O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Qobiliyat va kasb tanlash. Ta’lim jarayonida iqtidorli va qobiliyatli



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

20.5.Qobiliyat va kasb tanlash. Ta’lim jarayonida iqtidorli va qobiliyatli 
o‘quvchilarni aniqlash hamda ular bilan ishlash muammolari 
Rus psixologi A.G.Kovalev o‘z tadqiqotlarida qobiliyatning tabiati va tashxis 
qilish yo‘llarini tekshirishga muvaffaq bo‘lgan. Muallifning ta’rificha, qobiliyat 
deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki inson shaxsining faoliyat 
talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni 
ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish kerak. Uning 
ta’kidlashicha, qobiliyatnyng tuzilishida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va 
nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma 
qobiliyatlar uchun asosiy, tayanch xususiyati kuzatuvchanlik - ko‘ra bilish 
ko‘nikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A.G.Kovalev 
yordamchi xususiyatlar qatoriga xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda 
o‘ziga xos ko‘nikishga ega), emotsionallik, ya’ni his-tuyg‘uga beriluvchanlik (bu 
xususiyat shaxsning faolligini oshiradi)ni kiritadi. 
Muallif ta’kidlashicha, ilmiy mavhumlash qobiliyatning ikki darajasini farlash 
imkonini beradi: reproduktiv aks ettirish darajasi. O‘z qobiliyati rivojlanishining 
birinchi darajasida turgan shaxs bilimlarni juda mohirlik bilan o‘zlashtiradi, 
faoliyatni o‘rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi 
darajada turgan inson esa yangilik yaratishga qodir bo‘ladi. Psixologiya fanida 
qobiliyat to‘g‘risida gap ketganda uchta o‘ziga xos konsepsiya mavjudligi 
ta’kidlanadi. A.G.Kovalev asarida bayon qilinishicha, ulardan biri qobiliyat 
shaxsning biologik jihatidan determinlashgan, ya’ni biologik jihatdan bog‘langan 
xususiyatlaridir, qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi esa tamomila irsiy 
fondga bog‘liq, deb tushuntiriladi. XIX asrda F. Galton, XX asrda Kotslar talant 
irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillarigina boy irsiy merosga ega 
bo‘ladilar, degan xulosaga keladilar. 


407 
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari, qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning 
ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb uqtiradi. Masalan, Gelvesiy o‘z davrida, tarbiya 
yordamida geniy yaratsa bo‘ladi, degan edi. Amerikalik olim U. Eshbi insonning 
qobiliyati yashab turgan davrida stixiyali ravishda o‘zidan o‘zi va ongli tarzda 
ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni 
yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va dasturlar vujudga keladi, deydi. 
Fiziologik olimlar miyaning tuzilishidan individual xususiyatlar bo‘lsa, bu hol 
miyaning funksiyalarida o‘z aksini topmasligi mumkin emas, deb qayd qilinadi. 
A.G.Kovalev ta’kidlashicha, qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining 
tarafdorlari ancha to‘g‘ri pozitsiyada turadilar. So‘nggi nazariyada qilinishicha, 
tabiiy kuchlar, zehn nishonalari va qobiliyatning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy 
sharoit mavjud bo‘lishi kerak. Muallif zehn nishonalari deganda anatomik-
fiziologik xususiyatlardan ko‘ra, ko‘proq psixologik-fiziologik xislatlarni 
tushunish kerakligini uqtiradi. Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyat) 
yoki hamma narsaga nisbatan ustuvorlik, qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat), 
moyillikda va intilishda ko‘rinadi. 
A.G.Kovalev Edison fikriga asoslanib («bunda faqat 1 foizgina geniy bo‘lsa, 
99 foiz ter to‘kish bo‘lgan»), hamma buyuk kishilar bag‘oyat mehnatsevarlikka va 
katta ishchanlikka ega bo‘lganlari holda, hatto asab tizimi tabiiy kuchsiz bo‘lsa-da, 
subyektiv ravishda o‘z yutuqlarini qobiliyatdan emas, balki mehnatdan deb 
baholaganlar. 
Qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, ma’lum bir faoliyatga 
moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli 
tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida 
tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va 
rivojlantirish yo‘li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni 
shakllantirish yo‘li bilan, to‘rtinchidan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol 
toptirishni jadallashtirishni ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li 
bilan, beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‘li bilan, 


408 
oltinchidan, o‘quvchilarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni umumiy 
talablar bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishdir. 
A.G.Kovalevning ta’rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste’dodining 
badiiy tipiga tegishli bo‘lib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma ko‘rinishlaridan 
uni ajratib turadigan o‘ziga xos sifatlarga ham egadir. Uning ta’kidlashicha, 
umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat murakkab bo‘lib, uning 
tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar (jabhalar) mavjud. Bu jabhalarning 
biri yetakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa sermahsul faoliyat 
uchun zarur bo‘lgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy qobiliyatda uch 
tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyatga ega: o‘tkir kuzatuvchanlik, kuchli 
ijodiy tasavvur, til vositasida ko‘rgan va ravshan tasavvur etgan narsalarni tasvirlay 
olish. 
Muallif mulohazasiga qaraganda, adabiy qobiliyatning tayanch xususiyati 
yumshoq ko‘ngillilik va ta’sirchanlikdir. Ta’sirchanlik deganda idrokning jonliligi 
va o‘tkirligini, emotsional iltifotgo‘ylikning naqadar kuchliligini tushunish kerak. 
Ijod uchun yolg‘iz ko‘ra bilish qobiliyatining o‘zi kamlik qiladi, ko‘rganlarni qayta 
o‘zgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa hayotiy taassurotlar bilan fikran 
bog‘lay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan narsalar va ayniqsa, yaratilayotgan 
obrazlar qobiliyatida namoyon bo‘ladi hamda bu adabiyotda ko‘pincha ichdan 
ko‘rish qobiliyati deb ataladi. 
Adabiy qobiliyatni tekshirish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning qobiliyatlari 
qobiliyatsizlaridan, V.P.Yagunkovaning ma’lumotlari bo‘yicha, idrok qilishning 
aniqligi va xotirasi bilan, yangi original obraz va syujetlar tuzishdagi tafakkur 
kuchi va tasavvur bilan, ijodiy vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi bilan, so‘z 
boyligi va til sezgisi bilan farqlanadilar. Ba’zi birlarida voqelikka mulohazali 
mantiqiy munosabatda bo‘lish ustun tursa, boshqalarida obrazli emotsional 
munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning ham ikkisi mujassamdir. 
V.P.Yagunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis qilishda quyidagi 
ko‘rsatkichlarni mezon tariqasida oladi, chunonchi, a) idrok etish va xotiraning 


409 
aniqligi; b) emotsional ta’sirchanligi; v) tasavvurning kuchi va jonli tilni his qilish 
kabilar. 
S.P.Kudryatseva tadqiqotida ilk o‘spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga 
ajratiladi: adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni 
tushunchalar asosida tahlil qilishning o‘sganligiga e’tibor qilinadi. Ikkinchi tipda 
adabiy asarlarni o‘qish vaqtida va adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish 
va ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi. 
V. A. Kruteskiy matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi: 
qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilishi borasidagi 
qobiliyatchga matematik obyektlar, munosabat va amallarni shakl holga keltirib 
idrok qilish matematik materialga o‘ziga xos «yig‘ma» analitik-sintetik ishlov 
berish qobiliyatini qayd qilish lozim; 
qobiliyatli o‘quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a) miqdoriy va fazoviy 
munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash 
qobiliyati; b) matematik materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik 
mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) 
fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va harakatchanligi; d) yechishda 
ravshanlik, soddalik, ratsionallik va ixchamlikka intilish; 
3) matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo. 
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘ladigan tashqi 
alomatlarni belgilash mumkin. Muallif taxminicha, bular quyidagilar: 
o‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, 
hech kim majbur qilmasdan, o‘zining bo‘sh vaqtini sarflab, matematika bilan 
bajonidil shug‘ullanishga moyillik;
muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda 
o‘zlashtirish qobiliyati;matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish; 
4) matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi. 
Mamlakatimizda psixolog M. G. Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida 
tadqiqot ishlari olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy 
qobiliyat deganda shaxsning individual-psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday 


410 
o‘ziga xos birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik 
darajasini va u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi. 
M.G.Davletshin ham an’anaviy yo‘ldan borib, texnikaviy qobiliyatni ikkita 
o‘sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini o‘zgarishsiz 
qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq yetakchi xususiyatlar rivojlangan 
texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir. Uning talqinicha, texnikaviy 
iste’dodli shaxs bo‘lishi uchun unda: a) amaliy jihatdan fahmli; b) texnik 
moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib qismlardan 
butun hosil qila olishi qobiliyati bo‘lishi shart. M.G.Davletshin texnikaviy iste’dod 
ko‘rsatkichlarini an’anaviy baholashni tan olgan holda (ko‘z bilan chamalash, 
fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil, konstruksiyalash qobiliyati) o‘zining original 
yondashuvini ishlab chiqqan. Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun 
tekshirishlarda ishlab chiqilgan eksperimental masalalarning to‘qqizta seriyasidan 
foydalanadi.
Qobiliyatlar individual – psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir odamning 
boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. O’z-o’zidan 
ma’lumki, kishilar bir-biri bilan teng emas. Ana shuning uchun ham qobiliyatlar 
haqida gap ketganda bu farqlarni xarakterlab o’tish kerak. Bu farqlar sifatli va 
miqdoriy bo’lishlari mumkin.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan xarakteristikasi insonga mehnat faoliyatining 
qaysi sohasida (konstruktorlik, pedagoglik, iqtisodchilik, sport va boshqalarda) 
osonlik bilan o’zini topa oladi, katta yutuqlarga va muvaffaqiyatlarga erishadi 
degan savolga javob topish imkoniyatini beradi. Bu bilan qobiliyatlarning sifat 
xarakteristikasi ularning miqdoriy xarakteristikasiga uzviy bog’liqdir. 
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jihatdan o’lchash muammosi uzoq 
tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida qator psixologlar 
(Kettel, Termen, Spirmen va boshqalar) ommoviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni 
amalga oshirish zaruriyati bilan bog’liq bo’lgan talablar ta’siri ostida ta’lim 
olayotganlarning qobiliyatini aniqlashni taklif qilib chiqdilar. 


411 
O’sha paytlarda qobiliyatlarni o’lchash usuli sifatida aqliy iste’dod 
testlaridan foydalanildi. 
Aqliy iste’dod testlari mazmun jihatdan qator savollar va masalalardan 
tashkil topgandir. Ularni yechish muvaffaqiyati (sarflangan vaqtni hisobga olib) 
ball yoki ochkolar yig’indisi bilan hisoblanadi. Masalan, o’n bir yoshlik 
bolalarning aqliy qobiliyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida quyidagicha 
test qo’llangan: «Petr Jeymsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. 
Hammadan ko’ra kim baland? Savol tagiga quyidagi javoblar yozib qo’yiladi: 
1.Edvard, 2. Jeyms, 3. Petr,» Ayta olmayman. Yoki boshqacha test: qizil, yashil, 
ko’k, ho’l, sariq. Bu yerda bola turkumga kirmaydigan so’zni aniqlashi kerak va 
hokazo.
Bolalar testlar to’plamini bajarib bo’lgandan keyin ularning natijalarini 
standartlashtirilgan yo’l bilan, ya’ni har bir sinaluvchi olgan ochkolar miqdorini 
hisoblash bilan shug’ullanishadi.
Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillari – barqaror maxsus 
qiziqishlardan iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir 
soha mazmuniga bo’lgan qiziqishlari bo’lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi 
faoliyat bilan kasb tariqasida shug’ullanish moyilligiga o’sib ko’tariladi. Bilishga 
doir qiziqish bu o’rinda faoliyat usullari va uslublarini amaliy ravishda egallab 
olishni rag’batlantiradi. Biror mehnat yoki o’quv faoliyatida qiziqishning paydo 
bo’lishi bu faoliyatga nisbatan qobiliyatlarning uyg’onishi bilan chambarchas 
bog’liqligi va qobiliyatlarning rivojlanishi uchun dastlabki zamin sifatida xizmat 
qilishi qayd etilgan. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin