Xulosa.
Bitiruv malakaviy ishning mazkur bobida pedagogik va innovatsion
texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi
ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida
zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti masalalari ko’rib chiqildi. Jumladan, tajriba-
tadqiqot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ta’lim jarayonida
quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim:
Ilg‘or pedagogik, innovatsion texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars
maqsadiga muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi;
Interfaol darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala
dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;
O‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdillik
bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega
bo‘lishi;
Dars maqsadlariga erishish yo‘llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy
tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim.
|