388
tuyg‘usidadir. Shunday qilib, psixikaning individual sifat
xususiyatlari shaxsning
ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini
belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual
xususiyatlari orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik
asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon
bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat
deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga
bog‘liqdir. Ana shu holatga muvofiq ravishda temperament xususiyatlari ham,
xarakterning ma’lum xislatlarining vaqt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham
temperament tipiga bog‘liq.
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari
hamda ularning psixikaning
irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosabati xarakter xislatlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxsning faoliyati orqali belgilaydi. Uning
faoliyatiga taalluqli aynan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy
xususiyatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan
xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-
harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tarkib topishida faol
faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol faoliyatida
xarakterning ifodalaydigan
harakatning individual o‘ziga xos usullari tarkib topadi. Harakat usullarining
avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan bog‘liq shartli
reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvining bir necha turdagi
psixologik mexanizmlari mavjud bo‘lib, ulardan biri - bu odatlardir. Xarakter
xislatlari tarkib tonishining muhim shartlaridan biri - bu xislatlarni zaruriy xatti-
harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir.
Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikning roli katta bo‘lib, harakat
usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblanadi. Tarkib topish jarayonida
taqlidchanlikning ahamiyati ko‘p jihatdan ifodali
xatti-harakatlarning shaxs
emotsional (hissiy) kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Taqlidchanlik xatti-
harakat namunasiga taqlid qilish uchun mo‘ljallangan shaxs munosabatlari
389
tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakllantirishning shartiga
aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyektiv va
subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psixologik mexanizm
negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatma
(ustanovka) odatlaridan farqli o‘laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina
bo‘lib qolmay,
balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham
tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharoitlarda) yorqin namoyon
bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda,
xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli
vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq, binobarin, inson
sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi.
Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-
harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi
yaratadi va ularni
boshqarishga odatlanadi.
Dostları ilə paylaş: