O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/109
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#167726
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109
O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b

Jismoniy tarbiya
. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini 
bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni 
mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam 
berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il 
bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli 
haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqillikni qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat berilmoqda. Jismoniy tarbiya 
va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik qilinmoqda. 
Estetik tarbiya. 
Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning 
kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, 
san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada 
badiiy tarbiya deb ataladi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya lotincha „estezio“ —go‘zallikni his qilaman) —o‘quvchilarni 
voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va 
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat 
uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan 
pedagogik jarayon. Nafosat tarbiyasi „badiiy tarbiya“ sifatida ham qo‘llaniladi. Umuman, nafosat 
tarbiyasi keng ma’noga ega bo‘lib, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, ijtimoiy 
munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qilishga yo‘naltirilgan pedagogik 
faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa, san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va 
san’atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuyg‘ularni shakllantirishni nazarda 
tutadi. Nafosat tarbiyasi insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi, 
uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Nafosat tarbiyasi 
axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin