O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Xarakter tipologiyasi. Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
19.2.Xarakter tipologiyasi. Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi 
xarakter xislatlarining to‘rtta tizimga ajratish 
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri - 
xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi 
o‘rtasidagi o‘xshashlik bo‘yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma’lumki, 
I.P.Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e’tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida 
ovqatlanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta’sir qilish tufayli 
mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo‘zg‘ovchiga javoban ikki xil 
dinamik stereotiplar hosil bo‘lishi mumkin. Harakat stereotiplar va so‘lak 
ajratishdan iborat ijobiy va tomozlanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. 
Teriga elektr toki bilan ta’sir qilish sharoitida esa qo‘zg‘ovchilarning o‘ziga 
mudofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar 
negizida yotgan fiziologik mexanizm ko‘chirish mexanizmi deyiladi. Ko‘chirish 
mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog‘liq tarzda markaziy asab tizimida 
har xil funksional holat paydo bo‘ladi, chunonchi, ovqatlanishda ovqatlanishning 
markazlarida kuchli qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bunday ovqatlanish bilan bog‘liq 


382 
dominanta tug‘iladi. Teriga elektr toki bilan ta’sir qilishda mudofaa bilan bog‘liq 
harakat markazlari kuchli qo‘zg‘alishi tufayli muhofaza (mudofaa) dominantasi 
vujudga keladi. 
Hayvonlardagi mazkur hodisalarning shaxs xarakterining xislatlari namoyon 
bo‘lishi bilan o‘xshashligi mavjud: 1) ular hayvonlar va odamlar uchun stereotip 
xususiyatga ega; 2) sharoitga bog‘liq holda odamlarda va hayvonlarda bir 
qo‘zg‘ovchiga javoban xilma-xil stereotip xususiyatli reaksiyalar tizimi vujudga 
keladi; 3) funksional holatlar har ikkalasida ham barqaror va doimiy xususiyat kasb 
etadi. Funksional holatlar hosil bo‘lishining tashqi omillariga asoslanib; xarakter 
xislatlari shakllantirishning fiziologik sharoitlaridan biri ko‘chish mexanizmi 
asosida dinamik stereotiplarning vujudga kelishidir. 
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog‘liq asab tizimining shartli 
reflektor funksional holati shaxsning sharoitga nisbatan turlicha munosabatiga 
bog‘liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchi munosabati o‘zgartirilsa, 
unda nerv jarayonlarining qo‘zg‘aluvchanligi, harakatchanligi, to‘xtalishi 
kuchayadi, demak asab tizimining funksional holati o‘zgaradi. Shunday qilib, 
xarakter xislatlarining asosi ko‘chish mexanizmi insonlarda hayvonlarnikidan 
keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi bilan asab tizimi qiyoslansa, u holda 
birinchisining ro‘yobga chiqishi o‘zgacha fiziologik sharoitga asoslanishini ko‘rish 
mumkin. Rus psixologiyasida ta’kidlanishicha, asab tizimi umumiy tipining zid 
xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi. B.M.Teplov, 
V.S.Merlin, Y.A.Klimovlarning tadqiqotlarida, o‘qish, sport va mehnat 
faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari aniqlangan. Xuddi shu bois 
xarakter xislatlari paydo bo‘lishning o‘zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi 
umumiy tipining xususiyatlari hisoblanadi. Ma’lumki, asab tizimining umumiy tipi 
- bu temperamentning fiziologik asosi hamdir. Shuning uchun temperament tipi 
xarakterning individual o‘ziga xos xislatlarining ro‘yobga chiqishidagi muhim 
psixologik sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi. I.P.Pavlov tajribasining 


383 
ko‘rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta’sir hukm surganda asab tizimi umumiy 
tipining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik 
vujudga keltirishi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin. 
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan 
iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib 
topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo‘lishlik notanishlarni 
tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi 
ma’lum bo‘lsa, uning dili (ko‘ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin yoki 
inson kamtar, mo‘min, yuvosh xususiyatli bo‘lsa, albatta u ko‘ngilchan ekanligi 
ko‘nglimizga keladi. 
Odatda, psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomo-komplekslar 
(omillar) deyiladi. «Simptom» yunoncha -belgi, mos tushish, «kompleks» lotincha, 
aloqa, 
majmua 
degan 
ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi 
simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim 
o‘ziga ishonish, o‘zi-dan mag‘rurlanish, maqtanchoqlik, o‘zbilarmonlik, 
urishqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi 
shaxslar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, 
haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati 
xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini bildiradi. 
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga 
ajratish qonuniy holatga aylangan: 
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi 
xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar. 
Mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: 
mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar. 
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, 
ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo. 
Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzat-
nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, 
samimiylik va boshqalar. 


384 
Shartli ravishda qabul qilingan «shaxs va atrof-muhitdagi insonlar» 
simptomokompleksi tarkibiga nafaqat boshqa shaxslarga nisbatan munosabatlar, 
balki o‘ziga qaratilgan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xislatlar ham kiradi, 
chunonchi, o‘ziga ishonch, o‘zbilarmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik 
yoki aksincha, xususiyatlar shular jumlasidandir. Shunday qilib, ««shaxs va atrof-
muhitdagi insonlar» degan shartli nom berilgan xislatlar tizimi o‘zga kishilarga, 
jamoa (guruh) a’zolariga va o‘ziga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi 
xususiyatlarni birlashtiradi. Turlicha munosabatlar o‘zaro bir-biriga bog‘langan 
tarzda muayyan tizimni tashkil qiladi, natijada «Men-Biz» munosabati o‘zaro o‘rin 
almashtirib turadi, ya’ni o’ziga qaratilgan munosabat guruhiy xususiyat kasb etadi. 
Shuning uchun shaxsning turlicha munosabatlari o‘zaro bog‘liqligi uning 
xarakteri tuzilishi xususiyatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Umumiy va xususiy 
munosabatlar xarakter xislatlari bilan birlashgan holda muayyan ahamiyat kasb 
etadi. Xuddi shu boisdan insonning xarakteri nisbatan butun, yaxlit xususiyatga 
ega. Shaxs munosabatlarining kelib chiqishiga asoslanib, ular markaziy (asosiy) va 
ularga tobe, hosilaviy munosabatlarga ajratiladi. Shaxsning markaziy (asosiy) 
munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanganligi tufayli bunday 
munosabatlar hamisha ijtimoiy-tipik xususiyatga egadir. Masalan, ijobiy xislatlar 
mujassamlashgan shaxsning asosiy munosabatlari o‘zga odamlarga, jamoa 
(guruh)ga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. Shunday qilib, xarakter 
xislatlarining individual o‘ziga xosligi, betakrorligiga qaramay, uning tuzilishi 
negizida hamma vaqt shaxsning ijtimoiy-tipik markaziy (asosiy) munosabatlari 
yotadi. 
Xarakterning tuzilishi qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda muhim tarbiyaviy 
xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining ba’zi nuqsonlarini (qo‘pollik 
va yolg‘onchilikni) bartaraf qilish, uning ijobiy xususiyatlarini (xushfe’llik va 
haqqoniylikni) shakllantirish muddaosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Chunki insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirmay turib, 
illatga qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz. Shu narsa ma’lumki, 
shaxsda o‘zaro bir-biriga bog‘liq xususiyatlarning yaxlit bir tizimini qaror toptirish 


385 
mumkin, xolos. Mazkur jarayonda xususiyatlar tizimini shakllantirishning muhim 
shartlaridan biri - bu shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib 
toptirishdan iboratdir. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin