Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Ya.I. Perelman. Zanematel’naya fizika. M.-1986.
2. S.T.Meloxin. Problema konechnogo i beskonechnogo.M. -1958.
3. L.G. Asremezov , A.A. Verganov. Udivitelnaya fizika. -1988.
4. V.M.Varikash, B.A.Kimbar. Jonli tabiatda fizika.T. -1988.
Darsning jihozlanishi: Elektron darslik, mul’timedia, komp’yuter,
videoproyektor, ekran, testlar, lug’aviy atamalar, kоdoskop, slaydlar,
kapillyarlar, tabiiy bo’yoqlar, suv, menzurka va h.k.
Darsning borishi:
I. Darsning tashkiliy qismi.
II. O’tilgan mavzularni talabalar xotirasida tiklash, formulalarni, qoida va
ta’riflarni takrorlash. Yangi mavzuni oldin o’tilgan mavzularga bog’lash.
Takrorlash savollari:
1. MKNning asosiy qonuniyalarini aytib bering.
2. Broun harakati deb qanday harakatga aytiladi?
3. Diffuziya nima?
4. Moddaning qanday agregat holatlarini bilasiz?
5. Ideal gaz deb nimaga aytiladi?
6. Ideal gazning holat tenglamasi nimani ifodalaydi?
7. Bug’lanish nima?
8. Bug’lanishning qanday qonuniyatlari mavjud?
9. Kondensatsiya deb nimaga aytiladi?
10. Sublimatsiya deb nimaga aytiladi?
11. Solishtirma bug’lanish issiqligi deb nimaga aytiladi?
58
12. To’yingan bug’ deb nimaga aytiladi?
13. Qaynash deb nimaga aytiladi?
14. Havoning namligi nima?
15. Mutloq namlik deb nimaga aytiladi?
16. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi?
III. Yangi mavzuning bayoni.
Reja:
1. Suyuqlik sirti qatlami.
2. Suyuqlik sirti qatlamining energiyasi.
3. Suyuqlik sirtining taranglik kuchi va koeffitsiyenti.
4. Kapillyarlik hodisalari.
Tayanch iboralar: Suyuqlik, menisk, sirt taranglik, kuch, potensial
energiya, koeffitsiyent, ho’llanish, ho’llanmaslik, kapillyar, nay, botiq sirt,
qavariq sirt, balandlik.
Kerakli formulalar:
Wp=α
.
S ; α=Wp /S ; α = F / l ; h = 2α / ρgr.
IV. Yangi mavzuning (qisqacha) mazmuni.
Suyuqlikning har qaysi molekulasiga uni o’rab olgan, taxminan r=2
.
10
-9
m
masofada joylashgan molekulalar bilan o’zaro tortishish kuchi ta’sir qiladi. A
molekulani hamma tomondan boshqa molekulalar qurshab oladi, natijada, A
2.3.1.-chizma.
molekulaning qo’shni molekulalar bilan o’zaro ta’sir kuchi muvozanatlashadi va
suyuqlik ichida molekulalar doimo erkin ko’chib yuradi. Suyuqlik sirtida
joylashgan B molekula esa suyuqlikning pastki molekulyar ta’sir doirasida
yotgan molekulalari havo va bug’ molekulalari bilan tortishadi. Gaz va bug’
59
molekulalarining konsentratsiyasi suyuqliknikiga qaraganda ancha kichik
bo’lgani uchun B molekulaga suyuqlikning ichiga yo’nalgan va uning sirtiga tik
bo’lgan kuch ta’sir qiladi. Bu kuchlar ta’sirida molekulalarning bir qismi sirtdan
ichiga o’tadi, natijada sirt qatlami qisqaradi va unga xos taranglik holatida
bo’ladi.
Molekula suyuqlik sirtidan ichiga o’tganda musbat ish bajaradi. Suyuqlik
sirtqi qatlamini hosil qilgan molekulalar suyuqlik ichidagiga qaraganda ortiqcha
potensial energiyaga ega bo’ladi.
Suyuqlik erkin sirtining potensial energiyasi uning sirt yuzasiga proportsional,
ya’ni:
Wp = α
.
S (2.3.1.)
α = Wp / S (2.3.2.)
Bu tenglamalarda α – suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti.
Suyuqlik sirtining qisqarish xususiyati bu sirtni qisqartiruvchi kuchlar –
sirt taranglik kuchlari mavjud ekanligini bildiradi.
Suyuqlik sirtiga ta’sir qiluvchi kuchlar konturning uzunlik birligiga mos
keladigan sirt taranglik kuchi bilan xarakterlanadi, ya’ni:
α = F / l (2.3.3.)
Suyuqlik sirti taranglik koeffitsiyenti deb, suyuqlik erkin sirtini
chegaralovchi konturning uzunlik birligiga ta’sir qiluvchi va suyuq sirtga urinma
bo’ylab yo’nalgan kuchga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.
Ma’lumki, ingichka silindrsimon idishdagi suyuqlikning erkin sirti biroz
egrilangan bo’ladi. Suyuqlik sirtining egrilanishiga menisk (yunoncha
«meniskos» - yarim oy demakdir) deb ataladi. Meniskning shakli har xil: botiq
yoki qavariq bo’lishiga suyuqlik molekulalarining idish devori molekulalari
bilan o’zarota’sir kuchlari orasidagi farqqa bog’liq. Agar idish devoriga
suyuqlik molekulalarining ta’sir kuchi suyuqlik molekulalarining o’zaro ta’sir
kuchidan juda katta bo’lsa, botiq menisk hosil bo’ladi. Agar idish devoriga
suyuqlik molekulalarining ta’sir kuchi suyuqlik molekulalarining o’zaro ta’sir
kuchidan juda kichik bo’lsa, qavariq menisk hosil bo’ladi.
60
2.3.2.-chizma. Ho’llovchi suyuqlik.
2.3.3.-chizma. Ho’llamaydigan suyuqlik.
Ichki diametri undagi suyuqlik meniskning egrilik radiusi bilan
taqqoslansa bo’ladigan naychalarga kapillyarlar (lotincha «capillaris» - soch
ma’nosini anglatadi) deb ataladi. Kapillyar hodisalar deb, suyuqliklarning
ingichka naychalarida ko’tarilish yoki pastga tushish xususiyatlariga aytiladi.
Kapillyar naydagi suyuqlik sirtining meniski: ho’llovchi suyuqliklar
uchun botiq bo’lib, ho’llamovchi suyuqliklar uchun esa qavariq bo’ladi.
Ho’llovchi suyuqliklar kapillyarlarda (shisha naydagi suv) ko’tariladi,
ho’llamovchi suyuqliklar kapillyarlarda (shisha naydagi simob) esa pastga
tushadi. Kapillyarda suyuqlikning ko’tarilsh balandligi quyidagi formuladan
aniqlanadi:
h = 2α / ρgr (2.3.4.)
V. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Test sinovi №1. G’oz nega suvdan quruq chiqadi ?
A) G’oz patida moyi bor; C) Ho’llanmaslik hodisasi;
B) Ho’llanish hodisasi; D) G’oz suvdan quruq chiqmaydi.
Test sinovi №2. Nima uchun ho’l paypoq yoki noskini yechish qiyin?
A) Og’irlik kuching ta’siri ortadi; C) Ishqalanish kuchining ta’siri
kamayadi;
61
B) Elastiklik kuchining ta’siri kamayadi; D) Sirt taranglik kuchining ta’siri
ortadi.
Test sinovi №3. Qaldirg’ochlar yomg’ir yog’shidan oldin nima uchun
pastlab uchadi?
A) Yerning tortishish kuchi ortadi; C) Qaldirg’ochlar pastlab uchmaydi;
B) Havoning namligi ortadi; D) Atmosferaning yuqori qatlamlarida bosim
ortadi.
Takrorlash uchun nazorat savollari:
1. Sirt tarangligi deb nimaga aytiladi?
2. Sirt taranglik koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi? U qanday birlikda
o’lchanadi?
3. Sirt taranglik kuchining formulasini yozing.
4. Sirt taranglik koeffitsiyenti suyuqlikning tabiatiga bog’liqmi?
Temperaturagachi?
5. Suyuqlik sirtining energiyasini ta’riflang?
6. Suyuqlik sirtining energiyasi sirt taranglik koeffitsiyenti bilan qanday
bog’lanishga ega?
7. Ho’llovchi va ho’llamaydigan suyuqliklar haqida nima bilasiz?
Misollar keltiring.
8. Kapillyarlar deb nimaga aytiladi?
9. Kapillyarlar hodisalar deb nimaga aytiladi?
10.Kapillyarda suyuqlikning ko’tarilsh balandligi qanday formuladan
aniqlanadi?
VI. Uyga vazifa .
1. M.X.O’lmasova «Mexanika va molekular fizika», «O’qituvchi»,
Toshkent-2003. 131-132-§, 385-392-betlar.
2. Q.Suyarov, A.Husanov, L.Xudoyberdiyev «Fizika.Mexanika va
molekular fizika», «O’qituvchi», Toshkent-2004.
3. M.Ismoilov, M.S.Yunusov«Elementar fizika kursi», «O’qituvchi»,
Toshkent-1990.188-196-betlar.
62
Akademik litseylarda “Mexanika” bo’limining “Molekulyar fizika va
termodinamika” (1-kurs) mavzularini o’tish jarayonida komp’yuter va
videoproyektor vositasida Power point dasturida tayyorlangan quyidagi
slaydlardan foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |