O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Temperament tiplari. Faoliyatning individual uslubi va



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
18.5.Temperament tiplari. Faoliyatning individual uslubi va 
temperament 
Sangvinik I.P.Pavlov fikricha kuchli muvozanatlashgan ya’ni serharakat tipga 
to’g’ri keladi. Bunda tormozlanish va qo’zgalish tashqi taassurotga mos keluvchi 
yetarlicha kuch bilan paydo bo’ladi va tashqi tassurotlarning navbatlashuviga mos 
keluvchi sur’at bilan bir-birini almashtira oladi. Bunday temperamenta ega bo’lgan 
kishilar aktiv faol vazmin bo’lishadi yangi sharoitga yaxshi va tez moslashishadi 
bir turdagi faoliyatdan osonlik bilan ikkinchi turdagi faoliyatga o’tishadi. 


376 
Xolerik - kuchli muvozanatlashmagan ya’ni jonsarak tipdir. Bunday 
odamlarda qo’zgalish jarayonlari tormozlanish jarayonlaridan ancha kuchliroq 
bo’ladi. Shu xildagi odamlar sabr-toqat kerak bo’lgan hollarda o’zlarini tutib 
turishlari qiyin bo’ladi. 
Flegmatik - kuchli muvozanatlashgan kam harakatchan ya’ni yuvosh tipdir. 
Bunday temperamentga ega bo’lgan kishilar sustkash vazmin maqsad yo’lida 
intiladigan bo’lishadi-yu lekin bir turdagi faoliyatdan ikkinchi turdagi faoliyatga 
qiyinchilik bilan o’tishadi. 
Melanxolik - nimjon tipdir. Bu xildagi odamlar shu bilan ajralib turishadiki 
ularda nerv jarayonlari kuchsiz buladi tormozlanish reaksiyalari qo’zg’alish 
reaksiyalaridan ustun turadi: Bunday temperamentli kishilar tortinchoq uyatchan 
qo’pollikka sezgir bo’lishadi ular ro’y berib turgan hodisalar va odamlarning 
o’zaro munosabatlariga juda ziyraklik bilan baho berishadi. 
Psixologik ma’lumotlar e’tirof etishicha, irsiyat va turmush sharoitlari 
temperament tiplari o’rtasidagi tafovutlarning sababchisidir. Shuning uchun irsiy 
fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) 
egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan 
(geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil 
tasdiqlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, geterozigot egizaklardan farqli 
o’laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatlari shunchalik o’xshashki, 
hatto ular irsiyat yo’li bilan berilish omillarini 85% tasdiqlash imkoniyatiga ega. 
Tarbiyaviy muhit turlicha bo’lishiga qaramay, o’xshashlik saqlanib qolishi 
tajribalarda ko’p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari 
o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi 
hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o’tkazadi (masalan, tog’ sharoiti, xavf-xatar 
mavjudligi va hokazo). 
Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarining turmush 
sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirida o’zgarishi jarayonini temperament tiplarining 
takomillashtiruvidan farqlay olish shart. Ma’lumki, temperament tipi unga 
mutanosib xususiyatlari birdaniga paydo bo’lgan narsa emas, chunki asab 


377 
tizimining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir 
o’tkazib, o’z izmini qoldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan, temperament 
xususiyatlari asab tizimining takomillashuvi bilan bog’liq tarzda ro’yobga chiqa 
boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin