1.3. Innovatsion texnologiyalar uyg’unligi.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya
etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yunaltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan
demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning
har tamonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi shaxs manfatlarini ro’yobga
chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan
tafakkur
ijtimoiy
xulq-atvorning
andozalarini
Respublikada
amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuklari
asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston
taraqqiyotining muhim shartidir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni har
tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-
hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish
uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi
sharoitlarni yaratilishi, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his
etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
O’zbekistonda ta’limni isloh qilish omillari quyidagilardan iborat:
– Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik
jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
– Mamlakat iqtisodiyotini tub o’zgartirishlarning amalga oshirilishi,
Respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo y0’nalishidan raqobat bardosh
pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat
eksport salohiyatining kengayayotganligi;
– Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi qaror
topganligi;
23
– Milliy uzviylikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z Vatani
uchun iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy
an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
– O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning
jahondagi mavqei va obru-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi
hisoblanadi.
Uzluksiz ta’limni isloh qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
Ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash;
Tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini
oshirish;
Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini
rivojlantirish;
Ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va
texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy
yutuklarini hisobga olgan xolda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan
o’zgartirish;
Majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga
o’tilishini ta’minlash;
Ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy
o’zgarishlar, chet el investitsiyalari ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik,
kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog’liq yangi kasb-hunar va
mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini
yaratish va joriy etish;
Uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirish-
ning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismlari
quyidagilardan iborat:
24
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi davlat va
jamiyat, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga
oshiruvchi;
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini
tartibga solish, nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni
qabul qilib olishlarning kafillari;
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Fan – yuqori malakali mutaxasislar tayyorlovchi va ulardan
foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarining ishlab
chiquvchi: Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyiladigan talablarni belgilovchi
asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy – texnika
jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Davlat va jamiyat ta’lim va
kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo’lishini va hayot o’zgarishlariga
moslanuvchanligini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi
sohasidagi shartnomalar va konsepsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash
sohasida jahon ilg’or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar
tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanishi
omillaridan biridir [3].
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov ta’lim tushunchasiga milliy didaktik
nuqtai nazardan yondashadi va quyidagicha ta’riflaydi: «Ta’lim O’zbekiston
xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan
avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori
mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab
olinadi va yosh avlodga o’tadi.
25
O’zbekistonda ta’limning yangi modeli yaratildi va uni kelajakdagi
«portlash effekti» Prizedentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi:
Ijtimoiy-siyosiy
muhitga
ijobiy
ta’sir
qiladi
va
natijada
mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi;
Insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi;
Jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib
keladi;
Jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta
ahamiyat kasb etadi;
Fuqarolik jamiyati ko’rishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan
munosib o’rin olishga o’zbek nomini yanada keng yoyishiga erishiladi.
«Portlash effekti» – pedagogik jarayon mahsulidir. «...Bu masalaga keng
jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak» – deb ta’kidlaydi davlatimiz rahbari
«Turkiston» gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida. Bu o’z navbatida
yosh avlodni erkin fikrlaydigan, Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash
jarayoniga ijobiy ta’sir kursatadigan bilimlar tizimini yaratishni takozo etadi.
Ana shunday bilimlar sohasi bilan pedagogik texnologiya shug’ullanadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot rivoji ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlari
(sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi, tibbiyot va boshqalar.) bilan bir qatorda
madaniyat sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi
texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan kadrlar
tayyorlashning milliy dasturida «O’quv – tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik
texnologiyalar bilan ta’minlash e’tirof etildi hamda ikkinchi va uchinchi
bosqichning jiddiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Ma’lumki, milliy
dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro’yobga chiqariladi.
Ta’lim muassasalarning moddiy texnika va axborot bazasini
mustahkamlash davom ettirilmoqda, o’quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o’quv
adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash ham oxirigacha
yetkazilgan emas.
26
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash ilmiy
metodik jihatdan ta’minlash, amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini
baholashdan iborat bo’lgan yaxlit tizimda o’z ifodasini topadi. Shu sababdan
milliy ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish uchun yangi tipdagi o’quv reja,
o’quv dasturlari va ta’lim standartlari yaratildi, lekin uni to’la amalga oshirish
uchun ta’lim mazmuniga yangi pedagogik natijalar, texnologiyalarni olib kirish,
ularni joriy etishning qulay shart-sharoitlarini yaratish lozim.
Uzoq yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir –
biriga bog’liq bo’lmagan holda o’rganib kelindi. Natijada, o’qitish jarayonini
takomillashtirishga yoki o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga
qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiya darajasida ko’tarila olmay,
asta-sekinlik bilan o’z mavqeini yo’qotib pedagogika fanidan uzoqlasha
boshlagan edi. Masalan: asrimizning 60–yillarida katta shovqinga sabab bo’lgan
«Dasturlashtirilgan ta’lim» (Програмированное обучение) yoki 70–yillarda
Sobiq Ittifoq miqyosidagi («Shatalovchilik рarakati») ni eslashning o’zi
kifoyadir [21].
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxasislarning ilmiy salohiyatini
birlashtirishga imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlanishi
pedagogik
texnologiyaning
asl
mohiyatini
aniqlashga
yo’l
ochadi.
Olimlarimizning fikricha, yangi pedagogik texnologiya pedagogika faning
alohida tarmog’i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga
yo’naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu
pedagogika sohasidagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi
faoliyatni aks ettiradi.
Pedagogik texnologiyalar uning elementlarining hozirgi zamon ta’lim
amaliyoti jarayonida qo’llanilishi va shakllanyotganligi haqida xorijiy
nazariyotchi pedagoglar qatorida K.Zaripov, N.Sayidaxmedov, U.Nishonaliyev,
X.Abdukarimov kabi mamlakatimizning taniqli olimlari ham bir qator ilmiy
maqolalar e’lon qilganlar [22].
27
Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik tajribalar bilan
uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini
oshirishga ta’sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski bu
jarayon
hozirgi
ta’lim
tizimida
juda
qiyin
kechayapti,
haqiqiy
komp’yuterlashgan pedagogik texnologiya o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapti:
«komp’yuterlarning shu kundagi qo’llanilishi ekstensivlik xolos, an’anaviy
o’quv kurslari shunchalik ekran monitoriga joylashtirilyapti». Shu yerda
pedagogik texnologiya va axborot texnologiyasi o’rtasidagi o’zaro munosabatni
oydinlashtirish lozim bo’ladi. Keyingi vakqlarda ba’zi bir olimlar (ayniqsa,
informatika fani vakillari) pedagogik texnologiyani axborotlashtirishga qo’yish
yoki tenglashtirish (ba’zan ustun qo’yish) ni yoqlamoqdalar. Ta’lim – tarbiya
jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar soladigan bo’lsak, bu jarayon XX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab ob’yektiv voqealikka aylandi.
Axborotlashtirish esa, bu jarayondagi inqilobiy burilishidir. Oddiy til bilan
aytganda ta’limda «axborot texnologiyasi – bu o’quvchi – komp’yuter»
o’rtasidagi muloqotdir [7, 9].
Ta’limni
texnologiyalashtirish
ob’yektiv
jarayon
ekanligini,
zamonaviyligi esa ilmiy texnik taraqqiyot yunalishi bilan belgilanganishini
e’tirof etgan holda pedagogik texnologiyaning o’ziga xos tomonlari va yaqin
kelajakda u bilan bog’liq bo’lgan vazifalar, olimlarning fikricha quyidagilardan
iborat:
Ko’p bosqichli ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalarning
mohiyatini asoslash va zaruriy tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya kabi soha
texnologiyalari bilan pedagogik texnologiyalarni muntazam ravishda yangilab
borish va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ularni qo’llash mezonlarini
aniqlash;
Istiqbolli o’qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilg’or
pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish, pedagogik amaliyotga joriy etish,
ommalashtirish va samaradorlik darajasini aniqlash;
28
Tegishli boshqaruv organlari (ta’lim markazlari) tomonidan o’quv
muassasalari faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etilish
darajasini nazorat qilish va baholash;
Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan
proffesor-o’qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida, ilg’or
pedagogik va innovatsion texnologiyalari kabi yangi yangi bilimlar tizimi bilan
qurollantirishni muntazam tashkil etish;
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ijodkor o’qituvchilar ish
tajribalarini muntazam o’rganib tahlil etish, umumlashtirish va ular tomonidan
yaratilgan metodik ishlanmalar, pedagogik texnologiya elementlarini yangi
pedagogik va innovatsion texnologiya darajasiga ko’tarish borasidagi ilmiy-
nazariy, amaliy ishlarni ro’yobga chiqarish lozim.
Dostları ilə paylaş: |