Birinchi holatda to’rt, besh kishidan iborat bo’lgan doimiy guruhlar. Unda
talabalar darsda, darsdan tashqarida, oraliq va yakuniy nazoratlarga birga
tayyorgarlik ko’radilar.
Ikkinchi holatda mikroguruh ayrim darsning, mavzuning mazmuni,
o’tkazilish tartibiga mos holda muvaqqat tarzda tuziladi. Bunda aynan bir vazifa
bajarilishi, o’yin va treninglar o’tkazilishi mo’ljallanadi.
Bu usul talabalarning har qanday sharoitda va har xil jamoalarda erkin
muloqatga kirishishi, faolligining yanada ortishini ta’minlashda afzal
hisoblanadi. Mikroguruh ichida va mikroguruhlar orasida ijobiy ma’nodagi
raqobatni to’g’ri tashkil etish ahamiyatlidir. Ta’lim jarayonida pedagogik
texnologiyalardan foydalanganda ta’lim metodlarini tanlash va samarali qo’llash
alohida ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o’quvchilarga bilim
berish, ko’nikma va malakalar hosil qilish uchun ilg’or pedagogik
texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy zaruratga aylandi. Respublikamizda
amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish,
bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh, o’z kasbining bilimdoni va
mohir egasi bo’lgan kadrlarni tayyorlashda pedagogik va innovatsion
texnologiyalarning o’rni beqiyos ekanligi aniq isbotini topmoqda.
Hozirgi zamon talablariga binoan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi oldida
turgan eng muhim vazifalardan biri jahon standartlari talablariga javob bera
oladigan bilimli, zukko va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan
iboratdir. Shuning uchun ham jahon andozalariga mos keladigan fizika fanidan
dars beradigan o’qituvchi-kadrlarni tayyorlash Respublikamizdagi davlat ta’lim
standartlari (DTS) tizimining eng muhim vazifalaridan biridir [8]. Bunda
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” hamda
O’zbekiston Prezidentining ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimining
tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to’g’risidagi farmonlari
ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun asos bo’lib xizmat
qiladi. Shunga ko’ra, sifatli, yetuk mutaxassis tayyorlash bilan birga ularni
18
xolisona, erkin fikr bildiradigan hamda Ona-Vatanga dildan xizmat qila oladigan
barkamol inson bo’lishlari uchun ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirib, davlat
oldida javobgarlikni his qila oladigan har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni
tarbiyalash va komil insonni voyaga yetkazish murabbiylarimizning asosiy
burchidir. Bunda e’tiborni pedagogik texnologiyalarga qaratish muhimdir.
“Texnologiya” – yunoncha so’z bo’lib, “texnos” – mahorat va “logos” –
fan, ta’limot ma’nosini bildiradi. Ammo bu ta’rif zamonaviy texnologiya
mazmunini to’liq ifodalab berolmaydi. Xalqaro Yunesko tashkiloti pedogogik
texnologiyalarga shunday ta’rif beradi: “Pedogogik texnologiya – bu ta’lim,
shakllarini optimallashtirish (usul, vosita, metodlarini bir-biriga mos tanlash)
maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati (tug’ma imkoniyatlar) hamda
ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib, o’qitish va bilish, o’zlashtirishning barcha
jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir.” Yangi
pedagogik texnologiyalar esa, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim mazmunini yangilanishi, buni
amalga oshirish uchun yangicha yo’llarni izlab topish, bunda pedagogik
loyihalardan foydalanish bo’lib, bu – yangilik hisoblanganligi uchun ham
“pedagogik texnologiya” tushunchasiga “yangi” so’zini qo’shib, uni “Yangi
pedagogik texnologiyalar”, deyish mumkin [12].
O’zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga
quyidagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya – ta’lim jarayoniga yangicha
yondoshuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy – muhandislik ong ifodasidir. U
pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri
asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq
ijtimoiy hodisadir.”
Yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha O’zbekistonda qator olimlar ish
olib bormoqdalar. Bular: B.L.Farberman, M.Mahmudov, K.Zaripov, B.Adizov
(“Ta’lim texnologiya”si kitobi 1999 yil), O.Roziqov, B.Ziyomuhammedov,
N.Sayidahmedov, J.Yo’ldoshev, O’.Tolipov va boshqalarning tadqiqotlari
diqqatga sazovordir [12].
19
Fizikada ta’lim texnologiyasining predmeti – ta’lim tizimini konseptual
asolariga
dalil
keltirishdan,
maqsadlarni
qo’yishdan,
natijalarni
shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim
modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va
samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Barcha
ta’lim-tarbiya tizimlarida pedagogik texnologiyani qo’llash natijasida – o’quv
amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan,
uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, ob’ektiv tashhis
qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda buriladi. YuNESKOning
ta’rificha, “Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish
maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan
holda butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yaratish, qo’llash va
aniqlash tizimidir.” Tizim deb, tartiblangan, o’zaro uzviy bog’langan va
birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi.
Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanilib
kelinayotgan ta’lim texnologiyalarini o’rganib, mumtoz merosimizga tayangan
holda, xalqimizning milliy pedagogik an’analaridan hamda ta’lim sohasining
shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O’zbekistonning Milliy ta’lim
texnologiyasini yaratish lozim.
O’rta maxsus, kas-hunar ta’limida ta’lim texnologiyalarini o’quv
jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagidan iborat:
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadi va vazifalarini ro’yobga
chiqarish uchun ta’limni tizimini rivojlantirish lozimligi;
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi iterfaolligini
jadallashtirish kerakligi;
Fan-texnika
taraqqiyotining
o’ta
rivojlanganligi
natijasida
axborotlarning keskin ortayotganligi va bu axborotlarni o’sib kelayotgan yosh
avlodga singdirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
20
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi kundagi bosqichida nazariy va
empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan,
aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi.
Barkamol avlodni, ya’ni komil insonni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or
bilim usuli hisoblangan ob’ektiv borliqqa tizimli yondoshuv tamoyilidan
foydalanishni talab qilmoqda.
“Buyuk
maqsadlarimizga,
ezgu
niyatlarimizga
erishishimiz,
jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga
oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizni samarali taqdiri, avvalambor, davr
talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo’lgan
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog’liq…” – deb O’zbekiston
Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlar.
Shunga ko’ra, yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarning
interfaol usullaridan dars jarayonida foydalanilsa, dars demokratik uslubda,
erkin olib borilsa, talabaning fanga qiziqishi yanada ortadi, u erkin, mustaqil
fikrlashga, mustaqil ijodiy izlanishga harakat qiladi va natijada jamoa bilan
ishlashga o’rganadi hamda uning bilim darajasi samarador bo’ladi. O’qituvchi
bunda ta’limning interfaol usullaridan foydalanar ekan, ta’lim jarayonida
qatnashadigan o’qituvchi va o’quvchining baravar aktiv bo’lishlari – o’zaro
interfaol munosabatda bo’lishlarini ta’minlashi kerak [20].
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarining diqqat
markazida talaba, talabaning diqqat markazida esa Vatan, o’z ota-onasi va
millati oldidagi burchiga qaratilishi lozim. Talabalarga nisbatan o’qituvchi
samimiy bo’lib, o’zaro hurmat va sabr-toqat bilan xolisona bilim berib, talaba
shaxsini komil inson qilib tarbiyalashga qaratilgan. Ta’lim jarayoni
demokratiyaga asoslangan bo’lib, talaba mustaqil erkin fikrini bayon qila
olishiga asoslangan. O’qituvchi har bir talabaga individual yondoshishi, uning
bilim darajasini aniqlashi va shu asosda ta’lim turlarini belgilashi lozim.
An’anaviy o’qitish usullarida talaba ob’yekt hisoblanib, o’qituvchi unga
tajriba uzatadigan bo’lsa, noan’anaviy dars o’tishda esa quyidagicha bo’ladi.
21
Ya’ni zamonaviy noan’anaviy o’qitishda ko’proq talabaga o’quv faoliyatining
sub’yeki sifatida o’z-o’zini boshqaradigan va o’zini namoyish etishga
intilayotgan shaxs sifatida murojaat qilinadi. Buning uchun o’quv bilim
faoliyatini tashkil qilishga o’qitishning faol usullarnidan foydalaniladi.
Zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlash uchun o’qitish
jarayoni didaktik jarayonga aylanmog’i lozim. Boshqacha qilib aytganda, ilg’or
pedagogik texnologiyalar yordamida, talabaning aqliy zakovatini, erkin
fikrlashini, mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta’minlash zarur.
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’qituvchisi o’tayotgan darsi sifatli
va samarali bo’lib, o’quv maqsadiga erishishi uchun faol o’qitish usullari, ya’ni
dars jarayonida o’tayotgan mavzusi va o’quv maqsadiga mos qilib olishi kerak,
dars davomida va dars yakunida qo’llanilgan usullar dars maqsadigi erishishi
yo’lida xizmat qilishi kerak.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida yangi noan’anaviy usullar bilan fizika
darsini o’tish guruh talabalariga quyidagicha ta’sir etadi, ya’ni:
Erkin va mustaqil fikrlash;
Jamoa ichida o’zini bemalol tutish;
Bilim doirasini kengaytirish;
Jamoat ishlarida faol qatnashish;
Nutqini va muomila madaniyatini o’stirish;
O’z fikrini erkin, mazmunli bayon etish.
Bu usullar yana shunisi bilan afzalki, talaba o’z fikrini yorita olmasa
yonidagilar yordamlashadi, o’qituvchi to’ldiradi, talaba ko’p tanbeh eshitmaydi.
Biz o’z darsimizga bu usullarni qo’llashdan oldin guruh talabalariga har bir
usulni qanday olib borish, boshlash va mohiyatini tushuntirishimiz kerak. Har
bir usulni to’liq va aniq chiqishi uchun beradigan savolimiz aniq va bir
maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak [19].
|