Elektron ta’lim resurslari:
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga
kirishishdan oldin “Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish” tushunchasini
aniqlab olaylik. Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik
tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham
barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan
chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga
keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik
tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro
bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya
jarayoni; o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy
shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada
elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish
emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik
tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, “natijalar”, “o‘quv tarbiyaviy jarayonni
boshqarish”, “texnologiya”lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin. Ular berilgan chizmadagi
pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon
tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi,
o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma
tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga
egadir. Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb
ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar.
Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan
mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har
doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy
“to‘plamidan” ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi
imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash
darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum
jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa
yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni
loyihalashtirish metodik “tajribalarni umumlashtirishdan” farqli “mumkin emas” xulosasini
bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi
ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog
tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo‘l
79
qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy
yechimida oddiydir. Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi,
tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u
yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi
o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti
natijasining noaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa “aniq” fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish
vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek
pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida
pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib
o‘tamiz.
Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq
hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar tizimining aniq
hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan
ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida
o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini
ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi,
har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni
ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda. Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli
ko‘rsatgich, “harajat” va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning
foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va
sub’ektiv baholarni juda oson noto‘g‘ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina
fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi
100% ko‘zlangan maqsadga to‘la erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari
erishilgandan pastroq darajada bo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim
tuzilishiga nazar tashlaylik, u “yomon” va “yaxshi” pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning
uchun o‘qituvchi ham birdir. Uni o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu
munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50% o‘qituvchidan, 50%
esa
o‘quvchiga
bog‘liq.
Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning samaradorligi, aytaylik
o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50%
dan kam bo‘lmaydi. An’anaviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan
oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina
ko‘prog‘i dasturni to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, tizimning
umumiy nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha yaxshilash
mumkin emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har
tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki
har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni
o‘rganish, moslashish, sustkashlikni yengish kerak. Pedagogik tizimni takomillashtirishning
asosiy yo‘llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki
imkoniyatlar xisobiga, ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-
uskunalar,
texnologiyalar
xisobiga
takomillashtirishni
ko‘zda
tutadi.
Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi:
maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab ko‘rib bo‘lgan,
hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish,
uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda
maktab hali o‘lmagan bo‘lsa agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan
80
bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda
yaqin vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va oqilona
tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina
bildiradi degan fikrni aytmoqdalar. G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan pedagogik mahsulotni
yangi informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi
differensatsiya va individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan
pedagogik mahsulot sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil
ekspertlar bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu holatdan chiqish yo‘li “O‘zaro bog‘liqlikdagi
innovatsiya (yangiliklar)” deb ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga imkon
beruvchi pedagogik tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanish imkoniyatlarini
chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi
pedagogik tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi. Bo‘sh joylarini yangi
texnologiyalar bilan mustahkamlab, pedagogik tizimning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa
bo‘ladi. Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgai “tashqi” chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki
chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi. Agar shunday
nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi.
Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun yangi “retsept”lar ham yo‘q.
Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat taraqiyoti jarayoni haqidagi yangi
bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga ilgari qo‘llanilmagan nazariy
yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan yuqori natijalarni kiritishga majburmiz.
Pedagogika fanida berilgan g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha
umumiy va qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ulardan
foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi. Nazorat
shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash,
magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy nazorati, o‘z-o‘zini
baholash. O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko‘zguga
qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa
ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta
tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda
o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq
imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov,
awalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi.
Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan
o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida yeksperiment qilingan, lekin uning metodikasi
matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi
fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi. G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan
natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini
axborotlarning uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko uch
shahobchani belgilaydi:
1. Asosiy shahobcha — mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba (o‘qituvchi)dan qabul
qiluvchi (talaba)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish, o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik
qilish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda
axborotlarni qo‘shimcha boshqarish manbalari — kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va
o‘quvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat
81
hisoblanadi.
2. Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik),
ta’limiy
axborotlarning
asosiy
psixologik
harakati
korreksiyasini
qamrab
oladi.
3. Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha axborotlar shahobchasi)
axborotlar
o‘qituvchidan
o‘quvchiga
uzatilish
shahobchasi.
O‘quv jarayonining samaradorligi:
•
o‘quv
axborotlari
mazmunining
yeng
maqbul
tuzilmasi;
•
boshqarish
samaradorligi
va
bilish
faoliyatini
tashkil
etish;
• axborotlarni o‘zlashtirishda individual o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish;
• axborotlarni o‘zlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bog‘liq. Tayanch sxemalar
izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu
texnologiya asosida quyidagilar yotadi:
• hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv;
• o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti;
• sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam;
• xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;
• o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;
• vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib berilishi;
• asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish;
• bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish.
S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan
soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli
tayyorgarlik o‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning
boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir.
S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi:
1. Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish;
2. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo‘llash;
3.
Fikrlash
usullari
va
o‘quv
xatti-harakatlarining
ravonligini
rivojlantirish.
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv
jarayonini
tashkil
etish
shakli,
modeli
sifatida
belgilanadi.
Unda:
•
pedagog
faqat
birgina
talaba
bilan
o‘zaro
munosabatda
bo‘ladi;
• bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga
moslashtiriladi. Shaxsiy yondoshish deganda:
82
• pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari jarayonida
talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model
bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;
•
o‘quv
jarayonida
talabalarning
individual xususiyatini
hisobga
olish;
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun
psixologik-pedagogik
tadbirlaryaratish
tushuniladi.
O‘qitishni
individuallashtirish:
• o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning
individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;
• individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma
‘muriy tadbirlardir.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak
malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa
leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar. Individual ishlar esa maktab
kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi
mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi.
Odatdagi sinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas. Dasturlashtirilgan o‘qitish XX
asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner
11
nomi bilan bog‘liq. U
materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-
qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.
V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya
tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha
belgilaydi:
• berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);
• davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat);
• tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik);
• goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali.
Dasturlashtirilgan
o‘qitishning
beshta
asosiy
tamoyili
farqlanadi:
1.
Boshqarish
qurilmalarining
muayyan
bosqichliligi
(ierarxiya)
tamoyili.
Bu
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog
turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning murakkab nostandart
vaziyatlarida
individual
yordam
va
korreksiya
o‘rin
oladi.
2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini
boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi -
zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan boshqariluvchiga uzatiladi.
Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham
zarur birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. Ichki va
tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining
aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa
ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog
tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.
83
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon
tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali
programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni
ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan
nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va
optimal bo‘lgan qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan
axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi.
Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va
nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi
asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi.
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim
oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim
oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi
unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.
5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish
tamoyili.
Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni
farqlash imkoniyatini beradi:
• rayon programmalar;
• tarmoqlanuvchi programmalar;
• soddalashtirilgan programmalar;
• aralash programmalar;
• algoritm;
• blokli o‘qitish;
• modulli o‘qitish;
• bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;
Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib
turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon programmada ta’lim oluvchi
to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi.
To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa,
axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi
noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat
topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish
imkoniyatini beradi.
84
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik
darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy
ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Modulli o‘qitish. U
modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs
mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma
materiallari bir vaqtning o‘zida barcha yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z
bilan berilishi mumkin. O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib,
quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
•
aniq
ifodaga
ega
bo‘lgan
o‘quv
maqsadi
(maqsadli
programma);
•
axborotlar
banki:
o‘qitish
programmasi
shaklidagi
ayni
o‘quv
materiali;
•
maqsadlarga
erishish
bo‘yicha
metodik
qo‘llanma;
•
zaruriy
malakalarni
shakllantirish
bo‘yicha amaliy
mashgulotlar;
•
qo‘yilgan
modul
maqsadiga
qatiy
muvofiq
keluvchi
nazorat
ishi.
Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha bo‘laklaiga bo‘linadi:
o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun
materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va
qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik
texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim
texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik
maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan
tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi. “O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi”
saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi
o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan
besh tipdan iborat bo‘ladi:
1)
mavzuni
umumiy
tahlil
qiluvchi
darslar
(ular
leksiyalar
deb
yuritiladi);
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab
chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha
bo‘lishi mumkin);
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo‘yicha
sinovlar);
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish);
5) dars-praktikumlar.
Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini
tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va
ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning
turli darajadagi qiyinchiliklari: “A”,”V”,”S” dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi
vazifalarni hal qiladi:
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi;
• talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; “S” dasturi tayanch standart
sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni
85
qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S” dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga
o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim.
“V” dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar bo‘lgan o‘quv va aqliy
faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga
kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy
bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va
qo‘llanishini ko‘rsatib turadi. «A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash
darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi
ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi
joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash metodikasi
qo‘llanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u
chuqurlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |