Iste’dodli bolalar —o’zini umumiy yoki maxsus iste’dodini namoyon qilgan
bolalar. Iste’dodli bolaning aqliy rivojlanishini tashxis qilinib aniqlanadi.
Ixtiyoriy esda olib qolish -maxsus mnemik harakatlar, ya’ni asosiy maqsad
esda olib qolishdan iborat bo‘lgan harakatlar mahsuli.
Ixtiyorsiz xotira - biror narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus
maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish va qayta esga tushirish
Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishi uchun
qiyinchiliklarni yengib o’tishiga qaratilgan faoliyati va xulq -atvorini ongli
ravishda tashkil qilishi va o’zini –o’zi boshqarishidir.
Istak - intilishning maqsadi aniq bo’lmagan holat. Bu maqsadga erishuvning
yo’li va vositalarini to’la anglab yetmaslikdan iborat irodaviy holat.
Ishonchlilik -obyektiv voqeilikdagi narsa va hodisalarni fikran to‘g‘ri, shak-
shubhasiz aks ettirishdan iborat mantiqiy kategoriya.
Ishontirish- shaxsga muayyan ta’sir o’tkazish; buning natijasida kishi irodasi
va ongidan qat’iy nazar, unda muayyan holat, hissiyot, munosabat vujudga
keltiriladi.
Individuallik -muayyan shaxsning boshqa shaxslardan ajratib turuvchi,
shaxsning o’ziga xos xislatlari.
Kayfiyat -inson his-tuyg‘usining yaxlit shakli, kechinmalarining umumiy
holati. Kayfiyat doirasi har xil; u insonning umumiy kechinmalaridan to zerikish,
qo’rquv, xafalik yoki quvnoqlik, umid va qiziqish kabilargacha bo‘lgan barcha
shakllarni o’z ichiga oladi.
Kinestezik sezgi - (yunon.kineo-harakatga keltirmoq)- proprioretseptorlar
qo’zg’alishi natijasida o’z tana a’zolari harakati va holatini sezish.
Ko‘ruv sezgisi – ko’ruv analizatori bevosita ta’sir etib turgan ranglar va
yorug’likni aks ettirishdan iborat sezgi turi.