O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Ekologik tarbiya
- Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab 
etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. 
Ekologik tarbiya, albatta, ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga 
ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish 
masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek 
maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular 
(tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi. 
Demak, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik 
tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosabatlarni 
ham shakllantirib borish zarur.
Huquqiy 
tarbiya. 
Huquqiy 
tarbiya—bu 
shaxsga 
nisbatan 
huquqiy 
ongni, 
huquqiy 
munosabatlarni, qonunga itoatkor xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, 


50 
aniq maqsadni ko‘zlagan ifodasidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga 
oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy 
dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga 
asoslanishi zarur. 
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, 
turmush tarziga asoslanadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal 
etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yosh avlodni kamol toptirishning samarali 
vositasi sanaladi. 
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini 
ifodalaydi: 
Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat 
jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi. 
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari 
xodimlari kiradi. 
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari 
kiradi. 
To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi. 
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash kabilar kiradi. 
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniya, adabiyot va san’at asarlari, 
ko‘rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin