Debatlar. O’qituvchi sinfni ikki guruhga bo’lib, tankidiy tafakkurni
rivojlantiradi va munozarani avj oldiradi. Bunda o’quvchilar faollashtiriladi,
ayni vaqtda diqqatni yig’ib, chuqur tahlil etishni o’rganadi. Masalan,
«Atmosfera bosimi, Torrichelli tajribasi» mavzusini o’tishda quyidagi savol
o’rtaga tashlanadi. Yerda havo bo’shlig’i hosil qilib bo’ladimi?
Galileyning shogirdi Evanjelista Torrichelli atmosfera bosimini o’lchash
haqidagi rejasini rivojlantiradi va tajribani boshlaydi. Tajriba murakkab emas
(buni o’quvchi darslikni o’qib bemalol o’rtoqlariga gapirib bera oladi) simob bir
metr uzunlikdagi ingichka, bir uchi kavsharlangan nisha nayga quyiladi.
Simobga to’la nayning uchini barmoq bilan berkitib, barmoqni olmagan holda
uni to’nkarib simobli jomga soladi va barmoqni nayning og’zidan olinadi.
Naydagi simob pastga tushadi, lekin oxirigacha emas. Simobning hammasi o’z
og’irligi bilan jomga quyilib ketmadi. Ammo nayning berk tomonida bo’sh fazo
hosil bo’ldi. Yerda kuzatilgan dastlabki bo’shliq Torrichelli bo’shlig’i!
Torrichelli tajribasidagi simob ustuni balandligini o’lchab, bu ustun
berayotgan bosimni hisoblash mumkin, bu bosim atmosfera bosimiga teng
bo’ladi. Atmosfera bosimi qanchalik ko’p bo’lsa, Torrichelli tajribasidagi simob
ustunining balandligi shuncha yuqori bo’ladi. Kam bo’lsa, simob ustunining
balandligi kam bo’ladi. Bu tajriba quyidagicha izohlanadi: Simob ustuni to’xtab
qolgan balandlik roppa-rosa 76 santimetr edi.
Kunlarning birida nay bilan tajribasini takrorlayotgan Torrichelli
qandaydir chatoqlikni sezadi. Uning oldida xuddi o’sha jo’n asboblar: jom, qora
qalam bilan quyuq chizilgan qog’oz epishtirilgan naycha. Torrichelli yana
naychaga simob quyadi va tajribani takrorlaydi. Ishkallik nimada? U ishkallikni
topdi. Simob ustuni hamon qaysarlik bilan, havoning bosimi bor va uning
og’irlik kuchi har doim bir xil bo’lmaydi deb turibdi. Ajoyib kashfiyot – havo
og’irlikka ega! Havo bosimga ega! deb xabar berayotgandek edi. Demak biz
buni «Atmosfera bosimi» deb ataymiz [10].
Bu mavzuni o’tish texnologiyasini beramiz:
1. Torrichelli tajribasi uchun kerakli asboblar.
40
2. Tajribaning borishi va undan kelib chiqkan ilmiy asoslar.
3. Tajribadagi yutuq va kamchiliklar.
4. Torrichelli bo’shlig’i.
5. 76 santimetrli simob ustuni.
6. Atmosfera bosimini o’lchaydigan asbob-barometr.
7. Atmosfera bosimining ta’rifi.
8. Qanday hodisalar atmosfera bosimining borligini tasdiqlaydi?
9. Atmosfera bosimini hisoblash.
O’qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardir: So’zlash-
ko’rsatish (tajriba qilish) – vazifa topshirish – rahbarlik – nazorat qilish.
O’quvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat: Tinglash-
qo’rish – faollik – mashq bajarish.
Nuqtai nazaring bo’lsin. Biz o’qituvchilar har bir o’quvchimiz taqdiri
uchun javobgarmiz. Ishonchim komilki, har bir o’quvchida, hatto, eng sho’x va
eng faolsiz o’quvchida ham biror fazilat, o’z nuqtai nazari bo’ladi. Biz
o’qituvchilar ishimizda ana shu fazilatlarni o’stirishga, o’quvchini o’zligini
topishiga sezgirlik bilan, oqilona yordam berishimiz zarurdir.
Har kim har kimga o’rgatadi. Darsni shunday tashkil etilsinki, o’qituvchi
o’qitsin, o’quvchilar ham bir-birini o’qitsin. Zamonaviy o’qituvchi
o’quvchilardan ham saboq oladi, ularni o’z hamkasblari deb biladi. Akademik
litseylarda o’quvchilar o’qituvchining hamkasblari va safdoshlaridir. Bilimga
qiziqish axborotning mazmunigagina bog’liq bo’lib qolmay, o’quvchilarning
dars jarayonida faol qatnashishlariga ham bog’liqdir. O’quvchilarning o’zlari
haqiqatni izlash jaraeniga qanchalik faol aralashsalar, ta’limning samaradorligi
shunchalik oshadi. Mustaqil o’rganshsiz o’qitish yo’q. Shuning uchun deyarli
har bir darsda o’qitish va mustaqil o’rganish uyg’unligiga erishish zarurdir.
Bu usul o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lib, ular o’zlarini o’qituvchidek xis
qilishadi. Uyga oldindan «Turli muhitlarda diffuziya hodisasi» mavzusi berib
yuboriladi. Tayyorlanib kelgan o’quvchi shu mavzuni gapirib tushuntirib beradi.
Qo’lidan kelgancha tajriba ham qilib ko’rsatadi. U o’rtoqlariga gaz, suyuqlik va
41
qattiq jismlarda diffuziya hodisasiga doir misollar, hodisalarni izohlash va
amalda foydalanish haqida tushuncha beradi. Boshqa o’quvchi shu mavzuga
doir tajriba ko’rsatadi. Masalan, oddiy sovuq suvga margansovka solib
suyuqlikda diffuziya hodisasini ko’rsatadi. So’ngra issiq suvga margansovka
solib diffuziya hodisasining yuqori haroratda tez sodir bo’lishiga o’rtoqlarining
e’tiborini qaratadi. Bunda jismning harorati yuqori bo’lsa, molekulalarning
tezligi katta bo’ladi va aksincha, degan xulosa chiqadi. Uchinchi bir o’quvchi
o’rtoqlariga diffuziya hodisasiga mos holda rivoyat aytib, o’rtoqlarini faollikka
undaydi. Misol uchun quyidagi rivoyatni aytib berishi mumkin.
Bir podsho ulamolariga ko’p narsa qo’limdan keladi deb maqtanadi.
Shunda vaziri shohim unday demang, ba’zi narsalar borki, uni siz qila olmaysiz
deb nasihat qiladi. Baribir podsho o’z so’zida turib oladi. O’sha kuni
podshoning besh tosh o’g’il nabirasi bobosini oldiga kelib suv so’raydi. Bobosi
suv oldirib kelib nabirasiga beradi. Nabirasi suvni ichmayman sut keliring deydi.
Bobosi sut keltirishni buyuradi. Bola sutni ichib ko’rib ichmayman deb harxasha
qiladi. Shuna podsho nima qilsam tinchiysan deydi. Bola suvni sutga qo’shing
deydi. Podsho noiloj suvga sutni qo’shadi. Bola bu suyuqlikni ichib ko’rib
to’polon qila boshlaydi. Bobo buni ham ichmayman, bu suyuqlik bemaza ekan
deydi. Bolam nima qilsam sen tinchiysan deydi podsho. Bola bobo suvdan sutni
ajratib bering deb iltijo qiladi [13, 14]. Afsuski, suvga aralashib ketgan sutni
endi ajratib bo’lmaydi. O’quvchilar tushundiki, bu hodisa ham diffuziyaga misol
bo’la oladi. O’quvchilar mana shunday qilib bir-birlarini o’qitishadi va
o’rgatishadi.
O’yinlar ta’limi texnologiyasi. Qadimdan xalq pedagogikasida
maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limda o’yinlar usuli keng qo’llanib
kelingan. Akademik litsey va KHK larida dars mashg’ulotlarida o’yinlardan
foydalanish deyarli ishlatilmas edi. Hozirda zamonaviy akademik litsey va KHK
larida ta’lim jarayonining faolligini oshirishda ish o’yinlaridan foydalanish
rivojlanib bormoqda va quyidagi holatlarda amalga oshirilmoqda:
42
Ijro faoliyati texnologiyasi yordamida mavzuni yoki ma’lum qismning
mazmunini tushunib olish uchun;
Butun bir loyihalangan texnologiyaning elementlarini o’zlashtirishda.
O’quv jarayonida o’yinli texnologiyadan foydalanish joy va rollarni
tanlash, o’yin elementlarini belgilash o’qituvchi tomonidan pedagogik
o’yinlarning vazifalarini va turlarini qay darajada o’zlashtirishiga bog’liq
bo’ladi. Ish o’yinlari o’yin muhitiga, ya’ni u predmetli, predmetsiz, xonada.
Ko’chada, komp’yuterda o’tkazilishiga qarab o’zining xususiyatiga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |