O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Qobiliyatlarning rivojlanishi. Qobiliyat va irsiyat



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
20.4. Qobiliyatlarning rivojlanishi. Qobiliyat va irsiyat 
Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xususiyatli fikrni 
alohida ta’kidlab o‘tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi: 
talant - bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) 
alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; 
v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi; 
shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada 
taraqqiy 
etmaganligi 
talantning 
murakkab 
tarkibiga 
kiruvchi 
boshqa 
qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi 
(kompensatsiya qilishi) mumkin. 
Moskvaning umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodimlari tomonidan 
o‘quvchilarning talanti iste’dod tushuncha negizida o‘rganilgan. Aniqlangan 
muhim qobiliyatlar yig‘indisi aqliy iste’dod tuzilishini vujudga keltirgan. Ilmiy 
tadqiqotchilarning fikricha, yuksak iste’dod quyidagicha bosqichlardan iborat 
bo‘lishi mumkin: a) bunday shaxsning birinchi xususiyati - ziyraklilik, shaylik, 
jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir; b) shaxsning ikkinchi xususiyati - 
uning mehnatga tayyorligi (mehnatga moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning 
ehtiyojga aylanishi)dir; v) insonning uchinchi xususiyati - unda tafakkur 
xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, tahlil va 
umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari, aqlning mahsuldorligidir. Ma’lumotlar 
tahlilining ko‘rsatishicha, maxsus iste’dod tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari, 
aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi bir qator qobiliyatlar bilan to‘ldiriladi. 
Talant o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi bilan ijodiy yutuq 
imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansa-da, 
lekin ular bir-biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant - katta, ijodiy va zo‘r 


403 
mehnat mahsulasidir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy 
majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti - bu hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va 
malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi 
hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb 
etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan 
iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda 
mahorat - haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai 
nazardan haqiqiy mahorat - bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo‘lishidir. 
Odatda, qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual-psixologik 
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug‘ma ravishda tayyor holda berilmaydi, balki 
hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya 
qobiliyatlarning tug‘maligi nazariyasini inkor etib, shaxs qobiliyatlarining 
noma’lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga 
qattiq zarba beradi. 
Shuni uqtirish joizki, qobiliyatning tug‘maligini inkor qilish mutlaq 
xususiyatga ega emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug‘ma ekanligini tan olmaslik 
miya tuzilishi bilan bog‘liq differensial xususiyatlarning tug‘maligini inkor qiladi, 
degan so‘z emasdir. Layoqat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida faoliyatda 
muhim rol o‘ynaydi. Layoqat deb qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki tabiiy 
sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va 
harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlari aytiladi. Tug‘ma layoqat 
jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analizatorlarining alohida yuksak 
sezgirligi muvofiqdir. Alohida yakka shaxs ma’lum tabiiy layoqatga ega bo‘lsa, u 
holda o‘ziga taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish nisbatan yengil kechadi. 
Insonlarning kasbiy qobiliyati ular layoqatlarining rivojlanishi mahsulidir. Layoqat 
ko‘pqirrali psixik hodisa bo‘lganligi tufayli faoliyat talablarining xususiyatiga 
bog‘liq ravishda bir xil layoqatlar negizida har xil qobiliyatlar rivojlanishi 
kuzatiladi. 
Layoqatning tuzilishi va mahsuldorligi namoyon bo‘lishiga qaraganda, uning 
nuqsonlari haqida ilmiy ma’lumotlar miqdori ko‘pdir. Hozirgi davrda qobiliyat 


404 
taraqqiyotining dastlabki tabiiy shartlari mohiyati yuzasidagi farazning ozmi yoki 
ko‘pmi mahsuldorligi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. F.I.Gallning 
ta’limoticha, shaxsning barcha qobiliyatlari, «aql» va «hissiyot sifatlari miya yarim 
sharlarida o‘zining qat’iy markazlariga egadir. Uning fikricha, kalla suyaklari 
miyaning cho‘nqir joylariga aniq mos tushish lozim. Gall tomonidan miyaning 
maxsus « frenologik» (yunoncha - «aql» to‘g‘risidagi ta’limot degan ma’no 
anglatadi) xaritasi tuzilgan bo‘lib, unda bosh suyagi 27 bo‘lakka ajratilgan. 
Go‘yoki har bir bo‘lakka muayyan psixik sifat mos tushadi. Shuningdek, 
layoqatning miya og‘irligiga bog‘liqligi haqidagi faraz ham noto‘g‘ri ekanligi ayon 
bo‘lib qoladi. Shaxs layoqatlari miya burmalarining soni bilan belgilanadi degan 
taxmin ham o‘z tasdig‘ini topmadi. 
XX asrning ikkincha yarmida paydo bo‘lgan layoqatni miyaning 
mikrotuzilishi va sezgi a’zolari bilan bog‘lovchi faraz eng mahsuldor bo‘lib 
hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste’dodli shaxs nerv hujayralarining 
morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz 
qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari 
hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida 
faraz ham haqiqatga yaqindir. 
Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati 
tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat 
xususiyatlari paydo bo‘lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, asab tizimining 
alohida sezgilari ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin. 
Ta’kidlangan xususiyatlar oliy nerv faoliyati umumiy tipining sifatlariga va 
belgilariga mansubdir. Ammo qobiliyatlarning tabiiy asoslarini asab tizimining 
porsial (xususiy) deb nomlanadigan xislatlari bilan bog‘lanuvchi farazlar yanada 
ko‘proq ehtimol darajasiga egadir. 
Qobiliyatning tabiiy 
sharti, 
layoqat 
asab tizimining 
tuzilishi 
va 
funksiyalarining xususiyatlari tarkibida ekanligi, bu hodisa barcha morfologik va 
fiziologik sifatlari singari umumiy genetika qonunlariga bo‘ysunish farazining 
haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning (Angliya) irsiyat qonunlari to‘g‘risidagi 


405 
g‘oyasi qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi, 
chunki unda dalilga muhtoj juda ko‘p o‘rinlar mavjuddir. 
Shuning uchun qobiliyat tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush 
muhitining nasldan-naslga o‘tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir. Agarda 
insonning taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy qonun-ar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, 
qobiliyatning taraqqiyoti biologik irsiyat qonunlariga bo‘ysunishi to‘g‘risida gap 
bo‘lishi mumkin emas. 
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqatlar muayyan 
tabiiy zaminga bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular faqat tabiatning in’omi emas, balki 
insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois 
qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko‘nikmalarni tarkib 
toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar 
taraqqiyotining uzluksiz ta’lim tizimiga bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tish muhim 
ahamiyatga ega. 
Shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg‘un, kasbi maxsus 
qiziqishlar muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlar 
inson faoliyatidagi u yoki bu sohaning (tarmoqning) mazmuniga nisbatan 
intilishidan iborat shaxsiy fazilat, ichki turtki, harakatlantiruvchi kuchdir. Bunday 
maxsus qiziqishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy tayyorgarlik sifatida 
shug‘ullanishi moyilligiga o‘sib o‘tadi. Bilishga oid qiziqish (fan asoslarini 
egallashga yo‘naltirilgan ichki turtki) faoliyat usullarini amaliy jihatdan 
o‘zlashtirib olishni va yangi vaziyat, sharoitga ko‘chirishni taqozo qiladi, 
rag‘batlantiradi hamda shaxsda o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlashga yordam 
beradi. 
Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uzviy uyg‘unlikka 
ega bo‘lib, inson kamoloti har ikkala omilning birikuvini talab qiladi. Iste’dodli 
o‘quvchilar va talabalar shakllanishi ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma’naviyat 
asoslari hamda o‘zini o‘zi namoyon etish, o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘zini o‘zi 


406 
rivojlantirish asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy-psixologik qonuniyat 
tariqasida xizmat qiladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin