55
O’qituvchilar uchun asosiy afzalliklari o’quvchilar ishini samarali
boshqarish, saqlash va olib borish hamda vaqtni tejashdan iborat. Vaqtni tejash
mashg’ulotlarga yaxshi tayyorlanish imkoniyatini beradi. O’qituvchilar AKT
resurslaridan foydalangan holda nafaqat o’z bilimlarini yangilaydi, balki nazariy
bilimlarni ham ortirish imkoniyatiga ega. Masalan, fizika darsi davomida
prezentatsiya (taqdimot) lardan foydalanish mumkin. Har bir prezentatsiya bir
necha slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Prezentatsiya-universal,
imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi
va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va
boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Power Point dasturi Misrosoft firmasining prezentatsiyalar (taqdimot
qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy
vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va
ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: