O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. I.P.Pavlovning



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

18.3.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. I.P.Pavlovning 
temperament shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini 
keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liqligi haqidagi ta’limoti 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, I.P.Pavlov ta’limotida temperamentning 
psixologik ta’siri asab tizimining barcha xususiyatlari bilan aloqadorligi yoki uning 
tipiga tegishli ekanligi tushuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u yoki bu 
xususiyati asab tizimining birorta xislati bilan emas, balki xususiyatlarning 
turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta’sirida asab tizimi xususiyatlarining 
miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari ham sifat o‘zgarishini 
yasaydi. 
Yigirmanchi asrning 60-70 yillarida ushbu soha bo‘yicha olib borilgan 
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, temperamentning psixologik tavsifi bilan 
I.P.Pavlovning tiplari o‘rtasida aloqa hukm surishiga hech qanday shak-shubha 
yo‘qdir. Temperamentga taalluqli asab tizimining tiplari ham insonga, ham 
hayvonlarga tegishli bo‘lib, ular umumiy tiplar deb nomlanadi. Binobarin, 
temperamentning fiziologik asosi - bu asab tizimining umumiy tiplaridir. Biroq, 
I.P.Pavlovning tiplari - bu nerv tizimi xususiyatlarining tanho tipik birikmasi 
emasdir, chunki keyinchalik bu borada yangi birikmalar topildi. Lekin ajratilgan 
tiplarning barchasi bir tekis ahamiyatga molik emasligi tufayli ularning eng 
asosiylari kuchli va kuchsiz tiplardan tashkil topadi. 
Nerv tizimining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza 
yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta’limotini eslash maqsadga muvofiq, 
chunonchi, irsiyat yo‘li bilan shartlangan tip - bu genotip demakdir. Hozirgi davrda 
asab tizimining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog‘liq ekanligi haqidagi 
ma’lumotlar, omillar juda ko‘p bo‘lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni 
o‘rganishda topilgandir. Masalan, asab tizimining kuchi, epchilligi hayvonlarni 


371 
chatishtirish yo‘li bilan yuzaga keltirilgan, lekin barcha xususiyatlar to‘g‘risida 
bunday dadil fikrlarni bildirish mumkin emas. 
Xorijiy psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, temperament asab tizimi 
umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki: a) tashqi ko‘rsatkichi 
badanning jismoniy tuzilishiga, b) uning ba’zi qismlari o‘rtasidagi aloqaga, v) 
organizm turli tarkiblarining munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy 
tuzilmasiga bog‘liqdir, degan nazariya jahon psixologiyasida ustuvor o‘rin 
egallagandir.
Bu nazariyaning asoschilari E. Krechmer (nemis psixologi) va U.Sheldon 
(amerika psixologi)lar hisoblanib, ularning talqinicha, tana tuzilishi ham, 
temperament xususiyatlari ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o‘zaro 
munosabatlarning nasliy belgilariga bog‘liqdir. Ularning fikricha, tana tuzilishi 
bilan temperament xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik mavjuddir. U. 
Sheldonning mulohaza bildirishicha, semiz, qorin bo‘shlig‘i takomillashgan inson 
shodlikka, muloqotmandlikka, to‘yib ovqatlanishga moyil (visseraton) xususiyatga 
egadir. Shuningdek, skelet muskullari taraqqiy etgan shaxslar g‘ayratli, faol 
(somaton) xislatlidir. Shu bilan birga asab tizimi, bosh miyasi o‘rta rivojlangan 
insonlar o‘ta sezgir, sertashvish, xayolotga beriluvchan bo‘ladilar, ya’ni serebroton 
xususiyatlidirlar. 
Mulohaza yuritilgan muammo muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, chunki 
ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi ham tashqi sharoitlarga, ham faoliyat 
talablariga to‘la-to‘kis moslasha olmaydi, binobarin u asab tizimiga bir oz 
muvofiqlashuvi mumkin, xolos. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda Krechmer 
bilan Sheldon talqiniga yondashilsa, u holda shaxs temperamentining xususiyatlari 
tashqi ijtimoiy sharoitlarga, faoliyat talablariga muvofiqlashuv ehtimoli mavjud. 
Mualliflar e’tiroficha, turli temperamentli shaxslarga ijtimoiy zaruriyat tufayli 
bir xil talablar qo‘yilsa, u holda insonning temperamenti imkoniyatlari bilan 
jamiyat talablari o‘rtasida murakkab ziddiyatlar, nizoli vaziyatlar vujudga kelishi 
mumkin emish. 


372 
Shuni ta’kidlash joizki, Krechmer bilan Sheldonning temperament 
to‘g‘risidagi nazariyasi bir muncha bahslidir, chunki temperamentning asab tizimi 
umumiy 
tipining 
xususiyatlariga 
bog‘liqligini aks ettiruvchi omillarni 
tushuntirishga zaiflik qiladi. Shuningdek, mazkur ta’limot temperamentning kelib 
chiqishini tushuntirishga biryoqlama orttirma baho beradi. Shuni unutmaslik 
kerakki, organizmning umumiy tuzilishi darhaqiqat asab tizimining tipiga va 
temperamentga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishi mumkin. Chunki asab 
tizimining xususiyatlari modda almashish ichki sekretsiya bezlari faoliyatining 
individual xususiyatlariga muvofiqdir. Demak, temperamentning vujudga kelishida 
organizmning umumiy tuzilishi emas, balki asab tizimining genotipi yoki umumiy 
tipi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shunga qaramay temperamentning fiziologik asosi asab tizimining umumiy 
tipidan iborat bo‘lsa-da, lekin uning psixologik tavsifini tahlil qilish uchun asab 
tizimining xususiyatlarini bilish hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Misol 
uchun, g‘ayratlilik, barqaror kayfiyat, yuqori faollik, harakat tezligi qo‘zg‘alish 
kuchiga bog‘liqdir, lekin unga har xil psixik xususiyatlar ham taalluqlidir (sezgi 
xususiyatlari, xayol obrazlari yorqinligi va hokazo).
Temperamentning muayyan xususiyati asab tizimi umumiy tipining birorta 
xususiyatiga aloqador bo‘lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog‘liqdir. 
Psixologiyada biror tobe o‘zgaruvchi bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilarga 
aloqador bo‘lsa yoki tanho (yolg‘iz) mustaqil o‘zgaruvchi bir turkum tobe 
o‘zgaruvchiga bog‘liqligi o‘rnatilsa, bunday tobelik ko‘pyoqlama tobelik deyiladi. 
Xuddi shu bois, temperamentning psixologik xususiyatlari asab tizimi 
umumiy tipining fiziologik xususiyatlariga ko‘pyoqlama tobedir. Nerv tizimi 
umumiy tipi xususiyatlarining fiziologik tadqiqotlari temperament paydo bo‘lishi 
qonuniyatlarini tushunishga kamlik qiladi, shuning uchun bu sohada fiziologik 
izlanish o‘tkazish uning psixologik mohiyatini tekshirishni taqozo etadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin