O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Nаzоrаt sаvоllаri: 
1.
Xarakterning nerv-fiziologik asoslari aytib bering?
2.
Xarakter tipologiyasi izohlang? 
3.
Xarakter aksentuatsiyasi nima? 
4.
Xarakter tarkibiga nimalar kiradi?
5.
Xarakterning shakllanishi, xarakter tuzilishi va xususiyatlari sanang? 
6.
Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikiing roli?


392 
20 -MAVZU. QOBILIYAT 
 
Tayanch tushunchalar:
qobiliyat, layoqat, mahorat, talant, iste’dod, 
pedagogik qobiliyat, kommunikativ qobiliyat, didaktik qobiliyat, avtoritar 
qobiliyat, perseptiv qobiliyat.
 
 
20.1. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi 
Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga 
aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga 
muvofiq: a) qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlari ekanligi; b) mazkur 
xususiyatlarga bilim, ko‘nikma, malaka orttirish bog‘liq; v) ushbu xususiyatlarning 
o‘zi bilim, ko‘nikma va malakalarga taalluqli emasdir. Yuqoridagi voqeliklarning 
tahlilidan kelib chiqilganida, tovarga berilgan baho, tanlovlardagi muvaffaqiyatli 
yoki muvaffaqiyatsiz ishtirok etishga asoslanib, shaxslarning qobiliyatlari 
yuzasidan qat’iy qarorga kelinishi mumkin edi.
Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy ta’lim jarayonida o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichi bo‘yicha «o‘rtamiyona» talaba keyinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, 
boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga 
yondosh ixtisoslikda o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Ta’lim va ijtimoiy turmushda 
uquvsiz, «yaroqsiz» deb baholangan insonlar keyinchalik biron-bir sohaning 
yetakchi mutaxassisi sifatida elga tanilishi, yuqori lavozim egallashi, tadbirkor 
shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko‘p uchraydi. Shuning uchun bilim, 
ko‘nikma va malakalarni egallash (o‘zlashtirish) jarayonida qobiliyatlar namoyon 
bo‘lsa-da, lekin ular bilim, ko‘nikma, malakalarga bevosita taalluqli emasdir. 
Xuddi shu boisdan, ular bir-biri bilan o‘zaro munosabat va nisbatan nuqtai 
nazardan tahlil qilinganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobiliyatlar bilan 
ko‘nikmalar mohiyat, mazmun, ma’no jihatidan bir-biridan tafovut qiladi. Ushbu 
psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, bilim ko‘nikma, malaka 
mashqlanish tufayli egallaniladigan aniq voqelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar 
shaxsning ruhiy olamidagi hali ro‘yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masalan, 
talabaning o‘qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamolot uchun imkoniyat 


393 
tarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, obyektiv va subyektiv muhit, salomatligi 
va boshqalar), shaxsning qobiliyatlari kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallash uchun imkoniyat tariqasida namoyon bo‘ladi.
Kasbiy bilim va ko‘nikmalar egallandimi yoki yo‘qmi, imkoniyat ro‘yobga 
chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi - bularning barchasi 
ko‘pgina omillarga va sharoitlarga bog‘liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar 
(oila, maktab, mehnat jamoasi a’zolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim 
hamda ko‘nikmalarni egallashga manfaatdorligi, o‘qish, o‘rgatishga munosabati, 
ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisbatan mas’uliyat his qilish kabilarning 
barchasi - imkoniyatning ro‘yobga chiqarish, uning voqelikka aylantirishning 
kafolatidir. Psixologiyaning metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar - 
imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatidagi zaruriy 
mahorat darajasi haqiqat hisoblanadi. Insonda namoyon bo‘layotgan tasviriy san’at 
qobiliyati uning rassom sifatida shakllanishiga kafolat bera olmaydi. Rassomlikni 
egallashi uchun maxsus ta’lim berilishi, tabiatga o‘zgacha munosabati, idrok qilish 
xayoloti, shaxsiy fazilati, salomatligi, matolar, mo‘yqalamlar, bo‘yoqlar, moslama 
asboblar va boshqalar muhayyo bo‘lishi lozim. Ta’kidlab o‘tilgan vositalar, shart-
sharoitlarsiz tasviriy san’at qobiliyatlari taraqqiy etmay turiboq, ilk ko‘rinishidayoq 
so‘na borishi mumkin. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot pallasida bunday hodisalar son-
sanoqsiz bo‘lib o‘tganligi hech kimga sir emas, albatta. 
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish 
bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, 
ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda 
ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi 
amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm solishga 
hali o‘rganmagan bo‘lsa, mabodo u tasviriy faoliyatning malakalarini uddalay 
olmasa, uning tasviriy san’atga nisbatan qobiliyatlari yuzasidan mulohaza 
yuritishga o‘rin ham yo‘q. Bularning barchasi bo‘lg‘usi rassomning ish uslubi, 
usullari, rangga munosabatlarini qanchalik tez va oson o‘zlashtirishida hamda 
borliqdagi go‘zallikni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi. Talabada 


394 
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi, ularning barqarorligi, shakllangan 
shaxsiy ish uslublari mavjud emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, tashxis 
qilmasdan turib, shoshilinch tarzda unda qobiliyatlar yo‘q degan xulosa chiqarish 
oliy maktab o‘qituvchisining qo‘pol psixologik nuqsoni hisoblanadi. Bolalik 
davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan 
olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib 
shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda 
mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay 
Lobachevskiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida 
genial olim bo‘lib voyaga yetishishi dalolatnomasi yo‘q edi. 
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni 
egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, qobiliyatlar 
mulohaza yuritish imkonini beradi. 
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti 
hisoblangan, bilim ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga 
chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyati 
qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillarni tahlil 
qilish maqsadga muvofiq; a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan 
vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga 
nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob 
bera olmasa - psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). 
Lekin bunday xususiyatli shaxs ko‘nikma va malakalarni egallay olmaydi degan 
ma’no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho‘zilib ketadi, xolos. 
Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan 
birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyatlariga, xarakter fazilatlariga, 
hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas; b) 
shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan bir qatorga 
qo‘yish, ularni ayniylashtirish ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash 
joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig‘indisi faoliyat 


395 
talablariga javob bera olsa yoki ularni ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning 
mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘iladi.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin