O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Kuzatish
- shaxsni qiziqtirgan narsalar va tevarak atrofidagi hodisalarni bilish 
uchun maqsadli va rejali tarzda idrok etish . 
Kuzatish metodi
-faoliyat mahsulini tahlil etish, erkin tavsifnomalarni 
umumlashtirish usuli. 
Layokat
– individning ma’lum faoliyatning bajarishga undovchi saylanma 
yo‘nalganligi. Nerv tizimining ba’zi irsiy determinlashgan anatom-fiziologik 
xususiyati. 
Longityud
tadqiqot- (ing.longitude-uzoq muddat) insonning yosh va 
individual o‘zgarishlar ko‘lamini o‘rganish maqsadida yashash davri fazalari 
o‘zgarmas bo‘lgan guruhni uzoq va uzluksiz tekshirish usuli. 
Lyusher testi- 
ruhiy holatni aniqlovchi rangli test. 
Metod 
(yunon.methodos-tadqiqot,tekshirish)-bilishning nazariy va amaliy 
o‘zlashtirish usullari yig‘indisi. 
Mexanik xotira 
- (yunon.mechane-qurol,mashina)- muayyan material 
ma’nosini, mazmunini, ichki mohiyatini, ichki mantiqiy bog‘lanishlariga 
tushunmagan holda takrorlashga asoslangan xotira turi.
Mehnatsevarlik
– insonning mehnat faoliyati jarayoniga ijobiy shaxsiy 
munosabatidan iborat bo‘lgan xarakter xususiyati.
Melanxoliya 
(yunon.melas-qora, chole-o’t,safro)-temperament turlaridan 
psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchilik, hatto arzimagan narsalar uchun ham 
juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Melonxolik
- Gippokrat ta’limotiga ko‘ra, temperamentning bir turi. Yuksak 
darajadagi ta’sirchanlik va hissiyotning zoxiran nisbatan sust ifodalanganligi. 
Orzu
- shaxsning o’zi uchun yoqimli bo‘lgan istiqbol obrazlarini ongida 
yaratishdan iborat xayol turi.
Oltinchi sezgi
- odamdagi asosiy besh sezgidan tashqari har xil holatlarda 
namoyon bo’ladigan sezgi. 
Obrazli xotira 
-tasavvur, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovush, 
hid, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat bo‘lgan xotira.


417 
Operativ xotira
(lot.operatio-harakat)- xotira turi. Kishi tomonidan bevosita 
amalga oshirilayotgan zaruriy xatti-harakatlar, shularga xizmat qiluvchi mnemik 
jarayonlar. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin