bilan 
o‘zaro ta’sir o‘tkazish o‘rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o‘rnatish ham 
ikkinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi. 
Rus psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan 
motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning psixologik 
mexanizmlari, uzluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur shart-sharoitlar mohiyati, 
vujudga kelish imkoniyatlari to‘g‘risida juda yuzaki ma’lumotlargina muayyan 


299 
darajada tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati izchil ravishda, 
pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq 
qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko‘lamda o‘rganishga salbiy 
ta’sir ko‘rsatmoqda. Motivlarning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan 
iboratki, ular sabab oqibat, ichki murakkab bog‘lanishlar tuzilishini yuksak 
darajada rivojlangan tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o‘z 
navbatida materiya rivojlanishining oliy mahsuli ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga 
olib keladi. Chunonchi, maqsadga yo‘naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan 
har xil mazmundagi savollar, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlar kishilar 
faoliyatining ongli xususiyati ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar mohiyati tarkibiga 
kiradi. Motivlar tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo‘nalishga qaratish inson shaxsiga 
motivatsion, irodaviy, axloqiy, hissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o‘tkazishning 
omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-
sharoitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab 
chiqarishda axloqiy, ma’naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabhalari hamda radio, 
televidenie va targ‘ibot-tashviqot ta’sirini samarali olib borishi, kasbiy 
tayyorgarlikning ekstremal va stress holatlarning sharoitlari barqarorlashuvi, 
takomillashuvi, yaxshilanuvi, maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi 
shaxs motiv doirasining o‘zgarishiga bog‘liq. Shaxsning motiv doirasi uning 
ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o‘z 
aksini topadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin