O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Shaxslararo munosabatlarda shaxs xarakter xususiyatlarining



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
19.5.Shaxslararo munosabatlarda shaxs xarakter xususiyatlarining 
shakllanishi va rivojlanishi. Oilaviy munosabatlarda shaxs xarakter 
xususiyatlarining o‘rni 
Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasida vaziyat 
(situatsiya) yetakchi rol o‘ynaydi va regulyatorlik funksiyasini bajaradi. Bizning 
fikrimizcha, vaziyat goho qo‘sh stimul, juft determinator, qo‘shmexanizm sifatida 
uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo‘lishdan qat’i nazar) vujudga kelib 
turishini ta’minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli 
(tasodifiy), kauzual (sababiy) kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularning har qaysisi 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘zaro muayyan darajada ajralib turadi. 
Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta’siri, natijasi mohiyatidan 
kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiqliklari, mo’jizalari, dahshatli kuchlari 


390 
shaklida namoyon bo‘lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. 
Individning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati 
xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur obyektiv va subyektiv qulay 
sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o‘zining mohiyati bilan rasmiy 
yoki norasmiy guruhlar, maxsus mutaxassislar tomonidan uyushtirilishi ham 
mumkin (harbiy mashqlar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob 
reaksiyasi (goho aksiya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning 
xarakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favquloddagi vaziyatlar qatoriga 
psixoterapevtik ta’sir o‘tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish 
oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta’sir o‘tkazish hamda ta’sirga berilish (diada, 
triada, poliada) natijasida o‘ta ishonch bildirish tufayli ta’sir doirasiga kirib qolish 
milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi. 
Subyektiv maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan sun’iy vaziyatlar ham 
xarakterologik xislatlarni sinashda muhim obyekt sifatida xizmat qiladi (masalan, 
shijoat, ehtiros, stress, affekt). 
Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alohida ahamiyat 
kasb etib, unda ishonch, qat’iyatlik, barqarorlik, mustaqillik, ta’sirga 
beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvorligi hamda barqarorligi haqida 
ma’lumot olishga zamin hozirlaydi. 
Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri - bu tolerantlikning 
vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixofiziologik mexanizmlardan iboratdir. 
Bizning ta’birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan, ikki qutbga 
taalluqli bo‘lib, biri tasodifiy, yondosh qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida yuzaga kelib, 
tolerantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo‘zg‘ovchilar «reaksiyalar» 
(«aksiyalar») orqali ifodalanib, ko‘proq subyektiv omillar mahsuli hisoblanadi, 
armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy 
hodisalarni vujudga keltiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka 
undovchi uzluksiz xatti-harakatlar qo‘shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga 
kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakatlantiruvchi mexanizm rolini 
bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g‘alayon, tug‘ilayotgan 


391 
fikrlarning «jangi», ularning o‘zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi 
hal qiluvchi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizidan kelib 
chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni 
vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada 
ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir 
tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg‘ularining kuchayishiga olib 
keladi. Ikkinchi tomondan esa g‘ayrilik illati individni (shaxsni) faollik sari 
yetaklaydi. 
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyektiv va 
subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psixologik mexanizm 
negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatma 
(ustanovka) odatlaridan farqli o‘laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina 
bo‘lib qolmay, balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham 
tayyor turishlikdir. 
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharoitlarda) yorqin namoyon 
bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda, 
xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli 
vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq, binobarin, inson 
sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. 
Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-
harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni 
boshqarishga odatlanadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin