Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi
12438 so’zdan iborat bo’lib, 72 betda bayon etilgan, bunda u: kirish, 2 bob,
xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 41 chizmadan tashkil topgan.
10
I.
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR
–
TA’LIM
TARAQQIYOTINING HARAKATLANTIRUVCHI KUCHI
1.1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar
tadqiqoti masalalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchi xizmati va
Vazirlar Mahkamasi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot
tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi
qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan
Vazirlikning “Xalq ta’limi tizimi faoliyatini mazmunan takomillashtirish va
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” ining ijrosini ta’minlash,
umumiy o‘rta ta’limda uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari sharhlari va
o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish, rivojlantirish,
optimallashtirish va eng maqbullarini tanlab olish hamda ta’limda yuqori
samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining
buyrug‘i qabul qilindi.
Vazirlikning 2010 yil 20 dekabrdagi “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar
bo‘yicha tajriba-tadqiqot maydonlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 289-
sonli buyrug‘iga asosan ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha
Respublikamizda bir necha umumta’lim maktabi va akademik litseylari tajriba-
tadqiqot maydoni etib belgilandi [15]. Mazkur ta’lim muassasalarida quyidagi
bosqichlarda, ya’ni:
Moslashtiruv bosqichi -2010-2011 o‘quv yilining III-IV choraklari;
Faol bosqich- 2011-2012 o‘quv yili;
Yakunlovchi bosqich – 2012-2013 o‘quv yilida tajriba-tadqiqot ishlari
olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan buyruqning qabul qilinishidan ko‘zlangan
asosiy maqsad – ta’limning uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini amaliyotga joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga
11
qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish va ularni sinovdan
o‘tkazishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda, 2010-2011 o‘quv yilining
3-choragidan boshlangan va ayni paytda mazkur jarayonning moslashtiruv
bosqichi olib borilayotgan tajriba – tadqiqot maydonlarida pedagogik
texnologiyalar samaradorligi aniqlanmoqda.
Tajriba nima? Tadqiqotchi? Bu ikki tushuncha ilmning mohiyatini,
ahamiyatini, istiqbolini belgilab beruvchi jarayondir. Shu bois doimo ilm-fan va
jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangiliklar ustidagina
tadqiqotlar olib borilsa, u bilimli va mahoratli mutaxassislar tomonidan
o‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra hayotga tatbiq etiladi. Bir so‘z bilan
aytganda, tajriba-tadqiqot jarayoni, u qaysi sohaga taalluqli bo‘lmasin, kelajak
avlod taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Qayd etilgan Vazirlikning buyrug‘i
asosida Respublikamiz tajriba-tadqiqot maydonlarida ana shu mas’uliyatni his
qilgan holda jarayon olib borilmoqda.
Tajriba-tadqiqot ishlar, avvalgi tajriba-sinov jarayonlardan farqli ravishda,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha,
ya’ni tabiiy fanlar (geografiya, kimyo, biologiya,), aniq fanlar (matematika,
informatika fizika), ijtimoiy fanlar (tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari, milliy
istiqlol g‘oyasi turkumiga kiruvchi fanlar), gumanitar fanlar (ona tili, adabiyot,
o‘zbek tili, xorijiy tillar) bo‘yicha tashkil etiladi. Shu bois tajriba-tadqiqot
maydonlari etib tanlangan ta’lim muassasalarning pedagogik jamoasi salohiyati,
rahbarlarning tashkilotchilik qobiliyati, o‘sha muassasalarda ko‘p yillik yaxshi
an’analarning mavjudligi va ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi kabi
omillariga e’tibor qaratildi. Yana bir jihati, mazkur ta’lim muassasalari tajriba-
maydonlari emas, tajriba-tadqiqot maydonlari, deb atalmoqda.
Barchamizga ma’lumki, tadqiqot-juda keng ma’noni o‘z ichiga oladi.
Tajriba-tadqiqot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir fannning
tadqiqotchi-o‘qituvchisi tomonidan optimallashtirilgan o‘quv dasturidagi
mavzular sinchiklab ko‘zdan kechiriladi va ular orasidan nisbatan murakkabroq
bo‘lgan mavzular ajratib olinadi. Respublika ta’lim markazi tomonidan ham ana
12
shunday mavzular bo‘yicha ishlangan dars ishlanmalari amaliyotda qo‘llab
ko‘rishlari uchun taqdim etiladi. Tadqiqotchi o‘qituvchi Respublika ta’lim
markazi tomonidan berilgan murakkab mavzular va o‘zi tanlab olgan
mavzularni solishtirib chiqadi. Shundan so‘ng fani bo‘yicha umumiy taqvim-
mavzu rejasidan ana shu murakkab mavzular qaysi kuni, nechanchi soatda
o‘tilishini aniqlab, ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga
taqdim etadi. U esa o‘z navbatida barcha fan o‘qituvchilaridan ana shunday
ro‘yxatlarni olgach, alohida jadval tuzadi. Jadval direktor tomonidan tasdiqlanib,
ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi. Tadqiqotchi –o‘qituvchi uslubiy birlashma bilan
kelishilgan holda darsga kimlarni taklif etishni belgilaydi. Yodda tutish lozimki,
tadqiqot sifatida o‘tilayotgan darslarda kuzatuvchi bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Dars jarayonida tadqiqotchi-o‘qituvchi, uslubiy birlashma a’zosi,
litsey rahbariyati vakili, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari
mutaxassisi, viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
instituti hamda viloyat metodika markazi mutaxassislari ishtirok etishi lozim.
Tadqiqotchi-o‘qituvchi, avvalo, har bir darsning aniq texnologik xaritasini
tuzadi. Shu o‘rinda darsga tayyorgarlik ko‘rishga ketgan vaqt, sarf etilgan
qo‘shimcha moddiy resurslarni qayd etib qo‘yadi. Negaki, taklif etilayotgan
innovatsion pedagogik texnologiyaning aniq samarasini bilish uchun sarflangan
vaqt va moddiy resurslar qiymatini taqqoslash va shundan kelib chiqqan holda
erishilgan natija sarflangan “buromad” ga arziydimi yoki yo‘qmi, degan savolga
javob topish lozim. Chunki, qaysidir bir yangi pedagogik texnologiya
o‘qituvchidan juda ko‘p vaqt hamda ortiqcha qo‘shimcha resurslar talab etsayu,
o‘zlashtirish samaradorligi shunga yarasha bo‘lmasa, tabiiyki, bunday
texnologiyadan voz kechiladi.
Demak, tadqiqotchi-o‘qituvchi ana shunday tadqiqotchilik salohiyatiga
ega bo‘lishi lozim. Dars tugagach, shu zahoti o‘tilgan dars qanday
o‘zlashtirilganini aniqlash uchun o‘quvchilardan qisqa muddatli (8-12 daqiqa)
nazorat ishi olinadi. Nazorat natijasiga ko‘ra 5 ballik tizimda o‘rtacha baho
13
chiqariladi. Shundan so‘ng dars tahlili mezoniga ko‘ra tahlil o‘tkaziladi va bu
haqda bayonnoma tuziladi. Bu bilan qo‘llanilgan pedagogik texnologiya
samaradorligiga baho beriladi. Muvofiqlashtiruvchi guruh taqdim etilgan
bayonnomalar asosida xulosa chiqaradi.
Tajriba-tadqiqot
maydonida
faoliyat
ko‘rsatayotgan tadqiqotchi-
o‘qituvchilar jarayonda quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim, jumladan:
Pedagogik tamoyillarga to‘laqonli amal qilish barobarida o‘z ustida
doimiy izlanishlar olib borishi, ya’ni ilmiy, metodik kitoblarni o‘qishi, bugungi
kunda dunyo davlatlari, mamlakatimizdagi mavjud ilg‘or ish tajribalarni
o‘rganishi, metodlar, usullar va vositalardan dars jarayonida foydalanib, tahlil
qilib borishi va o‘tilgan darsning samaradorligini aniqlashi;
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars maqsadiga
muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi;
Interfaol darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala
dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;
O‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdillik
bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega
bo‘lishi;
Dars maqsadlariga erishish yo‘llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy
tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim.
Albatta, tajriba-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etishda metodik
xizmatni amalga oshiruvchi Respublika ta’lim markazi, T.N.Qori Niyoziy
nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, A.Avloniy
nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
markaziy instituti, Viloyat metodika markazi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo‘limlari mutaxassisi, akademik litsey va kasb-hunar kolleji rahbariyati, fan
uslubiy birlashmalari hamkorlikda reja asosida izchil metodik xizmat
ko‘rsatishlari talab etiladi. Buning uchun birinchi navbatda tajriba-tadqiqot
maydonlaridagi tadqiqotchi-o‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishga
14
oid ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur. Ya’ni: o‘quv xonalarining
jihozlanishi, texnik va metodik ta’minoti to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kelib
chiqqan holda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam
ko‘rsatish; o‘qituvchining belgilangan dastur-reja asosida topshiriqlarni o‘z
muddatida, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, natijaviyligini ta’minlagan
holda bajarishi uchun metodist va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosari muntazam amaliy yordamini rejalashtirishi lozim. Jumladan,
o‘qituvchi darslarini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilish va
o‘qituvchi faoliyatidagi mavjud bo‘shliqlarni aniqlab, zaruriy ehtiyojlar
ro‘yxatini tayyorlash va bu borada metodik yordam ko‘rsatish; o‘qituvchining
mustaqil o‘z ustida ishlash rejasini tuzishda amaliy yordam berish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tajriba-tadqiqot jarayoni bir qancha mas’ul xodimlar, o‘qituvchi, metodist
va ilmiy rahbarlar hamkorligida amalga oshiriladigan katta miqyosdagi faoliyat
bo‘lib, mazkur jarayon izchil va mukammal tahlilni talab etadi. Buning uchun
tajriba-tadqiqot jarayonining har bir pog‘onasida xodimlar o‘z faoliyatlari
yuzasidan muntazam kuzatuv yuritib borishlari lozim bo‘ladi. Shularni hisobga
olgan holda “Pedagogik texnologiyalar tajriba-tadqiqoti” nomli tavsiyalar,
shuningdek, “Ijtimoiy fanlarni o‘qitishning interfaol metodlari”, “Tabiiy fanlarni
o‘qitishda interfaol metodlar”, “Gumanitar fanlarni o‘qitishda interfaol
metodlar”, Aniq fanlarni o‘qitishda interfaol metodlar” nomli qo‘llanmalarda
esa tajriba-tadqiqot maydonlarida joriy etilishi lozim bo‘lgan pedagogik
texnologiyalar turlari va ularni o‘quv jarayonida qo‘llash metodikasi o‘z
ifodasini topgan. Barcha fanlardan tayyorlangan tavsiyalar va pedagogik
texnologiyalar asosidagi namunaviy dars ishlanmalari Respublika miqyosida
faoliyat ko‘rsatayotgan tajriba-tadqiqot maydonlariga taqdim etilgan.
Ta’kidlash joizki, metodik xizmat ko‘rsatish jarayonida asosiy
buyurtmachi ekspert o‘qituvchi hisoblanadi. Ularga amaliy-metodik yordam
ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya jarayoniga muammosiz to‘laqonli tayyor holda
kirishlari uchun qaysi yo‘nalishda bilim, yangiliklar va qo‘shimcha materiallar
15
zaruriyati haqida tajriba-tadqiqot maydonlarining mas’ul metodistlariga, ular o‘z
navbatida esa Respublika ta’lim markaziga murojaat etishi va hamkorlikni
kuchaytirishi
lozim.
Shunda
tajriba-tadqiqot
maydonlaridagi
ishlar
samaradorligini ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan maqsadli metodik xizmat
ko‘rsatish imkoniyati vujudga keladi. Eng muhimi, ta’lim tizimi takomillashuvi
yo‘lida ishonch bildirilgan tajriba-tadqiqot maydonining tadqiqotchi-
o‘qituvchilarimiz o‘zlarining bugungi xulosalari ertangi ta’lim sifati va
samaradorligida muhim ahamiyatga ega ekanligini hech qachon unutmasliklari
lozim.
Dostları ilə paylaş: |