2.2.
Mexanika va molekulyar fizikani o’qitishda axborot-
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati.
Darsda faqat bo’r va latta ishlatiladigan vaqti o’tdi. O’quvchilarni
samarali o’qitish uchun komp’yuterlar, proyektorlar va AKT dasturlari bilan
jihozlangan auditoriyalardan foydalanishlari kerak. AKT kundalik hayot talabi
va jamiyatning globallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar fizika darsi davomida 3D ekranda elektromagnetizm mavzusini
bosqichma bosqich tushuntiradigan virtual taqdimot paydo bo’lsa, bunday
taqdimotni o’quvchi hech qachon esdan chiqara olmaydi va chuqur o’zlashtira
oladi. Fizika bu har xil hodisa va voqealarni atrofdamizdagi olam bilan bog’lab
ilmiy yondashib diagrammalar va suratlar orqali ko’rib chiqish bo’lib
hisoblanadi [4, 7].
Quvvat to’g’risida faqat kitobdan o’qib, aniq tushunchalariga ega bo’la
olish oson narsa emas. Mazmun tushunarli va qiziqarli bo’ladi faqat amaliy,
hayot bilan bog’langan bo’lsa. Boshqa o’quv fanlarida ifodali va mul’timediyali
taqdimotlar bir birini yaxshi tushunishlikka yordam bersa, ulardan farqli
ravishda, fizika fanida esa AKTdan asosiy g’oyani ravshanlashtirishda
foydalaniladi.
O’quvchilar ushbu fan haqida nazariyani egallashlaridan ko’ra yangi
konsepsiya (g’oya) ni tushunishlari lozim. O’qituvchilarning aksariyati
AKTdan foydalanishi, fizika fani bo’yicha darslar samarali bo’lishi kerak.
43
O’qituvchilar turli xil dasturlarni: Ms-Word, Ms-Excel, Ms-PowerPoint,
Photoshop, Flash, Movie Maker va web 2.0 dasturlarini ishlatishi mumkin. Ms-
Word yordamida savolnomalar, matnlar, tasvirlar va boshqa elektron hujjatlar
tayyorlanishi mumkin [6, 17].
Ms-Excel dasturi yordamida grafiklar, diagrammalarni gistogramma va
sektorli diagramma shaklida diagrammalar orqali ma’lumotlarni tasvirlash va
taqdimot qilish mumkin. Tasvirning sifatini Photoshop dasturida yaxshilash
mumkin. Taqdimotni PowerPoint dasturida yaratish va ular yordamida turli
konsepsiyalarni o’rgatish mumkin. Ushbu taqdimotlarda Photoshop dasturida
tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar ishlatilishi
mumkin.
2.2.1.-chizma. PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot.
2.2.2.-chizma. Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar.
44
Bunday vositalarni ishlatish orqali o’quvchilar konsepsiya (g’oyani)
yaxshi o’zlashtirishlari mumkin. Ushbu vositalar nafaqat o’qitish jarayonini
qiziqarli qiladi, balki o’quvchilarga davomli ta’sir ko’rsatadi.
O’qituvchilarning e’tiborini olish uchun fotokameraga olingan video,
o’qituvchilarga o’rgatilgan. Animatsiya va kliplar quyida sanab o’tilgan
dasturlarda tayyorlanga ushbu taqdimotlarda Photoshop dasturida tayyorlangan
tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar ishlatilishi mumkin.
Tasvirning sifatini Photoshop dasturida yaxshilash mumkin. Taqdimotni
PowerPoint dasturida yaratish va ular yordamida turli konsepsiyalarni o’rgatish
mumkin [4, 7, 9].
Fizika darsi jarayonida dars ishlanmalaridan foydalanish yaxshi samara
beradi. Deyarli barcha komp’yuterlarda OFFICE dasturlari o’rnatiladi. Shu
dasturlardan elementar foydalanishni biladigan deyarli barcha o’qituvchilar
darslarda o’zlari tayyorlagan elektron ishlanmalardan foydalanishlari mumkin.
Quyida Word dasturi yordamida tayyorlangan dars ishlanmalariga misol
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |