O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Axloqiy tarbiya. 
„Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham 
o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odamlar „Axloq —kishilarning har bir jamiyatga xos xulq 
me’yorlari majmuyi“ deyishsa, boshqalar esa „Axloq—ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, 
hamma sohalarda kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi“, deyishadi. 
Axloq me’yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid xatti-harakat 
axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. 
Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga 
o‘rgatadi. Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi 
tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarning axloqiy mukammallashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda 
ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. 
Mehnat tarbiyasi. 
Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga 
oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy 
foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, 
mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. 
Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy 
zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat 
faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik 
ta’lim o‘rganiladi.Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha bir qancha xususiy 
tushunchalarni o‘z ichiga oladi. 
Birinchisi, politexnik ta’lim —bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy 
asoslarni va prinsiðlarni, mehnat ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala 
qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi. 
Ikkinchisi, bu —umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quvchilarni mahsulot ishlab chiqariladigan 
faoliyatga jalb etishni taqozo qiladi. 
Uchinchisi, ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi 
(temir-tersak, makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida 
ishlash). 


49 
To‘rtinchisi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini 
saqlash, ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi. 
Beshinchisi, uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-
onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin