II. MEXANIKA VA MOLEKULYAR FIZIKANI O’QITISHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH.
2.1. Fizika faniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini fikricha
«Innovatsion va pedagogik texnologiya» bu o’quvchilarni o’qitish, o’rgatish va
ularni har tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan
pedagogik tadbirlar tizimidan iborat.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni
texnologiyalantirishning asosini, ta’lim jarayonlarini, uning samaradorligini
oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida
loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida
to’liq boshqarish g’oyasini tashkil etishdir [16].
Ta’lim amaliyotida «Pedagogik texnologiya va innovatsion» uchta
ko’rinishdagi tayanch mazmunidan iborat:
Umumiy pedagogik mazmun. Bu ko’rinish ta’lim muassasadagi ta’lim-
tarbiya mezoni bilan chambarchas bog’liq;
Xususiy uslubiy mazmun. Bu o’quvchi tomonidan aniq bir mavzu
uchun tanlab olingan usul va didaktiv vositalar majmuasidan iborat bo’lib, bu
orqali ta’lim bosqichlari tizimga solinadi;
Modulli texnologik mazmun. Berilgan ta’lim mazmuni qismlarini
alohida texnologiyalashtiriladi va qo’yilgan maqsadga erishiladi.
O’qituvchining darsda pedagogik texnologiyani joriy qilishdagi
bosqichlari quyidagicha:
Ta’lim oluvchilarga bo’lajak faoliyatning maqsadlarini qo’yish va
tushuntirish;
O’qitishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini qo’llash;
Ta’lim oluvchilar faoliyatini rag’batlantirishning turli choralarini
ko’rish;
30
O’qitish jarayonlarining sifatini nazorat qilish va baholash, ularni tahlil
qilish va korreksiya qilish (Korreksiya-anomal bolalarning psixik va jismoniy
taraqqiyotidagi kamchiliklarni pedagogik usul va chora-tadbirlar bilan qisman
yoki butunlay yo’qotish).
O’qitish texnologiyasini joriy qilish va amalga oshirish jarayonida,
pedagogik tizimning barcha komponentlarini ularning bir-biri bilan o’zaro
bog’liqligi va o’zaro belgilanganligi albatta mavjudligi, o’quv jarayoni
qatnashchilarining psixologik shaxsiy va individual xususiyatlarini albatta
hisobga olish va boshqa kabi omillarni hisobga olish kerak.
Fizika faniga pedagogik texnologiyani kiritish mexanizmi:
1. Jamoani guruhlarga bo’lish;
2. Mavzuni tanlash;
3. Darsni uslubiy yo’llarini izlash, masalan, seminar, trening, individual
maslahat berish, ko’rgazmali darslar tashkil qilish bilan o’quvchilarni o’zaro
faollikka olib kelish.
Darsda innovatsion usullardan foydalanish.
Innovastiya – ta’lim tizimidagi har qanday yangilik. Ularni baholash va
pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirishi, qo’llashi. Interfaol (inter lotincha –
o’zaro) – o’zaro faol, ya’ni o’qituvchi bilan o’quvchining faol munosabati, idrok
etishi, to’liq tushunishi. Innovatsiya – bu yangilikni kiritish, qo’llash degan
ma’noni anglatadi [23].
1. Modellashtirish. O’qitishning bu usuli o’z ichiga real hayotni qayta
tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama yoki vaziyatni o’z ichiga oladi.
2. Namoyish qilish. (Demonstratsiya – lotincha so’z bo’lib, ko’rsataman,
isbotlayman degan ma’noni bildiradi).
3. Kichik guruhlarda ishlash. Kichik guruhlarda ishlash asosan alohida
fizik masalalar yuzasidan o’z fikrini ishlab chiqqan holda uni guruhda
muhokama qilishga va har xil fikrlar asosida mushtarak nuqtai nazarga kelishga
o’rgatadi.
31
4. Aqliy hujum. Guruhdagi har bir o’quvchiga o’qituvchi qo’ygan savol
yoki muammo yuzasidan aqlni ishlatib o’z fikrini bayon etishga imkon beruvchi
o’quv usulidir. Usul mohiyati «bir kalla-yaxshi, yigirma beshtasi undan a’lo»
prinsipi bo’yicha o’qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol
yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir erga jamlay olishda
bo’lib, istisno tariqasida bilim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan,
aytarli to’g’ri bo’lgan javob o’rganiladi.
5. Tanqidiy tafakkur. Tanqidiy tafakkur usuli o’qituvchi qo’ygan masala
yoki muammoni o’quvchi o’z fikrini bayon qilish, o’zgalarning fikrlarini
tanqidiy qayta idrok etish, o’z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish
imkoniyatiga ega bo’lishiga asoslanishidir.
6. Debatlar. O’z nuqtai nazarini asoslashda guruhdagi barcha o’quvchilar
(yoki asosiy qismi) ning bahslashuvida faol ishtirok etishni ta’minlovchi o’qitish
usulidir. Bu usuldan foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. O’quvchilar
o’z nuqtai nazarini ishlab chiqishi, uni taqdim etishi, himoya etishi, so’ngra
raqib nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois,
o’qituvchi guruhni ikki guruhga bo’lgan holda munozarani atayin avj oldiradi.
7. Nuqtai nazaring bo’lsin. «Nuqtai nazaring bo’lsin» usuli o’quvchilar
o’rtasida munozaraning yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida fikrlarini
o’z guruhdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o’zgartirishga ishontiradigan
g’oyalarni eshitib o’zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonini berish
maqsadida qo’llanadi.
8. Har kim har kimga o’rgatadi. «Har kim har kimga o’rgatadi? usuli
o’quvchilarga o’rgatuvchiga aylanish, ma’lum bilimlarni o’zlashtirgach
o’rtoqlari bilan baham ko’rish imkonini beruvchi o’qitish usulidir.
9. Rolli o’yinlar. O’qitishning bu usulida o’quvchilar «real hayot»
holatlarini qayta joylashtiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash
mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko’rish va tekshirish imkonini
beradi.
32
10. Muayan holatni (vaziyat) o’rganish. Bu kichik guruhlarda o’tkazilib,
o’qish, o’rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror
qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazish.
11. Modifikatsiyalangan ma’ruza. Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu
mazmunini og’zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi. Ammo, an’anaviy
ma’ruzadan farqli o’qituvchi va o’quvchi orasida faol muloqot bo’ladi.
12. O’yinlar. Bu o’qitish usuli modellashtirish usulidan biri bo’lib,
o’quvchilar diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi.
13. Bingo. Bu so’rash va takrorlash usullaridan biri bo’lib, o’quvchilar
diqqatini, tafakkurini, bilimdonligini aniqlaydi.
14. Batakenet. Bu o’quvchining jamoa va individual bo’lib ishlashga va
fikrlashga o’rgatadi.
15. Bumerang. Bu usul bir mashg’ulot davomida o’quv materialining
chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib etish. Bilimlarni erkin
egallashg yo’naltirilgan. Bu turli mazmun va xarakterga ega bo’lgan mavzularni
o’rganishga mo’ljallangan bulib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini
qamrab oladi. Mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli tposhiriqlarni
bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida chiqishi mumkin. Ushbu
texnologiyani qo’llash natijasida tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga
imkoniyat yaratadi; xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki
shakllarda bayon qilish ko’nikmalarni rivojlantiradi.
16. Elpig’ich. Bu texnologiya murakkab, ko’p tarmoqli, mumkin qadar
muammo xarakteridagi mavzularni o’rgatishga qaratilgan. Bu usulning mohiyati
shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la ma’lumot
beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtai nazardan muhokama
etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzalligi, fazilat va kamchiliklari,
foyda va zarari belgilanadi. Bu o’zaro faol texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq
mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari,
fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish yoki himoya qilishga
imkoniyat yaratadi.
33
Bu texnologiya kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchilarning faol
ishlashiga qaratilgan.
17. Klaster (Tarmoqlar usuli). Bu fikrlarning tarmoqlanishi, ya’ni
pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur
o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taaluqli tushuncha yoki
aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda
tarmoqlashlariga o’rgatadi. Bu usul bilan mavzuni chuqur o’rganishdan avval
o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirsh hamda kengaytirish uchun
xizmat qiladi. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi
o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha
tassavurini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
18. Fikrlay olasanmi? Bunda o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini
o’stirish maqsadida qiziqarli fizikaviy o’yin o’tkaziladi.
19. Skarabey. O’zaro faol usul bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik,
mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal
qilishga, o’z fikrini ochiq va erkin ifodalangan mahoratini shakllantiradi.
20. Tarozi. Bu munozarali, murakkab mazmunli mavzularni o’rganishda
qo’l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy izlanish, fikran tajribalarni
rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bu texnologiya dalillash qobiliyatini
rivojlantirish, o’z dalilarini yozma va og’zaki shaklda ishonchli va lo’nda
ifodalashni shakllantiradi, o’z nuqtai nazarini himoya qiladi, muholiflarni
ishontiradi, munozara madaniyatiga o’rgatadi. Bu texnologiyani o’quv
materialini o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanishi mumkin. Ammo u
o’tilgan materiallar bo’yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija
beradi, chunki o’qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va
o’rganilgan materiallardan erkin foydalanishni nazarda tutadi. Bu texnologiya
kichik guruhlarda va jamoalar orasida tadbiq etilishi mumkin.
Yuqorida nomlari yozilgan innovatsion usullarning fizika mavzularida
qo’llashni ko’rib chiqamiz.
|