«Himoya qilishga ruxsat berildi»
Fakul’tet dekani __________ Sh.M.Mirzayev
«_____» ______________ 2015 y.
Buxoro-2015
2
M U N D A R I J A
KIRISH….…………………………………………….…………
3
I. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR – TA’LIM TARAQ-
QIYOTINING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI...............
10
1.1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar
tadqiqoti masalalari..................................................................
10
1.2. Innovatsion texnologiyalarining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va
o’quv jarayonidagi ahamiyati...................................................
15
1.3. Innovatsion texnologiyalar uyg’unligi..................................…
22
II. MEXANIKA VA MOLEKULYAR FIZIKANI O’QITISHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH.....
29
2.1. Fizika faniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.............
29
2.2. Mexanika
va
molekulyar
fizikani o’qitishda axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati...
42
2.3. Mexanika va molekulyar fizikani o’qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish namunalari...............................
54
XOTIMA............................……………………………….........
69
ADABIYOTLAR......................................................................
71
3
KIRISH
Mamlakat maktablari, kollej va
akademik
litseylarida,
oliy
ta’lim
muassasalarida ta’lim berish sifatini
tubdan yaxshilaylik.
I.A.Karimov.
Har bir pedagog shuni doimo esda tutishi kerakki, dars o’quv-tarbiya
jarayonining asosiy shaklidir. Tarbiyaning barcha jarayonlari har tomonlama
rivojlangan shaxsni tarbiyalash, birinchi navbatda dars jarayonida amalga
oshiriladi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda darsning tarbiyaviy ahamiyatini
oshirish o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va o’qituvchilar oldiga birinchi darajali
vazifa qilib qo’yilmoqda.
Hozirgi zamon darsi uchta maqsadni: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish
maqsadlarini ko’zda tutadi. Ammo, o’quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda
o’zaro faollik, texnikani o’rganish va mehnatning roli tobora oshib bormoqda.
Bugungi kunda O’zbekistonda «shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi» e’tirof
etilgan bir davrda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish shakl va usullari,
mazmun va prinsiplarini o’rgatadi. Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning
murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning goyaviy e’tiqodiga, kasb
mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik va innovatsion
texnologiyalarni qo’llash, o’quvchilarni o’zaro faollikka olib kelishiga
bog’liqdir.
Zamonaviy darsga qo’yiladigan eng muhim talab innovatsion
texnologiyalarni dars jarayoniga olib kirib, har bir darsdagi mavzuni ilmiy
asoslash, o’quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda material hajmini
belgilash hamda uning murakkabligini aniqlash; avvalgi o’rganilgan materiallar
bilan bog’lash; o’quvchilarga beriladigan topshiriqlar va ularning mustaqil
ishlari tizimini aniqlash; darsning moddiy-texnik jihozini belgilash va
ko’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish; qo’shimcha axborot
4
vositalaridan (komp’yuter) foydalanish va darsda muammoli vaziyatni vujudga
keltirishdan iboratdir.
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji darslariga qo’yiladigan eng muhim
talablardan yana biri ta’lim usullari va innovatsion texnologiyalar bir-biri bilan
mustahkam bog’lab olib borishning samaradorligini oshirishdir.
Barcha didaktik vazifalar (xarita, jadvallar, rasm, ranglar, matnlar,
ko’rg’azmali qurollar) darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar
o’quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak.
O’tilgan har bir darsning tahlil qilib borilishi ham katta samara beradi. Bunda
darsning tahlil qilinishida ko’zlangan maqsadga erishildimi, o’quvchilar
qanchalik bilim oldilar, qanday kamchiliklarga yo’l qo’yildi? Bunday tahlil
darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etishga yordam beradi.
Ta’lim oluvchilarga bilim bеrishda zamonaviy ta’lim tехnologiyalarining
ahamiyati to’g’risida so’z borganda Prеzidеntimiz I.A.Karimovning “O’quv
jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish,
bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan
o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda,
ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish
diqqatimiz markazida bo’lishi darkor” dеgan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir [1].
Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan
biri sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Fizika” o’quv
fanidan innovatsion texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqilib, ta’lim
tехnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti
to’g’risida aхborot matеriallari, pеdagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan
natijalar, o’quv mashg’ulotining rеjasi, o’qitishning usul va vositalari
mujassamlashtirilgan. Shuningdеk, zamonaviy fizika fani o’qituvchisi o’quv
mashg’ulotlarining tехnologik xaritasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining
mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi
faoliyatining bosqichma-bosqich ta’rifini ham darsdan oldin tuzishi lozim.
5
Mashg’ulotlar davomida o’quvchilarning faolligini, erkin fikrlashlarini yanada
rivojlantirish maqsadida o’quv jarayoniga turli innovatsion texnologiyalari joriy
etilgan. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rininib turibdiki, ta’lim jarayoniga
o’qitishning yangi, zamonaviy usul-vositalari kirib kelmoqda va samarali
foydalanilmoqda. Pedagogik va innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish
asosida aynan shu talablar yotadi.
Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning
o’z ijodi va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-
qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan
shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish
bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan [2].
Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan.
Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy
faoliyatga keng jalb etish, ularning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini
ro’yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni
ishlab chiqish kerak.
Albatta ta’lim-tarbiya ong mahsuli. Lekin ayni vaqtda ong darajasi va
uning ravnaqini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan
va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu
asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Shuni
unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,
boshqacha
aytganda
xalqimizning
ertangi
kuni
qanday
bo’lishi,
farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq.
Oxirgi yillarda ta’limni tarbiya sohasida amalga oshirilgan ko’lami va
mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish
hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun
xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi.
Ma’lumki, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini asosiy bo’g’inini uzluksiz
ta’lim tizimi tashkil etadi. Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli
6
ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda avvalo ularning jahon talablari darajasiga
javob berishi yuksak ma’naviyat zamirida qurilganiga asosiy e’tibor berish
kerak. Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib
kelgan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, ma’naviyatga mansub
bo’lgan yurtlarning donishmandlari, eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari
hisoblangan [3].
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilimlarning zarur hajmini beradi,
mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini
rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi
bosqichini tanlashga yordam beradi. Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat
doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, fizika va informatika bo’yicha keng
ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va
kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida
yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda, yangi informatsion texnika va
texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida
mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ma’lum sohani tubdan isloh qilish
orqali rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar
tayyorlash milliy tizimni yaratish maqsad qilib qo’yilgan [3].
Dostları ilə paylaş: |