O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 
 


373 
18.4.Nerv sistsmasi tiplarining kelib chiqishi. Temperament 
xususiyatlari 
Temperament tipologiyasi, mabodo insonlar temperamentlari bo‘yicha 
qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o‘zaro o‘xshash shaxslarning 
guruhi mavjudligi namoyon bo‘ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham 
temperament tiplari to‘g‘risida materiallar to‘plangan. Ularda temperament tipi 
deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning 
yig‘indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, 
ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi 
emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi 
tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda 
o‘zaro bog‘liqligi turlicha aks etishi mumkin. 
Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko‘rinishiga qarab 
o‘lchash mumkin. Shaxsning shiddatlilik (tezlik, impulsivlik) darajasini ikkita 
harakatdan bittasini tanlanmaydigan harakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida 
qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo‘sinda temperamentning 
bir nechta xususiyatlari o‘lchansa, u holda uning bir xususiyati qancha ko‘p 
miqdorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko‘p yoki, 
aksincha oz aks etishi kuzatiladi. 
Har qaysi tip uchun o‘ziga xos xususiyatlarining o‘zaro aloqasi, har bir 
alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari bilan 
bog‘liqligi ham aks etadi. Masalan, o‘zini tuta bilmaslik yoki o‘zini tuta bilish 
temperamentning bitta tipi uchun: a) ehtirosli shiddat, b) jazava va jazavadagi 
muvozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o‘zini tuta bilish - emotsional-irodaviy bir 
me’yor bo‘lsa, boshqa uchun u ulug‘vorlik va vazminlik namunasidir. 
Temperament tiplarini psixik xususiyatlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlar 
tarzida tushunish Gippokrat tomonidan talqin qilingan temperament to‘g‘risida 
tushuncha ma’nosiga mos tushadi. Lekin u ushbu tushunchani yunoncha so‘zi 
bilan belgilagan va u lotinchaga mos bo‘lib, nisbatan, munosabat degan ma’noni 
anglatadi. Nerv tizimining umumiy tiplari bilan fiziologik jihatdan temperament 


374 
tiplari I.P.Pavlovdan keyin Gippokrat tiplari, ya’ni sangvinik, xolerik, flegmatik, 
melanxolik deb atala boshlangan. Lekin bu tushunchalar hozirgi zamon psixologik 
ma’lumotlar munosabati bilan yangicha mazmun va mohiyat kasb etgan. Shu 
boisdan asab tizimining to‘rtta tipi temperamentning to‘rtta tipiga bog‘liq deb 
e’tirof etishimizga haqqimiz yo‘q, chunki ular gippokratcha tiplarning ayrimlari, 
xolos. Shuning uchun yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta 
tahlil qilishni taqozo etadi.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar 
yordami bilan aniqlanishi mumkin: 
Senzitivlik (lotincha - sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Senzitivlik 
yuzasidan insonda bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta 
kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning 
paydo bo‘lishi uchun qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), 
ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob 
beruvchi) mujassamlashadi. 
Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki 
taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga qarab 
munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi - emotsionallik, 
ta’sirlanuvchanlik ifodalanishidir. 
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir 
etishi va maqsadlarni amalga oshirishda obyektiv hamda subyektiv qarama-
qarshiliklarni faollik bilan yengishiga qarab fikr yuritiladi. 
Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p 
jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki 
sharoitlarda (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu 
niyatlarga, xohish-intilishlarga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi. 
Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning 
kechishi tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq sur’atiga, farosatlilikka, aql 
tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi. 


375 
Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik). 
Shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va chaqqonlik 
bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-
harakatlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi - qotib qolganligi)ga nisbatan baho 
berishdan iboratdir. 
Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaksiya ko‘p 
jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga 
(ekstravertirovanlik) yoki, aksincha, timsollarga, tasavvurlarga, o‘tish hamda 
kelajak bilan uyg‘unlashgan mulohazalarga (introvertirovanlik) taalluqligiga 
asoslangan holda munosabat ifodasidir. Ruhiy faoliyatning umumiy xususiyatlari 
bilan bir qatorda shaxsiy-psixologik xususiyatlar ham borki ehtiyojlar qizishlar 
temperament xarakter motivlar shularga kiradi. 
Demak, temperament inson shaxsining individual psixologik xususiyatlaridan 
biridir. Temperament deb shaxsining emotsional qo’zgaluvchanligi va umumiy 
harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlari yig’indisiga aytiladi. 
Boshqacha qilib aytganda temperament deb markaziy nerv sistemasining odam 
reaksiyalari umumiy xususiyatlarini belgilab beruvchi tug’ma biologik xossalariga 
aytiladi. Mana shu xususiyat umr bo’yi kam o’zgaradi lekin har qalay ijtimoiy 
muhitda rivojlanib boradi. I.P.Pavlov nerv jarayonlarining xossalariga qarab oliy 
nerv faoliyatining Gippokrat aytib ketgan temperamentlar (sangvinik, xolerik, 
flegmatik, melanxolik)ga mos keluvchi asosiy tiplarini ajratdi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin