O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Yuksak hislar. Praksik hislar, ahloqiy hislar, estetik hislar



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
16.5.Yuksak hislar. Praksik hislar, ahloqiy hislar, estetik hislar, 
intellektual hissiyotlar 
Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma’noda emotsiyalar hissiy 
kechinmalarining o‘ziga xos xususiyatli shakllaridan bittasidir. Emotsiya - u yoki 
bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan 
iboratdir. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga 
keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno 
bildirish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa g‘azabli hissiy kechinma 
hosil bo‘lishi ijobiy, bu salbiy emotsiya deyiladi. Qo‘rqinch, dahshat hissiy 
kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda 
namoyon bo‘lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, 
o‘zini idora qila olmaydi har tomonga uradi, hatto xavf-xatarga o‘zini tashlashi 
ham mumkin. 
Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib 
turishiga qaramay, bunday sifatli hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zidan olingan 
bo‘lib, kuch degan ma’no anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunday emotsiyalar dadil 
xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, ijobiy izlanishlarga kuch-quvvat, qanot 
bag‘ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «yulduzni 
narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi, faollik, tinib 
tinchmaslik uning sifatiga aylanadi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat 
shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ba’zi hollarda 
emotsiyalar o‘zining sustligi, zaifligi, nursizligi bilan tavsiflanadi, bunday hissiy 
holat astenik (yunoncha so‘zidan olingan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini 
bildiradi) deb ataladi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga 
cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi, shu sababdan favqulodda shaxsdagi 
rahmdillik befoyda emotsional kechinmaga, uyalish vijdon azobiga, andisha esa 
qo‘rqoqlikka aylanib qolish xavfi kuchli. 


327 
Har qanday vaziyatda ham emotsional xatti-harakat, faoliyat motivlari 
bo‘lishidan tashqari, ular ba’zida faoliyatni tashkillashtiruvchi, goho uni izdan 
chiqaruvchi omilga ham aylanishi mumkin. Emotsional holatlar yo haddan tashqari 
kuchaysa yoki susaysa, xullas me’yori, maromi izdan chiqsa, u holda shaxs 
faoliyati maqsadga yo‘nalishini yo‘qotadi, buning natijasida obyektlar noto‘g‘ri 
aks ettiriladi, ular xolisona talqin qilinmaydi, baholashda mantiqiy nuqsonlarga 
yo‘l qo‘yiladi. 
Affektlar. Haddan ziyod tez kechirishi bilan miyada paydo bo‘luvchi, shaxsni 
tez qamrab oluvchi, jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi, jarayonlar ustidan 
irodaviy nazoratlarning buzilishiga yetaklovchi (o‘zini o‘zi boshqarishni 
zaiflashtiruvchi), organizm a’zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emotsional 
jarayonlarga affektlar deb ataladi. Affektlar qisqa muddatli bo‘lib, ular 
favquloddagi yong‘inga, yarqiragan portlashga, to‘satdan kelgan do‘lga, to‘fonga, 
kutilmagan silkinishga o‘xshab ketadi. Mabodo emotsiya ruhiy to‘lqinlanish 
deyilsa, unda affekt holatlari turli bosqichlardan tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro o‘rin 
almashib turadi. Ma’lumki, vahimaga, tahlikaga, sarosimaga tushib qolgan, o‘ta 
quvongan, kulgi nashidasi bilan band bo‘lgan, umidsizlik tuzog‘iga ilingan inson 
turli vaziyatlarda borliqni bir tekis aks ettira olmaydi. Chunki u mazkur 
sharoitlarda o‘z kechinmalarini har xil ifodalaydi, o‘zini turli darajada ushlaydi, 
harakatlarini esa turlicha boshqaradi. Bunda oraliq miya va miya katta yarim 
sharlari po‘stlog‘idagi ma’lum markazlarning kuchli qo‘zg‘alishi va boshqa 
markazlarning tormozlanishi me’yordan chiqib ketishi tufayli o‘zaro almashinib 
qoladi. Harakatchanlikning asta-sekin ko‘tarilishidan iborat stenik holat astenik 
holat bilan almashinadi (kuchli holat kuchsiz bilan aralashib ketadi), lekin qayta 
tiklanishga ulgurmaydi. Masalan, jo‘shqin harakatda, ko‘z yaltirashida, yuz 
qizarishida vujudga kelayotgan kuchli jahl ko‘rinishlari ko‘zning xiralanishi, yuz 
oqarishi, rang o‘chishi bilan bog‘liq qattiq g‘azabga aylanishi mumkin. Umidsizlik 
kechinmasida organizmning jo‘shqin reaksiyasi ba’zan hushidan ketib qolish holati 
bilan almashinadi. Ushbu vaziyat lotincha, ya’ni serrayib qolish, karaxt holati deb 
psixologiyada qo‘llaniladi. 


328 
Affekt holati boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarning barchasidan 
uzoqlashib, o‘z hissiyotining oqibati to‘g‘risida ham o‘ylamaydi, hatto tana 
o‘zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo‘ysunmay boradi. Kuchli zo‘riqish 
natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim 
sharlari po‘stini to‘la egallay boshlaydi, qo‘zg‘alish po‘stloqosti nerv 
tugunchalarida, oraliq miyada avj oladi, xolos. Buning natijasida shaxs hissiy 
kechinmasiga(dahshat, g‘azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan 
o‘zida kuchli xohish sezadi. 
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklda o‘tishi 
tajribalarda sinab ko‘rilgan. Jumladan, 1) teatr tomoshabinlarida, 2) tantana 
nashidasini surayotgan olomonlarda, 3) es-hushini yo‘qotgan, telbanoma sevgi 
afsonalarida, 4) ilmiy kashfiyot lahzasida, 5) tasodifiy qizg‘in uchrashuvlarda 
jo‘shqin shodliklar mujassamlashadi. 
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o‘zini 
tutushini, o‘zini qo‘lga olishni uddalash qurbiga ega bo‘ladi. Ularning keyingi 
bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi, 
yo‘lanmasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar mas’uliyatsizlik, axloqsizlik, 
mastlik alomatida sodir bo‘ladi, lekin shaxs har bir xatti-harakati uchun 
javobgardir, chunki u aql-zakovatli insondir. Affektlar o‘tib bo‘lganidan keyin 
shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda 
holsizlanish, jamiki narsaga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollik barham 
topishi, hatto uyquga moyillik yuzaga keladi. Shu bilan birga affektiv shok 
(fransuzcha, zarba degan ma’no anglatadi) holati ham sodir bo‘ladi, buning 
oqibatida organizmning ichki a’zolari funksiyasi buziladi, hatto yurak xuruji 
(infarkt lotincha - «xavf to‘ldirg‘ich», miokard yunoncha tuz - tomir, yurak degan 
ma’no bildiradi) yuzaga keladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo‘zg‘alish 
muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o‘qtin-o‘qtin kuchayishi yoki susayishi 
(pasayishi) sodir bo‘lib turishi mumkin. 
Stress inglizcha so‘zidan olingan bo‘lib, jiddiylik, keskinlik, zo‘riqish degan 
ma’no anglatadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli 


329 
vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, 
tibbiyot fanlarida keng qo‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress - og‘ir jismoniy 
va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar 
tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga 
keladigan hissiy zo‘riqishlar. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini 
biron-bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo 
bo‘lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat 
uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha - ishlab chiqarishni 
muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, 
ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi. 
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. 
Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (adaptasion 
sindrom yunoncha - belgi, alomat, ko‘rinish moslashuvi demakdir) masalasiga, 
uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. 
Shuningdek, ekstremal (lotincha - favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini 
anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o‘ziga xosligi, 
faoliyatni qayta tashkil qilishgacha (lotincha-tashkilot, tuzilma ma’nosini bildiradi) 
olib borishi, shunga o‘xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz 
yunoncha - bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari G. Sele tomonidan 
o‘rganilgan. 
Tadqiqotchi U.Kennonning gomeostazis (yunoncha o‘xshashlik ma’nosini 
bildiradi) haqidagi ta’limotida stress holati har tomonlama o‘rganilgan. Ushbu 
terminni u psixologiyaga 1929 yilda olib kirgan. Gomeostazis mexanizmda 
moslashish xususiyatlari yaqqol o‘z ifodasini topadi. Uning mulohazasicha, 
faoliyat shakllarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida nerv sistemasi va miya 
funksiyasini oqilona ta’minlab turishda hamda saqlashda gomeostazis muhim rol 
o‘ynaydi. 
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgaradi, unda 
qo‘zg’alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning harakatlari tartibsiz 
ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib 


330 
keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila 
boshlaydi. Lekin stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomonidan qariyb 
ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni 
taqsimlashdagi sarosimalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo‘ladi. 
Shaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, 
ong faoliyati yengil tormozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqalar. 
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, 
shakllangan malakasi muhim rol o‘ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning 
oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Undagi yuksak his-tuyg‘ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, 
sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat 
qiladi. 
Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan 
vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning 
hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, 
zerikishlik, qayg‘urishlik singari his-tuyg‘ular uning ruhiy holatini umumiy 
tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga 
kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Inson 
xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, u holda tengdoshlarining haziliga, 
keksalarning o‘git-nasihatlariga, maslahatlariga quvnoq kayfiyat chog‘dagiga 
nisbatan mazmun, sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. Shuning 
uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy, real guruhlarida 
ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, 
samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat 
samaradorligini oshirishning kafolatidir. 
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizida vujudga 
keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri shaxslarning 
ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotib umumiy nuqtai nazarlari, hayotning turli 
jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chunonchi mehnat muvaffaqiyati va ta’lim 
yutug‘i, rahbar va xodim, o‘qituvchi va saboq oluvchi o‘rtasidagi munosabatlari, 


331 
oiladagi shaxslararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo‘lgan 
turmushdagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari va 
ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil qilishlik yoki qanoat hosil qilmaslik 
kayfiyatning manbalari bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib, 
noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga 
kelganligidan halovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar 
namoyon bo‘lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda 
xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o‘tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalarni 
qo‘llash, kayfiyatini buzib turgan omillarni batamom bartaraf etish maqsadga 
muvofiq. 
Inson kayfiyatining paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ikkita 
omilni tahlillash mutlaqo shart. Ulardan bittasi obyektiv va subyektiv xususiyatli 
vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluqli bo‘lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki 
issiqligi, bioritmika o‘zgarishi), b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va 
boshqalar. Ikkinchi bir manba sifatidagi talqin qilish mumkin - bu obyekt va 
subyektiv shart-sharoitlardir. Masalan, mehnat va o‘qish faoliyatiga kerakli 
vositalarning mavjudligi (ish dastgohi, mehnat quroli, yorug‘lik, auditoriya, 
partalar va boshqalar). Ikkinchidan, subyektiv munosabatlar: ilk psixologik muhit, 
muloqotmandlik maromi, rag‘batlantirish, muloqot o‘rnatish uslubi, shaxsiyatga 
tegmaslik, teng huquqlilik, hamkorlik, demokratiya printsiplariga rioya qilishlik, 
o‘zaro tushunish, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokazo. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin