O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

"Eng 
yaxshi 
daromad 
bilimga 
kiritilgan 
sarmoyadir".
Benjamin 
Franklin, 
siyosiy 
arbob, ixtirochi, 
yozuvchi
Muvaffaqiyatli kishilarning o‘rnak olsa arzigulik foydali odatlari bo‘ladi. Quyida uzoq muddatli 
istiqbolda foyda keltirishda yordam beruvchi bir necha samarali maslahat bilan bo‘lishamiz. 
1. Kundalik tuting 
Ko‘p 
muvaffaqiyatli 
kishilar 
odatda 
shaxsiy 
kundaliklarini 
yuritishadi. 
Masalan, Benjamin Franklin har tongda o‘ziga o‘zi savol bergan: "Bugun qanday yaxshi ish 
qilishim kerak?" Har kuni kechqurun esa o‘z kunini "Bugun qanday yaxshi ish qildim?" degan 
savol bilan tugallagan. Stiv Jobs ko‘zgu oldida turib, "Agar bugungi kun hayotimdagi oxirgi 
kunim bo‘lganida bajarishni rejalashtirgan ishlarimni qilarmidim?" deya qiziqqan. Menejment 
masalalari bo‘yicha iqtisodchi va maslahatchi Piter Druker qaror qabul qilayotib, bundan 
nimalar kutayotganini yozib borgan, bir necha oydan keyin esa ularni amaldagi natijalar bilan 
taqqoslagan. Opra Uinfri esa o‘zining har kunini minnatdorchilik kundaligini yuritish bilan 
boshlaydi - bunda u nima uchun hayotdan minnatdor ekaniga doir besh sababni qog‘ozga 
tushiradi. 


56 
Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qo‘lyozmalarni qoldirgan. 
AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida kundalik tutgan, umri oxiriga 
borib ularning soni 50 taga yetgan. 
O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borib, siz yanada e'tiborli va 
ziyrak bo‘lib borasiz, fikrlash xususiyatingizni rivojlantirasiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni 
o‘rganasiz. 
2. Tanaffus qiling. 
"Mizg‘ib olish uchun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma'lumotni o‘zlashtirish xususiyatiga xuddi 
sakkiz soatlik uyqu kabi ta'sir ko‘rsatadi", - deya ta'kidlaydi uyquni o‘rganish bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassis Sara Mednik. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ertalab o‘quvchi odamlar 
kun davomida bir soatlik tanaffus qilib, uxlab olsa, kechki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxshi 
bajarishadi. 
Bu odat Albert Eynshteyn, Tomas Edison, Uinston Cherchill, Jon Kennedi, Ronald Reygan, Jon 
Rokfeller va boshqa ko‘plab yetuk shaxslarga xos bo‘lgan. Masalan, Leonardo da Vinchi uyquni 
ko‘plab 10 daqiqalarga "maydalab", yarim fazali uyqu rejimini tajriba qilgan. Napoleon har bir 
jang oldidan uxlab olishni ma'qul ko‘rgan. Mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger har kuni 
tushlikdan keyin uxlab oladi. Zamonaviy ilm-fan bu odatning foydasini tasdiqlaydi. Kun 
davomidagi tanaffuslar nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ijodiy fikrlash salohiyatini ham 
rivojlantiradi. Ehtimol, shuning uchun ham Salvador Dali va Edgar Allan Po bu usuldan 
foydalangandir. 
3. Kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yuring

Muvaffaqiyatli odamlar o‘z kun tartibida albatta sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratishadi. 
Piyoda 
sayr 
ham 
ajoyib 
mashq 
bo‘lishi 
mumkin. 
Charlz 
Darvin kuniga 
ikki 
mahal 
sayr 
qilgan: 
peshinga 
yaqin 
va 
soat 
16:00da. Betxoven tushlikdan so‘ng uzoq sayrga chiqqan va ilhom kelib qolsa, qog‘ozga muhrlash 
maqsadida o‘zi bilan birga qalam hamda qog‘oz olib yurgan. Charlz Dikkens kuniga 10 
kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga ishga ko‘milib, toliqib qolmaslikka yordam bergan. Stiv 
Jobs muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida piyoda sayr qilishni odat qilgan. 
"Faqat 
sayr 
vaqtida 
kelgan 
g‘oyalargina 
qadrli 
bo‘ladi".
Fridrix Nitsshe, mashhur faylasuf. 
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar 
orasida Aristotel, Maxatma 
Gandi, Jyek 
Dorsi, Tori 
Byorch, Hovard 
Shults, Oliver 
Saks va Uinston Cherchill nomlarini keltirish mumkin.
 
Bu odatni o‘zlashtirish kerak. Olimlar sayrning tetiklashtirishi, miyani tozalashi, ijodiy salohiyatni 
oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi. 12 yil davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15 
daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan. 
4. Ko‘proq kitob o‘qing. 
Hayotiy shart-sharoitlarga qaramay, har birimiz dunyoning eng badavlat kishilaridan biri 
bo‘lgan Bill Geytsning sevimli resursi bo‘lgan kitoblarni o‘qish imkoniga egamiz. Bu o‘z bilim 
darajamizni 
oshirishning 
tejamkor 
va 
juda 
samarali 
usulidir. 
Uinston Cherchill kuniga bir necha soat biografik, tarixiy, iqtisodiy va falasafaga oid kitoblarni 
mutolaa qilgan. Teodor Ruzvelt band kunlari 1tadan va ishdan bo‘sh kunlari 2-3 tadan kitob 
o‘qigan.Mark 
Kyuban kuniga 

soatdan 
ortiq 
kitob 
o‘qiydi. 
Milliarder Devid 
Rubenshteyn haftasiga 6tadan kitob o‘qiydi. Ilon Mask yoshligida haftasiga 2tadan kitob o‘qigan. 
Disney bosh direktori Bob Ayger esa har kuni tonggi 4:30da kitob o‘qish uchun uyg‘onadi. Bu 
ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. O‘qish xotirani yaxshilaydi, empatiya darajasini 


57 
oshiradi va stress darajasini kamaytiradi, shu tariqa oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimizga 
erishishga yordam beradi. 
5. Qiziqishlaringiz bo‘yicha suhbatdosh toping. 
Yozuvchi Joshua Shenkaning fikricha, ijodiy salohiyat boshqa odamlar bilan muloqot qilish 
natijasida rivojlanadi. U o‘zining Powers Of Two kitobida birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida 
katta cho‘qqilarni zabt etgan duetlar haqida so‘zlab bergan. Masalan, Jon Lennon va Pol 
Makkartni, Mariya va Per Kyuri, Stiv Jobs va Stiv Voznyak. 
Psixologlar Daniel Kaneman va Amos Tverski birgalikdagi uzoq sayrlaridan birida axloqiy 
iqtisodiyotning yangi nazariyasini ishlab chiqishgan va bu Kanemanga Nobel mukofotini olib 
kelgan. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin