Bilimingni sinab ko’r.
Topshiriqni bajarish: O’qituvchi ekranga savollar ro’yxatini ko’rsatadi.
Biror o’quvchi shu savolga o’rnidan turib javob beradi. O’qituvchi javobni
eshitgach savol ustiga sichqoncha tugmasini bosadi. Ekranda savolning javobi
namoyon bo’ladi.
a) b)
2.2.10.-chizma. Savollar (a) namunalari va to’g’ri javobning (b) namoyish
etilishi.
Topshiriqning maqsadi: O’quvchilar bilimi oshadi. O’qituvchilar o’z
darslarini ko’rgazmaliligini ta’minlaydi.
Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: Word dasturining birinchi
sahifasiga savollar ro’yxatini kiritamiz. Keyingi sahifalarning har biriga 1 tadan
savolga javobni kiritamiz. Harbir savolga javob yozishdan oldin savolni o’zini
yozib, so’ng, unga javiobni kiritamiz. Javob yozilgan sahifalardagi so’zlarni
стиль ochiluvchi ro’yxat yordamida заголовок sifatida ko’rsatamiz. So’ng 1-
sahifadagi har bir savolni belgilab, Giperssilka->закладка buyruqlarini
49
tanlaymiz. Ochilgan ro’yxatdan savolga mos javobni tanlaymiz. Natijada ushbu
savolga murojaat qo’yingani bilinadi. Ya’ni uning rangi ko’k va tagiga chizilgan
holda bo’ladi.
2.2.11.-chizma. Savollar namunalari.
Ctrl klavishini bosib turgan holda shu savol ustiga sichqoncha tugmasi
bosilsa, ekranda oldindan tayyorlangan savolning javobi namoyon bo’ladi.
Barcha savollarga shu tartibda murojaat qo’yiladi. Asosiy sahifaga qaytish
maqsadida javoblar ostiga “orqaga” yozuvi kiritilib, unga birinchi sahifaga
murojaat qo’yish mumkin.
Excel dasturi asosan hisoblash ishlarini amalga oshirish uchun
qo’llanilsada ushbu dastur yordamida ham qiziqarli dars ishlanmalarini
tayyorlash mumkin.
Fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari.
Topshiriqni bajarish: O’qituvchi ekranga quyidagi jadvalni namoyon
etadi:
2.2.12.-chizma. Fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari.
50
O’quvchilar fizik kattaliklarni birliklarini takrorlashadi, so’ng, o’qituvchi
bir o’lchov birligidan boshqasiga o’tkazishni taklif qiladi. O’quvchi javobi
eshitilgandan so’ng, o’qituvchi ko’k rangli kerakli maydonga sonlarni kiritib,
natijani tekshiradi.
Topshiriqning maqsadi: O’quvchilarga o’lchov birliklari haqida to’laroq
ma’lumot hosil qilish.
Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: Excel dasturi ishga tushirilib, unga
quyidagi ko’rinishdagi jadvallar kiritiladi:
2.2.13.-chizma. Excel dasturidagi fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari.
Ko’k rangli katakchalarga son kiritilsa, uning yonidagi xonasiga boshqa
birlikka o’tkazish natijasi ko’rinishi kerak. Natija ko’rinishi uchun
yacheykalarga ma’lum formulalar kiritilishi lozim. Biz santimetrdan millimetrga
o’tkazish uchun kerak bo’ladigan formulani ko’rib chiqamiz. Formulani d3
yacheykaga kiritamiz. Katakcha belgilanib, “=B3*10” formulasi kiritiladi.
Buning natijasida ushbu yacheykaning qiymati b3 yacheykaga bog’lanadi. Ya’ni
b3 yacheykaga qanday qiymat kiritsak, d3 o’sha songa 10 ni ko’paytirib
hisoblaydi. Gektardan metr kvadratga o’tkazish uchun ham mos holda xuddi
shunga o’xshash “=G3*10000” formulasi kiritiladi. Ya’ni G3 yacheykaning
qiymatini 10000 ga ko’paytirib ko’rsatadi. Boshqa yacheykalarga ham xuddi
shunday ravishda formulalar kiritiladi. Barcha formulalar kiritilgach, turli sonlar
kiritiladi.
Kodlangan so’zni toping.
51
Topshiriqni bajarish: O’qituvchi o’quvchilarni ikki guruhga ajratadi va
ularga kodlangan so’zni ko’rsatadi:
2.2.14.-chizma. Kodlangan so’z.
O’quvchilar ushbu so’zni topishlari kerak. To’g’ri javob topilgach, ikkichi
sahifa ochiladi va unga kodlangan so’zlarning javobi aks etgan bo’ladi:
2.2.15.-chizma. Kodlangan so’zning to’g’ri javobi.
Topshiriqning maqsadi: O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stiradi.
Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: 1-sahifaga kerakli ko’rinishga
kodlar kiritiladi. Ular ranglanadi va fon rangi o’zgartiriladi. Ikkinchi sahifaga
to’g’ri javob kiritiladi.
Krossvordni to’ldiring.
Topshiriqni bajarish: Ekranda krossvord namoyish qilinadi.
52
2.2.16.-chizma. Fizik krossvord.
O’quvchilar shu krasvordni to’ldirishlari kerak. Krossvord to’ldirilgach,
natija keyingi sahifada kiritilgan to’g’ri javob bilan tekshiriladi.
2.2.17.-chizma. Fizik krossvord javobi.
Topshiriqning maqsadi: Krossvordlar o’quvchilarning zukkolik va
tezkorlikka undaydi, fikrlash qobiliyatlari o’sadi.
Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: 1-sahifaga krossvord kiritiladi. Ular
ranglanadi va fon rangi o’zgartiriladi. Ikkinchi sahifaga to’g’ri javob kiritiladi.
Ko’pchilik o’qituvchilar hozirda Power Point dasturidan taqdimotli
slaydlar tayyorlashda foydaanadilar. Ammo ushbu dasturdan turli xil dars
ishlanmalarini ham tayyorlab bo’ladi.
Qiziqarli test.
Topshiriqni bajarish: Ekranga test namoyish qilinadi. Ushbu testning
javobini topishga o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni rag’batlantirish talab
qilinadi. Masalan:
53
“Raketani harakatlantirish uchun nuqtalar o’rniga sehrli so’zni qo’ying”.
Agar shart bajarilsa, raketa harakatlanadi, aks holda, “Xato” yozuvi chiqadi.
Topshiriq shartining ostiga savol yozilgan: “… deb, moddaning birlik hajmiga
to’g’ri kelgan massasiga aytiladi”. Savol ostiga javob variantlari beriladi.
2.2.18.-chizma. Savol va javob namunalari.
O’quvchi o’z fikrini bildirganidan so’ng, o’qituvchi sichqoncha tugmasini
shu javob ustiga bosadi. Agar javob to’g’ri bo’lsa, keyingi slayd namoyish
qilinadi. Ushbu slaydda start tugmasi va raketaning rasmi tasvirlangan. Agar
sichqoncha tugmasi bosilsa, raketa yuqoriga qarab harakatlanadi:
2.2.19.-chizma. Power pointda animatsiya.
Agar javob xato bo’lsa, xato yozuvi ko’rsatiladi.
Topshiriqning maqsadi: Test topshiriqlari yordamida o’quvchilar bilimini
baholash.
Topshiriqni tayyorlash ketma-ketligi: Power point hujjatining birinchi
sahifasini quyidagicha to’ldiramiz:
54
2.2.20.-chizma. Power pointda savol va javoblar animatsiyalari.
1-sahifadagi b javob varianti tanlanganda 2-slayd, qolgan javoblar
tanlanganda 3-slayd namoyish qilinishi kerak. Buning uchun test javoblarining
har birini tanlab, yordamchi menyudan Гиперссылка bandi tanlanadi. Ochilgan
yangi oynadan “закладка” tugmasini bosamiz. Bunda slaydlar ro’yxati
namoyish qilinadi. Ushbu ro’yxatdan kerakli slayd nomini tanlaymiz.
Ssilkalar
o’rnatilgandan
so’ng,
ikkinchi
sahifadagi
raketani
harakatlantirish kerak. Rasmni yuqoriga qarab harakatlantirish uchun rasm
ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz, настройка анимации –>
добавить эффект –> пути перемещения –> вверх buyruqlarini tanlaymiz.
Bunda raketamiz yuqoriga qarab harakatlanadi.
Dostları ilə paylaş: |