Modellashtirsh usuli – o’qituvchi bayon qilayotgan hodisa va voqealarni
o’quvchi parallel holatda idrok etib, o’z daftarida chizayotgan model orqadi
yangi mavzuni mustahkamlaydi. Masalan, «Ichki yonuv dvigateli. Bug’
turbinasi» mavzusini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu mavzuni o’tishdan oldin
o’qituvchi ichki yonuv dvigateli modelini guruhga olib kiradi va tushuntiradi.
Quyidagi savollar dvigatel modeliga qarab tushuntiriladi:
1. Qanday dvigatel ichki yonuv dvigateli deyiladi?
Yonilg’i to’g’ridan-to’g’ri dvigatelning ichida, uning silindrida
yonayotgani uchun ichki yonuv dvigateli deyiladi.
2. Ichki yonuv dvigateli qanday asosiy qismlardan iborat bo’ladi?
Dvigatel stilindrdan iborat bo’lib, uning ichida porshen yuradi, porshen
tirsakli valga shatun yordamida biriktirilgan. Valning tekis aylanishi uchun
valga salmoqli g’ildirak (maxovik) o’rnatilgan. Stilindirning yuqorigi qismida
ikkita klapan bo’lib, ular dvigatel ishlab turgan vaqtda kerakli vaqtda avtomatik
ravishda ochilib, yopilib turadi. Yonuvchi aralashma stidlindrga birinchi klapan
orqali kirib, svecha yordamida alanga oladi. Yongandan hosil bo’lgan gazlar
ikkinchi klapan orqali chiqarib yuboriladi. Bularning hammasi model orqali
ko’rsatib boriladi. Shunday qilib, dvigatelning asosiy qismlari: stilindr, porshen,
tirsakli shatun, val, salmoqli g’ildirak, klapanlar, svechalar.
Bug’ turbinasining modeli ham shu asosda modelga qarab tushuntiriladi,
ya’ni oldin savollar beriladi. So’ng shu savollar asosida javob berib boriladi.
Savollar quyidagilardan iborat:
1. Bug’ turbinalari deb qanday issiqlik dvigateliga aytiladi?
Bug’ yoki yuqori haroratgacha qizdirilgan gaz dvigatelning valini
porshen, shatun va tirsakli val yordamisiz aylantiradigan dvigatellar turbinalar
deyiladi.
2. Eng sodda bug’ turbinasining asosiy ishlash qismlari nimalardan
iborat?
35
Valga disk o’rnatilgan bo’lib, uning to’g’iniga kuraklar mahkamlangan.
Kuraklar yaqiniga kengayib boradigan trubalar-soplolar joylashtirilgan. Demak,
sodda bug’ turbinalarning asosiy qismlari: val, disk, kuraklar va soplolardir.
3. Bug’ turbinasi qanday ishlaydi?
Soplolarga qozondan bug’ keladi. Soplolardan otilib chiqayotgan bug’
oqimi kuraklarga ancha katta bosim beradi va turbinaning diskini tez aylantirib
beradi.
4. Bug’ turbinalari qayerlarda ishlatiladi?
Ular issiqlik elektr stansiyalarida va kemalarda hamda teplovozlarda
ishlatiladi.
5. Bug’ o’rnida boshqa mahsulot ishlatish mumkinmi?
Ha, bug’ o’rnida gazning yonish mahsulotidan foydalaniladigan gaz
turbinalari asta-sekin tobora keng ko’lamda qo’llanilmoqda.
Bu usul o’quvchilarda o’zlashtirishning shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati,
moyilligi borligini hisobga olib, usullarning rang-barang turlarini o’quv
jarayoniga kiritish, o’quvchilarda ijod kurtaklari nish urayotganini aytib
rag’batlantirib turish lozim. Bu usulning shu tariqa rang-barangligi, o’z
kuchlarini har tomonlama sinab ko’rishga har bir o’quvchining shaxsiy
qobiliyatini kamol toptirish uchun sharoitlar bilan ta’minlash, ular uchun o’quv
jarayoning yana ham qiziqarliroq bo’lishi uchun imkon qidirishi lozim bo’ladi.
Namoyish qilish (Demonstratsiya) usuli. Demonstratsiya – lotincha so’z
bo’lib, ko’rsataman, isbotlayman degan ma’nolarni bildiradi.
Bu usul o’kuvchilarni bilimga qiziqtirishni so’ndirib, o’qishda charchatib,
zada qilib qo’ymaslik uchun o’quv mavzularini tajriba qilib ko’rsatish va fizik
asboblar bilan tanishtirish juda yaxshi natija beradi. O’quvchilar o’quv
jarayonida zaruriy bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lmay turib biron bir
tajriba mazmunini tushuntirib bera olmaydi. Shuning uchun o’qituvchi har bir
sinfdagi mavzuni iloji boricha qiziqarli qilib tajriba o’tkazishi zarur. Masalan,
suvli to’pponcha yordamida suvning harakat trayektoriyasini, to’g’ri chiziqli
36
harakatni, dinamometr yordamida kuchni o’lchash, Arximed qonuni Arximed
chelagi yordamida, atmosfera bosimini aneroid-barometr bilan, atmosfera
bosimi borligini tasdiqlovchi dalillar, suyuqlikning sirt taranglik hodisasini
kuzatish, yorug’likning prizma yordamida tarkibiy qismlarga ajralish hodisasi,
magnit maydoniningg tokka ta’sirini kuzatish va boshqa namoyishlarni
kuzatishlari, o’quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishlariga yordam beradi.
Bu usul o’quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |