O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Nazorat savollar: 
1.
Iroda qanday bosqichlarda yuz beradi? 
2.
Iroda sifatlariga nimalar kiradi? 
3.
Irodaviy harakatlar haqida tushuncha bering?
4.
Iroda borasidagi psixologik nazariyalar sanang?
5.
Irodaviy harakatlarning fiziologik motivatsion asoslarini izohlang?
6.
Irodaviy harakat tuzilishi va rivojlanishini tushuntirib bering? 
 


367 
18-MAVZU. TEMPERAMENT 
 
Tayanch tishunchalar:
xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik, shaxs 
tiplari, shaxs yo’nalishi, senzitivlik,
individual xususiyatlar,
reaktivlik,
impulsivlik, 
18.1.Temperament haqida tushuncha. Temperamentning rivojlanish
tarixi, temperament tipi 
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri 
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda 
hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi 
taassurotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, 
xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy 
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turishi 
evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, 
uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi 
alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta’sir 
kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik 
ko‘rsatadilar. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat 
temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg‘ularga ham bevosita 
bog‘liqdir. Misol uchun, inson o‘zi temperamentning qaysi turiga taalluqli 
bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat’iy, 
qiziquvchan bo‘lsa, uni tashkillashtirishda va nazardan qolishda uyushqoqlik, 
harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatni bildirsa, ish 
sur’ati sekin va sust kechadi. Har qanday vaziyatga qaramasdan, shaxsning 
qarindosh urug‘lari to‘g‘risidagi, shuningdek, jahonda kechayotgan noxush 
xabarlar uning a’zoyi badanini larzaga keltiradi, labi quriydi, rangi bo‘zaradi, atrof-
muhitga nisbatan mo‘ljalini yo‘qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli 
individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy 
kechinmalarning dinamik xususiyatlari o‘rtasida muayyan darajada tafovut 


368 
mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish 
maqsadida qo‘shimcha belgilar kiritiladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. 
Ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. 
1. Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, individual 
xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv tizimi xususiyatlarining o‘zaro 
qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi: a) 
kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, 
muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin