Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni tanlash.
Topshiriqni bajarish: Oynada savol va bir necha javob variantlari
namoyon bo’ladi.
2.2.3.-chizma. Savol va bir necha javob variantlari.
O’qituvchi o’quvchilardan nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’yishlarini
so’raydi. O’quvchi javobni aytgandan so’ng, o’qituvchi shu javob ustiga CTRL
tugmasini bosgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosadi. Agar javob
45
to’g’ri bo’lsa, ekranga “Javobingiz to’g’ri”, aks holda, “Javobingiz xato” yozuvi
ko’rinadi.
a) b)
2.2.4.-chizma. Komp’yuter oynasidagi “Javobingiz to’g’ri” (a) va “Javobingiz
xato” (b) yozuvlari.
Topshiriqning maqsadi: O’quvchilarнинг axborot izlash natijasida
diqqati oshadi, o’qituvchi esa o’quvchilarning qay darajada o’tgan mavzuni
anglab olganini aniqlaydi.
Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: Dastlab Word oynasi ochiladi va
unga savol va bir necha javob variantlari kiritiladi.
2.2.5.-chizma. Word oynasisidagi savol va bir necha javob variantlari.
Yangi sahifa ochib unda “javobingiz to’g’ri” degan yozuvni kiritamiz.
“Стиль” ochiluvchi ro’yxatidan “Заголовок 1” ni tanlaymiz.
46
a) b)
2.2.6.-chizma. a) “Стиль” ochiluvchi ro’yxati; b) “Стиль” ochiluvchi
ro’yxatidagi “Заголовок 1”.
Endi to’g’ri javobni belgilab, unga shu sahifaga ssilka (murajaat)
qo’yamiz. Buning uchun to’g’ri javobni blok ichiga olib, uning ustiga
sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz. Ochilgan kontekst menyudan
“гиперссылка”ni tanlaymiz. Bunda yangi oyna ochiladi.
a) b)
2.2.7.-chizma. a) Sahifadagi ssilka (murajaat); b) kontekst menyudagi
“гиперссылка”.
Bu oynadan “закладки” tugmasini tanlaymiz va yangi ro’yxatdan
“Javobingiz to’g’ri” yozuvini tanlab, ikki marta OK tugmasini bosamiz.
Natijada ssilka qo’yilgan yozuv ko’k rangga bo’yaladi.
To’g’ri javobga ssilka qo’yildi. Bu amal bajarilganda CTRL tugmasini
bosib to’g’ri javob ustiga sichqonchaning chap tugmasi bosilganda ekranga
47
“javobingiz to’g’ri” yozuvi ko’rinadi. Endi xato javob bosilganda “Javobingiz
xato” yozuvi chiqishi kerak. Buning uchun yangi sahifa ochib, unga “Javobingiz
noto’g’ri” yozuvini kiritamiz va yuqoridagi singari belgilab, “Заголовок 1” ni
tanlaymiz. Barcha javoblarni birin-ketin belgilab, ularga “Javobingiz xato”
yozuviga ssilka qo’yamiz. Kerak bo’lganda orqaga qaytish uchun, savolni o’zini
zagolovka deb ko’rsatib, to’g’ri va noto’g’ri javoblarga shu savolga ssilka
qo’yamiz. Natijada savolga qayta-qayta murojaat qilish mumkin. Barchasi
tayyor bo’lgach faylni kompyuter xotirasiga saqlaymiz.
Kodlangan so’zlarni top va ta’rif ber.
Topshiriqni bajarish: Ekranda rasmlar ketma-ketligi namoyon etiladi.
2.2.8.-chizma. Ekrandagi rasmlar ketma-ketligi.
O’quvchilar shu rasmlar bilan kodlangan so’zni topishi kerak.
O’quvchilar rasmdagi predmetlar nomini birinchi harfini daftarlariga yozib
olishadi. Natijada ularga kodlangan so’z namoyon bo’ladi. O’quvchilar javob
berganidan so’ng. To’g’ri javob namoyish etiladi. O’quvchilardan bu hodisa
haqida to’la ma’lumot olinadi.
a) b)
2.2.9.-chizma. To’g’ri javob (a) va uning ta’rifi (b).
48
Topshiriqning maqsadi: O’quvchilar kodlash orqali axborotni himoyalash
mumkinligini anglab yetadi va o’zlarining xotira zaxiralarini ishga soladi.
O’qituvchi o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi [
5
].
Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: Word dasturi ochilib, unga rasm
joylashtiriladi. Buning uchun Вставка -> рисунок -> из файла buyruqlar
ketma-ketligi bajariladi va kerakli fayl tanlanib, “Вставить” tugmasi bosiladi.
Barcha rasmlar shu tarzda joylashtiriladi. Kodlangan so’z keyingi sahifaga
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |