86
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped
Ushbu texnologiya o`quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish,
fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`quvchilarni baholay olishga
qaratilgan.
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o`quv materialini chuqur va yaxlit holatda
o`rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo`naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga
(muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo`lgan mavzularni o`rganishga yaroqli bo`lib, o`z
ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir
ishtirokchilarining turli topshiriqlarini bajarishi, navbat bilan o`quvchi yoki o`qituvchi rolida
bo`lishi , kerakli ballni to`plashiga imkoniyat yaratadi.
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi:
xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko`nikmalarini
rivojlantiradi.
Ta`lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish
imkonini beradi:
-jamoa bilan ishlash mahorati:
- xushfe`llik
- ko`nikuvchanlik
- o`zgalar fikriga hurmat
- faollik
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish
- ishga ijodiy yondashish
- o`z faoliyatining samaralimbo`lishiga qiziqiszini xolis
- o`zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar- bu savollar muomala, so`zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa,
bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha”yoki “yo`q” tipidagi to`g‘ri, ochiq, javoblarini berishni
ko`zda tutadi.
Ko`ndalang so`roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo`lib, bu o`ziga xos
axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul
qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko`ndalang so`roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi,
munozaraga kirishilmaydi.
Maqsad:
Trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va
guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat-munozara orqali, turli savollar orqali
tarqatma materiallar, undagi matnlar qay daraja o`zlashtirilganini nazorat qilish. Trening
davomida o`quvchilar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
Dostları ilə paylaş: