texnologiyalar asosida rivojlanishga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi
davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs –
fuqaroni shakllantirishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida fan, texnika, ilg’or
texnologiyalar asosida shaxsni tarbiyalash, o’qitish, rivojlantirish masalasini hal
erisha olishi mumkinligi ko’rinadi. Shuning uchun ta’lim jarayonini tashkil
belgilash nazorat va baholash ishini yengillashtiradi va bu jarayonga oydinlik
kiritadi. Darsda talabalarning erkin, ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish
kerak. Buning uchun darslarning har bir qismi aniq loyihalashtirilishi, o’quv
materialini bilim egallovchilarning o’zlashtirish darajalariga moslashtirish
foydali bo’ladi. An’anaviy ta’lim metodlari bilan birga interfaol metodlardan
Interfaol metodlardan foydalanganda asosiy urg’u o’quvchilarni hamkorlikda
16
ishlashlariga imkon berilishi hisoblanadi. Interfaol metodlar o’quvchida erkin
fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda o’qitishning faol usullarini qo’llash pedagogik
texnologiyaning asosini tashkil qiladi. Pedagogik texnologiya o’z oldiga ta’lim
shakllarini muqobillashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari
va ularning o’zaro faoliyatini hisobga olib, ta’lim berish va tahsil olish
jarayonini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir [12, 16].
Ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bir-birini
to’ldiruvchi ikki tomonlama jarayon bo’lib, bir tomondan o’qituvchi kasb
faoliyatining texnologiyalashuvi bo’lsa, ikkinchi tomondan o’quvchi bilim
olishini faollashtirish asosida texnologiyalashtirishdan iborat. Innovatsiyalar
(inglizcha) innovation – yangilik kiritish, yangiliklardan – bu tizim ichidagi
o’zgarishlardir. Pedagogik o’xshatishlar va eng umumiy ma’noda innovatsiyalar
o’quv-tarbiya jarayonining oqimi va natijalarini yaxshilovchi pedagogik
tizimdagi zichlik kiritishlarni ko’zda tutadi. Ammo yangilik kiritishlar tizimni
yomonlashtirishlari ham mumkin. Yangiliklarni belgilash qandaydir yangi narsa
bilan almashtirish uchun ingliz so’zi ,,novation” mavjud. Innovatsiya tizimida
esa uning shaxsiy resurslari (zaxiralari) hisobiga amalga oshiriladigan yangilik
kiritishlarni bildiradi [21, 22]. Darslarda har xil usullarni qo’llash o’quvchilarda
fanga qiziqish uyg’otadi va ularning faolligini oshiradi. Natijada o’zlashtirish
darajasi ortadi. Tez va to’g’ri fikrlashga yo’naltirish, mashg’ulot mazmunini
guruhlarda tahlil qilish, o’yin vositasida bilim egallash, natijalarni tadqiq qilish,
kuzatuv, kichik guruhlarda ishlash, bahs, anketa so’rovlarini tashkil etish,
og’zaki va yozma mashqlar bajarish, videofilmlar namoyishi, kassetalarni
tinglash, kompakt disklar va ko’rgazmali materiallardan foydalanish, turli xil
komp’yuter dasturlarini qo’llab, darslarni tashkil etish juda yaxshi samara
beradi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida mikroguruhlarda shug’ullanish ijobiy
natija bermoqda. Mikroguruhlar ikki xil yo’l bilan tuziladi [16, 23].